REJA
)
Hujjatchilik t
а
rixi
va uning takomillashuvi
))
Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni takomillashuvi va kamchiliklari
))) Hujjatchilikni nma uchun yuritish kerak
Hujjatchilik tarixi
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat”
arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy
tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham
ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib
taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi
davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan.
Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib
ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi,
shuningdek
, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini
bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi
o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”,
“bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos
olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi.
Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta
hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib,
toldan kesilgan tayoqcha
, teri va xitoy
qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib,
arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda
buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm
xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot
bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati,
xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy
tillar mutaxassisi S.E.Malov “
Памятники древнетюркской письменности” (М-Л,
1951)
asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat,
oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi
Abu Abdulloh al-Xorazmiy
“ilmlar kaliti”
asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi
soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan
og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-
kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov
birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «
Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи,
ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская)
kabi manbalarning
ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim,
arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi
kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi.
Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh,
tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki,
hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon
xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan.
Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar
podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi
mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “
Они писали на глине”
(1984-у)
asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u
basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik,
savdo- sotiq
,
iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri
keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda
muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z
ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila
boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)
o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil,
isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-
dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul
qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat
o‘zbek
tilida yuritish
, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash
topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir
tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda
dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz
namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-
yilgi qabul qilingan “
Об обязательном изучении русского языка”
qaroridan
keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish
asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul
qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida
yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida
o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish
yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va
qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning
barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin
imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda
qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.
)) Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni
takomillashuvi va kamchiliklari
O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus
oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona
tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi,
chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto
davlatlar orasidagi
aloqa
, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila
boshlandi.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi.
Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim
qadam bo'ldi.
1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro
nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada
umumiy qoidalar, shuningdek,
hujjatlashtirish
, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va
ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini
hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish
bo’ladi.O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan
foydalanish o'rinli.
Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana
yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb
yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan
bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim
masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha
yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu
ishlarning sust borishida
hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va
belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi
deb hisoblash o'rinli.
HUJJATCHILIKNI NMA UCHUN YURITISH KERAK
Do'stlaringiz bilan baham: |