e-qaror.gov.uz
15.03.2022
1
2022 - yil 15 - mart
VI-48-53-10-0-K/22
Toshkent
viloyati hokimiligi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi bo‘shab qolgan ayrim saylov
okrugiga deputat saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 93-moddasiga muvofiq,
Xalq deputatlari
Toshkent viloyati Kengashi,
Q A R O R Q I L A D I :
1. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi bo‘shab qolgan 10-
“Chirchiq”, 17-“Bo‘ka”, 21-“Chorbog‘”, 28-“Qizg‘aldoq”, 47-“Nurafshon” va 52-
“Yangibozor” saylov okrugiga deputat saylovini o‘tkazish kuni 2022-yil 17-aprel
(yakshanba) kuni etib belgilansin.
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiya raisi
(I.Noyobov) bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkaziladigan saylovlarni o‘rnatilgan
tartibda tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu qaror matbuotda e’lon qilinsin.
Xalq deputatlari viloyat kengashi
raisi o'rinbosari
Turdiboyeva R. E.