Ribosomalar alohida tuzilmalar bo'lib, ular ko'pincha endoplazmatik to'r bilan kompleks hosil qiladilar. Mitoxondriyalar barcha hayvon va odam hujayralarida bo'lib, uni birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bo'lsada, Fleming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan bu organellani undan ilgariroq ta'riflab berganlar. Mitoxondriyalarning shakli va razmerlari ularning funksional holatiga, osmatik bosimga, pHga qarab o'zgarib turadilar. Ularning soni hujayra tipiga va funksional holatiga bog'liq bo'lib, jigar gomogenatining 1 gramiga 8, 7*1010 mitoxondriya to'g'ri keladi. Sog' jigar hujayrasida 2500 gacha bo'lishi mumkin. Mitoxondriyalar uzoq hayot kechirmaydilar, o'rtacha 9-10 kunga teng bo'lib, kurtak otish yo'li bilan yoki ko'ndalangiga ikkiga bo'lininish natijasida ko'payib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |