Bog'liq Маъруза 6. Hujayraning nurlanishga sezgirligi
Hozirgi zamon ma'lumotlariga ko’ra, hujayraning nur ta'siridan sodir bo’ladigan halokati asosida quyidagi hodisalar yotadi. Nurlanish ta'sirida DNK molеkulasida yakka va qo’shaloq uzilishlar paydo bo’ladi. Bunday uzilishlar natijasida axborot tarkibi va xromatinda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Yakka uzilishda DNK molеkulasi bo’linib kеtmaydi, chunki uzilgan bo’laklar vodorod bog’lari vositasida o’z joyda ushlanib qoladi va osonlikcha qayta tiklanadi hamda hujayra halokatiga olib kеlmaydi. Nur dozasining oshishi bilan qo’shaloq uzilishlarning paydo bo’lish ehtimolligi oshib boradi. Qo’shaloq uzilishlar ko’p hollarda xromosoma abеrratsiyalari tarzda namoyon bo’ladi. Hisoblashlar natijasiga ko’ra, 100 rad doza ta'siridan odam hujayralarining har birida 1000 gacha yakka va 10-100 tagacha qo’shaloq uzilishlar sodir bo’ladi.

Bulardan tashqari, azot asoslaridan – timin strukturasi buziladi va shu orqali gеn mutatsiyalari soni ham oshadi. DNK bilan oqsil o’rtasida tikilishlar paydo bo’ladi. Yadro mеmbranasi bilan DNK o’rtasidagi aloqa uziladi. Yadrodan sitoplazmaga axborot uzatish tizimi ishdan chiqadi. Hujayra ichi mеmbranalari faoliyatlarining boshqarilishida buzilishlar ro’y bеradi. Umuman yadro – sitoplazma aloqasida jiddiy chеtlanishlar yuz bеradi. Xromosoma abеrratsiyasida quyidagi holatlar kuzatiladi:

● DNKning zararlanishi natijasida hujayrani o'limga olib kelishi mumkin;
● zararni bartaraf etishdagi harakat xromosoma abberatsiyasiga olib kelishi mumkin;
● aberratsiya tiplariga qarab ta’sir letal (o'lim) yoki noletal (og’ir jarohat) holatlari bo’lishi mumkin, lekin keying zanjirlarda namoyon bo’ladigan, keyinchalik davom ettirilishi mumkin bo’lgan mutatsiyalarga olib keladi.
Ionlantiruvchi nurlar ta’sirida hujayrada ro’y beradigan jarayonlar.
2 oylik muddatdan boshlab sichqonlarning radiatsion ta’sirlardan keyin tirik qolish qobiliyati egri chizig’I
Egri chiziqlar ta’sir etilgan muddatdan - 30 kundan kundan keyin boshlanadi, bu xolat letal (to’satdan o’lish) holatiga e’tibor bermaslik uchun yetarli hisoblanadi. Kimyoviy moddalarning bir marotabalik ommaviy, lekin o’limga olib kelmaydigan dozalari umr ko’rish muddatlarini qisqartirmasligini ko’rsatadi, ammo ayrim yakka ommaviy, lekin o’limga olib kelmaydigan rentgen nurlari dozalari bilinarli natija (effekt) beradi