Yadro Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular ikki asosiy vazifani bajaradi: 1. Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi. 2. Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi. Hujayra yadrosiz uzoq yashay olmaydi va yadro ham hujayrasiz mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun sitoplazma bilan yadro o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. Odatda hujayralar bitta yadroga ega bo‘ladi. Ba’zan 2—3 yadroga ega bo‘lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko‘p yadroli hujayralar (ayrim hollarda o‘nlab yadrolar) borligi ham ma’lum. Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Ayrim hollarda noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan yadrolar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |