Polimer zanjirli reaksiyasi
DNK ni 2 marta hissasini ortish jarayonini probirkada olib borish mumkin. Hujayradan tashqari sistemada DNK ni sintezlash uchun; DNK monomer asoslari, DNK polimeraza va boshqa bir qancha soddaroq komponentlar kerak.
DNK ni probirkada ko’paytirish uchun eng muhim qism bu-DNK zatrovkadir. DNK-zatrovka DNK ning bir zanjiriga antiparallel va komplementar bo’lgan 10-20gacha nukleotidlardan tashkil topgan zanjircha. DNK-zatrovka o’rnatilayotgan DNK ning ma’lum bir qismidagi ketma-ketlikni aniq bilib olingan va unga komplementar ravishda sintezlanib qo’shiladi. Endi probirkada sintezlanishi kerak bo’lgan DNK ning bo’lagida start nuqtasi bir xil bo’ladi. Ikkinchi zanjirni ham nukleotidlar ketma-ketligi ma’lum bo’lsa unga ham zatrovka qo’shiladi va buning natijasida bir genni yoki uchastkani sintezi ikkala zanjirlarda ham boradi. Sintezlangan DNK zanjirlari bir-biriga antiparallel va komplementarligi uchun yopishishga mayilligi paydo bo’ladi, shuning uchun bu jarayon haroratning vaqti-vaqti bilan kamaytirib, pasaytirilishi bilan olib boriladi. Harorat ko’tarilganda sintezlangan DNK spirali ajraladi va ularga zastovkalar o’tirib oladi. Keyinchalik sovutiladi, sintez ketadi, sintez tugaganda yana isitiladi. Sintezning qisqa uzun bo’lishi to ning past bo’lishiga bog’liq, agar agar qisqa vaqtda toko’tarilsa sintezlangan zanjir kalta bo’lib 2 ga ajraladi. Ajralgan yangi kalta zanjirga zastovka birikadi va sovutilgan toda yana sintez boshlanadi.
Sxemasi
Zastovka qo’shiladi
AAGTSGAATTGSGSSSAGSTS
TTSAGSTTAASGSGGGTSGAGT
Zastovka qo’shiladi
Shunday qilib bir nechta sikllar qaytarilishi natijasida DNK ning izlanayotgan uchastkasi bir necha bor ko’paytirilib boriladi. Bu texnologiya PSR ya’ni polimerazaning zanjirli reaksiyasi degan nom olgan.
Bu metod insonni DNK sida virus bilan kiritilgan uchastkaning bor yo’qligini, yoki DNK ning ketma-ketligini buzilishi sodir bo’lgan-bo’lmaganligini inson bir-biriga qarindoshmi yoki yo’qmi kabi savollarga javob berishga imkon yaratadi.
DNK ni manbai sifatida PSR reaksiyasi uchun odamning to’qimalari, hayvonlar to’qimalarini, o’simliklaening to’qimalarini olish mumkin.
Kelajakda PSR metodi onkologik kasalliklar oblastiga kirib boradi. PSR metodi insoniyatni metodik yutuqlari orasida muhim o’rinni egallab bu metod fan izlanishlarida genetikada, molekulyar biologiyada, tibbiyotda, qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |