Hujayra va gen ingenerligi


Qattiq ozuqa muhitida o’stirish



Download 23,72 Mb.
bet139/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Qattiq ozuqa muhitida o’stirish
Produtsentlarni o’stirish jarayoni sovitilgan, steril ozuqa muhitiga ekish materialini sepishdan boshlanadi. Davriy sterilizatsiya sharoitida ekishni odatda sterilazatorning o’zida uzluksiz aralashtirish yo’li bilan o’tkaziladi. Uzluksiz sterilizatsiya qilish sharoitida esa ozuqa ekish sterilizatorning ivitish bo’limida amalga oshiriladi va ekilgan ozuqa muhiti kultura bilan birgalikda o’stirish sexiga yuboriladi.
Kulturalarning qattiq ozuqa muhiti sirtida o’stirish jarayonini har xil usullar bilan bajarish mumkin. Kyuvetalarga ekib, o’stirish an’anaviy usul hisoblanib, ko’p qo’l mehnatini va va ko’p ishlab chiqarish maydonini talab qiladi. Produtsentlarni mexanizatsiyalashgan qurilmalarda o’stirish birmuncha yangi usul hisoblanadi.
Kyuvetali o’stirish usulining elementar yacheykasi bo’lib oddiy ruxlangan temir tunikadan yasalgan ustki ochiq yoki yopiq va balandligi 20-50 mm li 0.25-0.50 m2 maydonga ega bo’lgan idish tashkil qiladi. Bu idishning tag qismi teshikli yoki teshiksiz bo’ladi.
Kyuvetalarga 2.0-2.5 sm qalinlikda namlangan, ekilgan ozuqa muhiti solinadi va u o’stirish xonasiga yuboriladi. Bu yerda kyuvetalar harakatlanuvchan yoki stasionar uskunalarda bir necha qavatli qilib teriladi. Har bir qavat orasi 10-11 sm bo’ladi. Odatda bu qavatlar soni 18 ta atrofida bo’lib, umumiy bo’yi 2 m dan oshmasligi kerak. Birinchi kyuveta poldan 20-25 sm balandlikda o’rnatiladi. Hamma temir uskunalar korroziyaga qarshi material bilan qoplangan bo’lishi lozim. Kyuvetalarni o’stirish xonasidan olib, bo’shatilgan keyin, ular formalin bilan dezinfeksiya qilinadi. O’stirish xonalari har xil shakl va ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ko’pincha ular uzun ensiz ikki tomoniga eshik o’rnatilgan yo’lak shaklida bo’ladi. O’stirish xonasi tepasida havo xaydash va havoni tozalash moslamalari o’rnatiladi. O’stirish xonalarida olib boriladigan butun texnologik jarayonlar 36-90 soat davom etadi.
Mexanizatsiyalashgan o’stirish qurilmalarini yaratishning imkoniyatlari ozuqa muhiti qavatlarining orasida havoning yaxshi aylanishi, zichlashib qolmasligi yoki tezda qurib qolmasligi kabi talablar bilan cheklangan. Shu bilan birga ularni shunday qurish kerakki, agarda o’stirilayotgan mikroorganizmlar ifloslanib qolsa, o’stirish tizimini to’xtatmasdan, ifloslangan ozuqa muhitlarini bemalol almashtirish va qayta sterilizatsiya qilish imkoniyatlari bo’lishi kerak. Bunday, nisbatan yaxshi qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan konstrutorlik byurolari va maxsus korxonalar bor. Masalan, Jeffris va Xristensen qurilmalari tuzilishi jihatidan bir-birlaridan sal farq qilsada, ishlash mexanizmi haraklanuvchan tasma yoki transportyorga asoslangan va har bir o’stirish jarayoni to’liq bajariladi. Lekin, bu qurilmalarda ifloslanish hodisasi ro’y bersa, butun boshli tizimni to’xtatish va hamma qismlarini sterilizatsiya qilish kerak bo’ladi.
Mikroorganizmlarni mexanizatsiyalashgan o’stirish Anderkofler, Valershteyn va Chexiyada yaratilgan qurilmalarda, uzluksiz olib borishda, har bir qism va jihozlarni alohida sterilizatsiya qilish mumkin va ifloslanish ro’y bergan vaqtda, butun tizimni to’xtatish shart emas. Ularning samaradorligi sutkasiga 0.4 t dan 10 t gacha bo’lishi mumkin.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish