Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor botanik olim D.I.Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini о’rganish natijasida topilgan. Bu mavjudot о’ta mayda bо’lib, qar qanday (hatto chinni) filtrdan ham о’tib ketadi. Viruslar о’z tuzilishiga kо’ra о’ta sodda bо’ladi. Ularda oqsil g’ilof (kapsid)ga о’ralgan bir molekula nuklein kislotasi mavjud. Kо’pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda – adperkapsid bilan о’ralgan. Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikroskop orqaligina о’rganiladi. Viruslar ikki guruhga bо„linadi: DNK va RNK tutuvchi viruslar. Viruslarning yetuk zarrachalari virospora (virion)larda hayot belgilari kо„rinmaydi. Ayrim viruslar esa о„lik modda kabi kristallar hosil qiladi. Shuning uchun viruslarga о„lik narsa deb qarash ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |