Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko’ra endoosmosning kuchliroq bo’lishi natijasida rivohlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim – osmotik bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz botanigi Dyutroshe isbotlab bergan. Bunu isbotlashda qo’llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deyiladi. Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko’rib chiqish uchun hayvon qovug’idan yoki pergament qog’ozidan xaltacha Tayyrlab, uni tez diffuziya qilmaydigan modda bilan (saharoza, glyukoza) to’lg’azib suvga solsak, xaltacha shisha boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |