'hujayra biologiyasi I. A. Abdulov



Download 5,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/269
Sana01.01.2022
Hajmi5,77 Mb.
#288592
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   269
Bog'liq
Hujayra biologiyasi

h u ja y T a n in g  
turli joy- 
ida  amalga  oshgani  uchun  sitoplazmaning  harakati  kuzatiladi.  Turli 
hujayraning  hayot  tarzi  o ‘zgarib  turishi  bilan  gialoplazmada  oqsil 
molekulalarining  turli  fibrillyar  ipsimon  tuzilmalari  hosil  b o iib   tu­
radi.  Gialoplazmada  shuningdek,  turli  globulyar  oqsillar  va  ferment- 
lar  uchraydi.  Ular  hujayradagi  barcha  oqsillaming  25%  tashkil  etadi. 
Oqsillaming  katta  qismi  globulyar  oqsillar,  qolgani  fibrillyar.  Fibril­
lyar  oqsillarga  aylanuvchi  globulyar  oqsillar  -  strukturaviy  oqsillar 
deyiladi.
Anorganik  moddalardan  gialoplazmada  ko‘p  miqdorda  suv 
uchraydi  (-80% ),  shuningdek,  qolgan  anorganik  moddalar  tuzlar 
koiinishida  yoki  aminokislotalar,  uglevod,  oqsillar  bilan  bogiangan 
holda  uchraydi.
Eukariot  hujayralar  tarkibidagi  filamentlar  va  mikronaychalar 
y ig indisi  hujayraning  tayanch-harakat  tizimini  ya’ni  sitoskeletini 
tashkil  etadi.  Sitoskelet hujayra shaklining  o ‘zgarishi  va hujayra ichi- 
dagi tuzilmalarning harakatini ta ’minlaydi.  Sitoplazmada hujayra me- 
tabolizmining  hamma  jarayonlari  amalga  oshadi,  nuklein  kislotalar 
sintezidan  tashqari.  Bu jarayon  yadroda  amalga  oshadi.
Plazmatik  membrana orqali  sitoplazma tashqi  muhit bilan modda 
almashinadi,  yadro  membranasi  orqali  yadro  va  sitoplazma  o‘rtasida 
moddalar  almashinuvi  jarayoni  sodir  b o iad i.  Yadro  nazorati  ostida 
sitoplazma o ‘sish.  qayta tiklanish  xususiyatiga  egadir.
Sitoplazma  uzoq  avtonom  hayot  kechirish  xossasiga  ega  emas
-  yadrosiz  hujayralarda  u  degeneratsiyaga  (nobud  b o ia d i)  uchraydi.
Hayvon  hujayralarida  sitoplazmaning  ikki  qavati  farqlanadi: 
tashqi  —   ektoplazma  (granulalar  va  organoidlardan  holis  b o ig an  
qism, plazmatik membrana ostida joylashib tutam mikrofilamentlarga 
ega)  va  ichki  —   endoplazma  (  turli  organoidlarga  va  granulalarga 
ega b o ig a n   qism).  0 ‘simlik  hujayrasi  sitoplazmasida  maxsus  organ- 
oidlar  -   plastidalar  b o iib ,  Golji  apparati  esa  yoyilib  ketgan  alohida 
diktiosomalardan  tashkil  topgan.  Sitoplazmaning  hajmi  hamma  hu­
jayralarda  turlicha:  limfositlarda  yadro  hajmiga  teng,  jigar  hujayral­
arida hujayra  hajmining  ~94%  ni  tashkil  etadi.
51


Sitozol-sitoplazmaning  bir  qismi  b o iib ,  raembranali  organoid- 
lar  orasidagi  bo‘shliqda  joylashadi.  Uning  hajmi  hujayra  umumiy 
hajmining  50%ni  tashkil  etadi.  Sitozol  tarkibida  oraliq  almashinuv 
fermentlari  va  ribosomalar  uchraydi.  Ribosomalarda  sintezlangan 
oqsillaming  deyarli  yarmisi  sitozolda  uning  doimiy  komponenti  si­
fatida  qoladi.  Sitozol  biomolekulalar  to ‘planadigan joy  b o iib ,  shun- 
ingdek  bu  yyerda  turli  metabolik jarayonlar, jumladan  glikoliz,  yog‘ 
kislotalari,  aminokislotalar,  nukleotidlar  sintezi  sodir  b o iad i.
Sitoplazmaning va aynan gialoplazmaning asosiy vazifasi: hujayra 
ichidagi tuzilmalami  o ‘zaro birlashtirib,  ular  orasidagi  kimyoviy  mu- 
nosabatlami  belgilab  berishdir.  Gialoplazma  orqali  ko‘pgina  hujayra 
ichi transport jarayonlari amalga oshadi: aminokislotalar, nukleotidlar, 
yog1  kislotalari  tashiladi.  Gialoplazmada  doimiy  ravishda  plazmatik 
membrana  va  undan  hujayra  organoidlariga  yo‘nalgan  ionlar  oqimi 
amalga  oshadi.  Gialoplazma  ATF  molekulalari  to ‘planadigan  va  ha­
rakat  qiladigan  joy.  Gialoplazmada  turli  mahsulotlaming,  masalan 
glikogen,  yog‘  tomchilarining  to ‘planishi  kuzatiladi.  Gialoplazma 
turli  fermentlarga  ega  b o iib   ular  glikoliz,  aminokislotalarning  oqsili 
sintezidagi  faollashishi,  reaksiyalarini  katalizlashda  ishtirok  etadi.

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish