DNK dan tashqari hujayra yadrosida uch xil: informatsion, ribo-
somal va transport RNKlar bor. Yadroda har xil fermentlar ATF-aza,
glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi.
Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va
boshqa elementlar ham topilgan.
Yadro ikki guruh umumiy vazifalami bajaradi: 1.genetik mate
rial - DNKni - o ‘zgarmasligini saqlash. 2. Genetik materialni keyingi
avlodlarga uzatilishini amalga oshirish va oqsil sintezini boshqar-
ish. Yadroda DNK replikatsiyasi amalga oshib yangi hosil bo‘lgan
hujayralarga genetik material teng taqsimlanadi. Meyoz natijasida
DNKning yangi rekombinatsiyalari vujudga keladi.
Yadro: yadro tashqi apparati, yadro shirasi, matriksi, genetik ma-
terialdan tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |