tomchilar ko‘rinishida yoki proteidlar bilan qo‘shilib lipoproteidlar
ko‘rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o ‘zgarib turadi. Ular yadro
quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol
davri interfazadir.
Nuklein kislotatalarning ikki xili: DNK va RNK uchraydi.
Yadroning asosiy kimyoviy komponenti DNK bo‘lib, u xromo
somalar tarkibiga kiradi. DNK avloddan-avlodga genetik axborotni
uzatadi; oqsil sintezini kodlaydi. Hujayra yadrosidan DNKni birinchi
marta 1869 yilda F. Misher ajratib olgan. Bu modda tarkibida azot
va fosfor borligini aniqlagan va unga nuklein deb nom bergan. 1914
yilda Fyolgen DNKga rangli reaksiyani ko‘rsatib bergan. Oln yildan
so‘ng Fyolgen o ‘z reaksiyasiga asoslanib, DNKning xromosomalarda
joylashganligini ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |