A mikronaychadan markazga qarab bog‘lamcha chiqqan bo‘lib, u
markazdagi mikronaychalami o ‘rab turgan tuzilmaga yo‘nalgan.
Bazal tanacha va aksonema bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, bazal
tanacha tripletining A va B mikronaychalari o‘z davomini aksonema
dupletidagi A va B mikronaychalarda topadi.
113
Xivchin aksonemasi tuzilishining sxemasL
Kiprikcha va xivchinlar asosida ko‘pincha ildizchalar yoki ki-
netodesmalar uchrab, ingichka fibrill tolalari tutamidan iborat boMadi.
Kinetodesmalar baza! tanachadan o ‘tib sitoplazmaning quyi qa-
tlamigacha yadrogacha o ‘sib kiradi, uning vazifasi hali aniqlanmagan.
Sentriolalar va bazal tanachalar o ‘rtasidagi bunday o ‘xshashliklar
ular kelib chiqishining gomologikligi to‘g‘risidagi fikrni keltirib
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |