Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2000-yillarning boshida davlatning demografik rivojlanishni tartibga solish boʻyicha qabul qilgan qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlariga qaramasdan, tugʻilishning umumiy darajasi 20,50 dan 23,66 gacha farq qiladi (2-rasm). Mamlakatimizda “Demografik rivojlanish davlat siyosati”ning ishlab chiqilmaganligi soʻnggi 30 yil ichida aholini umumiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi sabab va Oʻzbekiston aholisi holati jiddiy tahlil qilinmaganligi va demografik rivojlanishning istiqbolli prognozlarining yoʻqligi, mamlakatda tugʻilish darajasi oilaning miqdor tarkibi muvofiqlashtirish jarayonlari oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishiga olib keldi. Faqatgina 2017 yildan boshlab jamiyatdagi oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ona va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga qaratilgan milliy urf-odatlarga asoslangan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. - Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2000-yillarning boshida davlatning demografik rivojlanishni tartibga solish boʻyicha qabul qilgan qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlariga qaramasdan, tugʻilishning umumiy darajasi 20,50 dan 23,66 gacha farq qiladi (2-rasm). Mamlakatimizda “Demografik rivojlanish davlat siyosati”ning ishlab chiqilmaganligi soʻnggi 30 yil ichida aholini umumiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi sabab va Oʻzbekiston aholisi holati jiddiy tahlil qilinmaganligi va demografik rivojlanishning istiqbolli prognozlarining yoʻqligi, mamlakatda tugʻilish darajasi oilaning miqdor tarkibi muvofiqlashtirish jarayonlari oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishiga olib keldi. Faqatgina 2017 yildan boshlab jamiyatdagi oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ona va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga qaratilgan milliy urf-odatlarga asoslangan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda tugʻilganlarning miqdori va tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti
Mamlakatda nisbatan yuqori tugʻilish darajasi mavjudligi quyidagi holatlarga olib keldi: bugungi kunda Oʻzbekistonda mehnat resurslari mamlakat aholisining 57,7 foizini tashkil etadi. Ushbu nisbatning koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Demografik rivojlanish va innovatsion tendensiyalar taʼsirida iqtisodiyotning tubdan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida mehnat bozoridagi vaziyat keskinlashib bormoqda va yaqin yillarda yanada keskinlashishi aniq. - Mamlakatda nisbatan yuqori tugʻilish darajasi mavjudligi quyidagi holatlarga olib keldi: bugungi kunda Oʻzbekistonda mehnat resurslari mamlakat aholisining 57,7 foizini tashkil etadi. Ushbu nisbatning koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Demografik rivojlanish va innovatsion tendensiyalar taʼsirida iqtisodiyotning tubdan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida mehnat bozoridagi vaziyat keskinlashib bormoqda va yaqin yillarda yanada keskinlashishi aniq.
- Oʻzbekistonning 2017 yil 1 yanvar holatiga koʻra 18,8 million mehnatga layoqatli resurslaridan 14,6 million kishi iqtisodiy jihatdan faol va 4,2 million kishi iqtisodiy faol boʻlmagan aholi toifasiga kirishadi. Iqtisodiy faol aholi sonining 5,3 mln. kishi yoki 40,2% iqtisodiyotning rasmiy sektorida va 7,9 mln. kishini yoki 59,8% norasmiy ishlab chiqarish sektorida ishlaydi. Bu raqam Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotining bozor tizimini chuqurlashganligi dinamik darajasining hozirgi holatini belgilab beradi va shu bilan birga jamiyatdagi mehnat resurslarini sanoat va hududlar miqyosida taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligi, malakaviy, jinsiy hamda yoshiga doir darajasi boʻyicha jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat berib turibdi .
Do'stlaringiz bilan baham: |