Quyi darajali formatlash
Quyi darajali «haqiqiy» formatlashda diskda yo‘laklar va bo‘limlar shakllantiriladi. Bu jarayonni bajarishda xizmat axboroti diskning butun yuzasiga yoziladi. Quyi darajali formatlashni noto‘g‘ri bajarilishi, ma’lumotlarni o‘qish va yozish jarayonida, ma’lumotlarni yoqolishiga yoki tez-tez xatolarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi. Odatda, quyi darajali formatlash diskni ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘ladi va bu ishni takroran bajarish favqulodda holatlardagina zarur bo‘lishi mumkin. Quyi darajali formatlash uchun maxsus dasturlardan (eng yaxshisi ishlab chiqaruvchining yoki bu ish bilan maxsus shugullanuvchilarning, masalan, Ontrack firmasining Disk Manager yoki Micro 2000 firmasining Micrascope dasturlaridan) foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |