Tokni disk yurituvchiga ulash uchun konnektorlar. 5 va 12 volt uchun to‘rt qutbli konnektor tokdan uzish joyi kabelning o‘ng tomonida joylashgan.
Tok manbalari disk yurituvchini ta’minlash uchun kamida 5 ta uzish joyiga ega bo‘ladi. Zarurat tug‘ilgan paytda kabel tarmoqlovchidan foydalanish mumkin. Kabel tarmoqlovchi bir joydan ikkita ulanishni ta’minlaydi. Uzilish joylari va rozetkalar ulanish paytida qutblarning to‘g‘riligini ta’minlaydigan qilib ishlangan.
Shuni ta’kidlash joizki, albatta kompyuterlarga CD ROM diskovodlarini o‘rnatayotganda albatta tizim bloki ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki kompyuterning asosiy qurilmalari tizim blokining ichida joylashgan(4.1-rasm). Bunday olib qaraganda tizim bloki korpusi ahamiyat ega emasdek tuyulishi mumkin. Lekin uni tanlayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Ichki qurilmalar bilan ishlashga qulayligi;
Uning qanday shovqin chiqarishi;
Unga disketa va kompakt disklar diskovodlarini qo‘yishga bo‘lga imkoniyati.
Korpuslarni tanlayotganda uni o‘lchamiga e’tibor berish kerak. Ko‘rinishiga ko‘ra korpuslar vertikal va gorizontal tiplarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda vertical tipdagi korpuslar keng tarqalgan. Balandligiga qarab ular quyidagicha bo‘linadi:
mikro(micro);
kichik(mini);
o‘rtacha(midi, middle-o‘rtacha);
to‘liq(full).
Ko‘pgina korpuslar unda joylashgan bo‘lmalariga qarab tasniflanadi(6.1-jadval).
6.1-jadval. Korpuslar klassifikasiyasi.
Korpus turi
|
Bo‘lma(qism)lar soni
|
Mikro
|
1
|
Kichik
|
2
|
O’rtacha
|
3-4
|
To‘liq
|
5-8
|
To‘liq korpuslar serverlar uchun mo‘ljallangan. U katta va judayam qimmat turadi.
Endi qisqacha kompakt disklar tarixiga to‘taladigan bo’lsak, 1982-yilda IBM firmasining kompyuterlari yaratilgan vaqtlarda musiqaviy kompakt disklar ishlab chiqarila boshlandi. Bu disk yurituvchi qirilma yaponiyanins Sony va gollandiyaning Phillips firmalarining hamkorligida yaratildi.
Shu firmalar birinchi raqamli kompakt disklarning ham yaratilishida muhim rol o‘ynadi. U kompakt diskni nafaqat ovozli ma’lumotlarni, balki matnli va grafikli ma’lumotlarni ham saqlash imkonini bera boshladi. Bunda kompakt disklar diskni ochish vaqtida uning o‘zi faylni audio yoki ma’lumotlar borligini aniqlaydi.
Harbir kompakt disk yurituvchisining old tomonida uni ishga tushirish tugmasi mavjud. Shuningdek, audio yoki stereo tizimlar uchin ulanish joyi va uni balandligini to‘rilab turuvchi regulyator bor. Bulardan tashqari, agarda Eject(compact diskni chiqarish tugmasi) tugmasi ishlamay qolganda, ya’ni compact diskni chiqarishni iloji bo‘lmaganda chiqarishga yordam beradigan teshik bor.
Kompakt disk yurituvchisining barchasini orqa tarafida kamida uchta ulanish joyi mavjud: interfeysli, elektr ta’minot bloki va audio ulash joylari.
Do'stlaringiz bilan baham: |