Proektorlarni ishlatish qoidasi
Hamma kompyuterlar va elektron qurilmalar uchun odatiy bo’lgan uchirib yokish, shnurlarini qattiq tortmaslik talablarini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q buo’sa kerak. Bular hammasi hamma erda bir xil. Har qanday videoproektor uchun harorat rejimi asosiy hisoblanadi. Proektorda kuchli yorug’lik oqimi qo’llaniladi, u LCD – panelini kizdiradi, proektorning sovutish tizimi esa ma`lum xaroratni ushlab turadi. albatta bilamizki, optik tizim (u ishlash jarayonida kuchli elektrik zaryadlanadi ham) changni yoqtirmaydi, shuning uchun proektorlarda changga qarshi filtrlardan foydalaniladi, ular bizning issiq iklimimizda tez ifloslanadi. Shuning uchun birinchi vazifa ikki haftada bir marta filtrlarni tozalab turish kerak. Proektorlardan juda ham tutunli bo’lgan xonalarda (masalan, restoranlarda) filtrlarni ko’proq tozalab turish kerak. Hitachi kompaniyasi, masalan, tutundan saqlovchi maxsus filtrlardan foydalanishni taklif etadi. Ba`zan proektorlarga haddan tashqari e`tiborlilik ham uning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. mening hayotimda shunday bir hodisa yuz bergan, juda ham ehtiyotkor bir odam proektorning tagiga sochik yozib qo’ygan, shu bilan uning tagidan filtrlarga havo kirish yo’lini yopib qo’ygan. Qizib ketganligini xabar qiluvchi lampaga u e`tibor bermagan, bundan tashqari proektorning tez-tez avariya holatida o’zi o’chib qolishiga ham e`tibor bermagan (himoya vositasi ishlaganda) oqibatda matritsa qizib biroz erigan, yorug’lik filtri ham. Lekin proektor uchun eng yomoni (lampa uchun ham) maxsus o’chirish knopkasidan foydalanmay, balki elektr manbai shnurini tortib olish yuli bilan uni tusatdan o’chirish hisoblanadi. Proektorni darxol o’chirib bo’lmaydi tasvir o’chib bo’lgandan keyin ventilyator undan issiq havoni xaydab chiqarishi, qizigan qismlarni sovutishi, shundan keyin ventilyator avtomatik ravishda o’chgandan so’nggina shnurni elektr manbaidan chiqarib olish mumkin.
Videoproektordan foydalanish
Videoproektordan foydalanish umuman olganda toza tutish va havo filtrini tozalab turish va almashtirishdan iborat bo’ladi. Havo filtrini har 100 ish soatidan keyin bajarish kerak, agarda u chang va tutunli xonada ishlatiladigan bo’lsa kamroq vaqtda almashtirish zarur. Bu juda muhim shart, chunki proektor qizishi rejimini kuzatib borish – uning buzilmasdan ishlashi garovidir. Shuning uchun proektorni o’rnatayotganda uning havo kiradigan yo’llariga havo bemalol kelib turishini ta`minlashga e`tibor berish kerak. Noto’g’ri issiqlik almashuvi yoki havo filtrining ifloslanishini ko’rsatuvchi aniq belgisi proektorning ko’p ishlamay turib, qizishini ko’rsatuvchi indikatorning yonib turishi yoki uning avtomatik o’chib qolishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |