ATX elektr ta’minot bloki.
ATX elektr ta’minot blokining turli razyomlarining standart ishlatilishi 6.6-6.7- jadvallarda keltirilgan. Simlar rangi kontaktlarni ishlashiga qarab farqlanadi. ATX spetsifikatsiyasiga, elektr ta’minot blokiga 3.3 V chiqish kuchlanishini uzatish bo‘yicha qo‘shimcha talab kiritilgan. Tizim plataga ATX elektr ta’minot bloki 20 kontaktli ulash joyi yordamida ulanadi.
6.6-jadval. Tizim platasiga ulanish uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
Simning rangi
|
Signal
|
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
11
|
Olov rang
|
+3,3 V
|
2 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
12
|
Olov rang
|
-12 V
|
3 Qora
|
Er
|
13
|
Qora
|
Er
|
Qizil
|
+5 V
|
14
|
Yashil
|
PSOn
|
Qora
|
Er
|
15
|
Qora
|
Yer
|
Qizil
|
+5 V
|
16
|
Qora
|
Yer
|
Qora
|
Er
|
17
|
Qora
|
Yer
|
Oq
|
Power_good
|
18
|
Ko‘k
|
-5V
|
Siyoh rang
|
+5VSB
|
19
|
Qizil
|
+5 V
|
JO Sariq
|
+12 V
|
20
|
Qizil
|
+5 V
|
Odatdagi elektr ta’minot blokida 6.6-rasmdagi, pereferik qurilmalar uchun 2 ta elektr ta’minot ulanish joylari, disk yurituvchilar 2 ta ulanish joylari, bitta yordamchi va 12 V kuchlanish beruvchi bir ulanish joyi bo‘ladi.
6.7- jadval. Qattiq disklarni va boshqa qurilmalarni ulash uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1
|
Sariq
|
+12 V
|
2
3
4
|
Qora
Qora
Qizil
|
Yer
Yer
+5 V
|
6.6-rasm. ATX elektr ta’minot bloki.
Savol va topshiriqlar
Elektr ta’minlash bloki vazifasini ayting
Elektr ta’minlash bloki turlarini ayting
Elektr ta’minlash blokidan qanday kuchlanishda tok chiqadi?
11-Mavzu: Elektr ta’minotini o‘rnatish. Kompyuterning quvvat sarfini hisoblash. Elektr ta’minoti xususiyatlari.
Reja
Elektr ta’minoti qurilmasi haqida tushincha
Elektr ta’minoti qurilmasini tizimli blokka o’rnatish
Elektr ta’minoti qurilmasi texnik xizmat ko’rstish
Dastlab kompyuterlar ulkan mashinalar bo’lgan va turli o’yinlar o’ynash uchun emas, muhandislik hamda ilmiy hisoblashlar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ham energiya sarfida muammolar bo’lmagan – faqatgina iloji boricha unumdorlikni oshirish kerak edi. Birinchi shaxsiy kompyuterlar mikrosxema va mikroprotsessorlardan foydalanish orqali kam energiya iste’mol qilgan.
Energiya sarfi muammosi Socket7 davridan boshlab yuzaga kelgan bo’lsa kerak. Bu ShK imkoniyatlarini kengaytiruvchi ko’p sonli qo’shimchalar – turli kengaytiruvchi kartalar, bir necha qattiq disklar, kompakt-dikslar xotira qurilmalari kompakt-disklarda jamlovchilar bilan bog’liq bo’lgan. Xotira qurilmalarining soni ortishi energiya manbai bloki quvvatini oshirishga majbur etdi. Pentium Pro darajasidagi kompyuterlar uchun 250 Vt energiya manbai bloki muvofiq bo’ldi. Ammo o’sha vaqtdayoq energiya quvvat bloki bilan bog’liq – ularning sifati bilan bog’liq asosiy masala yuzaga keldi. Quvvat blokining o’zida har qanday yozuv bo’lishi mumkin, xohlasangiz marker bilan 8 KVt deb yozib qo’ying, biroq unda foydalanilgan komponentlar soni va sifati oshmaydi.
Asosiy ko’p energiya talab etuvchilar
Insonlar Intel Core 2 Duo protsessorli, NVIDIA GeForce 8800GT kartali va 400 Vt blokli kompyuter xarid qilib, protsessorining tezligi pastligidan shikoyat qiladigan vaziyatlarni muhokama qilib o’tirmaymiz. Bizning mavzuimiz – tarixga oid, Pentium II/III darajasidagi kompyuterlarda esa quvvat blokining quvvati 250-300 Vt ni tashkil qilar edi.
Ozuqa blokini tanlayotganingizda uning maksimal quvvatiga emas, balki nominal quvvatiga e’tibor qaratishingiz kerak. Chunki ozuqa bloki nominalga teng bo‘lgan quvvatni barqaror ravishda uzoq vaqt zo‘riqmay hosil qilib berishi mumkin. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, ona plataga ulangan qurilmalar ozuqa blokining bitta yoki bir nechta alohida kanallaridan tok iste’mol qiladi. Ozuqa bloki mana shunday kanallarda har xil kuchlanishda tok hosil qilib beradi. Blokning asosiy qismi +12V kuchlanishli kanallar uchun ishlaydi. Mana shunday kanallarga protsessor, videokarta, vinchester va shu kabi asosiy komponentlar ulanadi. Shuning uchun, ozuqa blokida +12V kuchlanish hosil qilib bera oladigan kanallarning soni va umumiy quvvati ko‘proq bo‘lgani yaxshi.
Bugungi kunda oddiy uy yoki ofis kompyuterlariga o‘rtacha 400-500W quvvatli ozuqa bloklari zarur. Uy sharoitida yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynash uchun esa 450-550W quvvatli ozuqa bloki kerak bo‘ladi. Ba’zi kompyuterlarda ikkitadan videokarta bo‘lib, ular professional geymerlar yoki grafikada ishlovchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Bunday kompyuterlarga 600-700W quvvatli ozuqa bloklarini o‘rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |