Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko


Zamonaviy Intel va AMD protsessorlarini farqlashni o’rganish



Download 7,38 Mb.
bet133/225
Sana04.11.2022
Hajmi7,38 Mb.
#860624
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   225
Bog'liq
Hududiy boshqarmasi termiz shahar kasb-hunar maktabi shaxsiy kom

Zamonaviy Intel va AMD protsessorlarini farqlashni o’rganish

  • Protsessorlarning asosiy texnik tavsiflarini o’rganish



    6-Mavzu: Amaliy ish: Protsessor va kullerni o‘rnatish

    Reja:
    1. Tizimli plataning chastotalari



    1. Protsеssorning kullerlari.

    2. Protsеssorga kullеrni joylashtirish.


    Tizimli plataning chastotalari
    486DX2dan boshlab deyarli barcha zamonaviy protsessorlar, tizimli plataning takt chastotasining biror ko‘paytuvchisi bilan yig‘indisiga teng. Masalan, Celeron 600 protsessori tizimli plataning takt chastotasidan(66 MGts) to‘qqiz marta katta bo‘lgan takt chastotasida ishlaydi, Pentium III 1000 tizimli plataning takt chastotasidan etti yarim baravar katta bo‘lgan chastotada ishlaydi (133 MGts). Tizimli platalarning ko‘pchiligi 66 MGts takt chastotasida ishlaydi; aynan shunday chastotani 1998 yilgacha Intelning barcha protsessorlari qo‘llar edi va yaqinda shu firma 100 MGtsga mo‘ljallangan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyini va protsessorlarini ishlab chiqdi.
    Cyrix firmasining ba’zi protsessorlari 75 MGts da ishlash uchun nazarda tutilgan va Pentium uchun mo‘ljallangan ko‘plab tizimli platalar ham shu chastotada ishlay oladi Odatda tizimli plataning takt chastotasini va ko‘paytuvchsini ulovchi yordamida yoki boshqa tizimli platani konfiguratsiyalash protseduralari orqali aniqlash mumkin (masalan, BIOS parametrlarini o‘natish dasturidagi mos qiymatlarni tanlash yordamida ).
    1999 yil oxirlarida 133 MGtsga mo‘ljallangan tizimli platalar paydo bo‘la boshladi. Bu platalar Pentium III protsessorining barcha zamonaviy rusumlarini qo‘llar edi.
    Shu davrda AMD firmasi Athlon protsesorini, shuningdek protsessor va North Bridge mikrosxemalari majmuining bir qismi bilan ma’lumot uzatishning ikkilangan koeffitsientiga ega bo‘lgan (ya’ni 200 MGts chastotali), 100 MGtsni qo‘llaydigan tizimli platalarni chiqardi.
    Zamonaviy kompyuterlarda, odatda tizimli platada joylashuvchi, o‘zgaruvchan chastota generatoridan foydalaniladi; u tizimli plata va protsesor uchun tayanch chastotasini vujudga keltiradi. Pentium protsessori tizimli platalarining aksariyatida takt chastotasining, uch yoki to‘rt qiymatidan bittasini o‘rnatish mumkin. Bugunga kelib, berilgan tizimli plataning takt chastotasiga bog‘liq holda, turli chastotalarda ishlovchi protsessorlarning ko‘plab talqinlari chiqarilmoqda. Masalan, aksariyat Pentium protsessorlarining tezligi tizimli plataning tezligidan bir necha marta oshib ketadi.

    Protsessorning umumiy hususiyatlariga uning ma’lumotlar shinasi va manzil shinasining razryadliligi ham kiradi. Shina –turli signallar uzatiladigan ulanishlar to‘plami. Binoning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tkazilgan o‘tkazgichlar juftligini ko‘z oldinggizga keltiring. Agar, bu o‘tkazgichlarga 220 V ga teng bo‘lgan kuchlanish generatorini ulab turib, liniyaning yonlariga rozetkalarni qo‘yib chiqilsa, shina hosil bo‘ladi.Vilkaning qaysi rozetkaga tiqilishidan qat’iy nazar, siz faqat bitta, bizning holimizda, 220 V o‘zgaruvchan tokli signalni qabul qilasiz.
    Bittadan ortiq bo‘lgan chiqishga ega uzatish liniyasini (yoki signallarni uzatish muhitini) shina deb atash mumkin.
    Oddiy kompyutyerda bir nechta ichki va tashqi shinalar, har bir protsessorda asosiy ma’lumotlarni va xotira manzillarini uzatish ikkita shinalar mavjud.Bular ma’lumotlar shinasi va manzil shinasidir. Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutiladi. Shinaga bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p kelib tushsa, vaqtning aniq bir intervalida, u orqali shuncha ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi.
    Ma’lumotlar shinasining raryadliligi avtomagistral yo‘lidagi xarakat yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish trassadagi mashinalar oqimini orttirishga imkon tug‘diradi. Shunga o‘xshash, razryadlilikni orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi.
    Kompyutyerdagi ma’lumotlar bir hil vaqt oralig‘ida raqamlar ko‘rinishida uzatiladi.
    Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun, yo‘qori bosqichdagi kuchlanish signali jo‘natiladi (5 V atrofida), ma’lumotlarning nol bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish signali (0 bit atrofida) uzatiladi.
    Bir vaqtning o‘zida, liniyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p bit uzatish mumkin. 286 va 386 SX protsessorlarda ikkilik ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun 16 ta bog‘lanish kerak bo‘ladi, shu sababli, ularda ma’lumotlar shinasi 16 razryadli deyiladi. 486 yoki 386DX 32 razryadli protsessorda bunday ulanishlar 16 razryadliga qaraganda ikki marta ko‘p, shuning uchun u birlik vaqt ichida 16 razryadliga qaraganda ikki marta ko‘p ma’lumotlarni uzatadi. Pentium tipdagi zamonaviy protsessorlar 64 razryadli ma’lumotlarning tashqi shinasiga ega. Bundan kelib chiqadiki Pentium protsessorlari, original Pentium, Pentium Pro va Pentium II lar bilan birga tizimli xotiraga bir vaqtning o‘zida 64 bitli ma’lumotlarni uzatishi (yoki undan qabul qilishi) mumkin.
    Shinani avtomobillar yurib ketayotgan avtomagistral deb faraz qilamiz. Agar avtomagistralda har tomonga avtomobillar harakat qilishi uchun faqat bittadan yo‘nalish mavjud desak,u holda bu yo‘nalish bo‘yicha biror vaqt momentida faqat bitta mashina harakatlanishi mumkin.
    Agar siz, masalan, yolning o‘tkazish qobiliyatini ikki marta oshirmoqchi bo‘lsangiz, yonalishlarning sonini orttirib, yolni kengaytirishingiz kerak. Shunday qilib, 8 razryadli mikrosxemani bir yo‘nalishli avtomagistral ko‘rinishida faraz qilishimiz kerak, chunki, undan har bir vaqt momentida faqat bir bayt ma’lumotlar o‘tadi ( bir bayt 8 bitga tehg) . Shunga o‘hshash, 32 razryadli ma’lumotlar shinasi bir vaqrda 4 bayt axborotni uzatishi mumkin, 64 razryadli shinani esa 8 yo‘nalishi mavjud bo‘lgan avtomagistralga o‘xshatish mumkin!
    Avtomagistral harakat yo‘nalishining miqdori bilan, prostessor esa o‘zining ma’lumotlar shinasining razryadliligi bilan xarakterlanadi. Agar qo‘llanmada yoki texnik tavsifida 32- yoki 64- razryadli kompyuter haqida yozilgan bo‘lsa, odatda ma’lumotlar shinasining razryadliligi nazarda tutiladi. Shuning asosida protsessorning, demak, kompyuterning ham samaradorligini taxminan baholash mumkin. Protsessor ma’lumotlar shinasi razryadi xotira bankining razryadini ham aniqlaydi.Bu, masalan, 486 sinfiga tegishli 32-razryadli protsessor 32 bitni bit vaqtda xotiradan o‘qishini yo‘ki hotiraga yo‘zishini bildiradi. Pentium, Pentium III va Celeron sinfiga tegishli protsessor 64 bitni bir vaqtda xotiradan o‘qiydi yo‘ki hotiraga yo‘za. SIMM xotirali 72-kontaktli standart modullar 32-razryadga ega bo‘lganligi uchun, 486 sinfiga tegishli tizimlarning ko‘pchiligi bitta moduldan, Pentium sinfiga tegishli ko‘pchilik tizimlar esa ikkitadan modulni bir vaqtda o‘rnatadi. DIMM xotirasiga tegishli modullarning razryadi 64 ga teng bo‘ganligi uchun, Pentium sinfidagi tizimlarda bittadan modul o‘rnatiladi. Bu tizimni konfiguratsiyalash jarayonini ehggillashtiradi,chunki modullarni bittadan o‘rnatish yo‘ki olib tashlash mumkin. DIMM moduli Pentium tizimlarida xotira banki singari unumdorlikka ega.


    Download 7,38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   225




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish