Simple Machines CMS’ни дастурнинг расмий сайти www.simplemachines.org орқали юклаб олишингиз мумкин.
Агар Сайт яратишни режалаштираётган бўлсангиз ва ўз сайтингиз учун қайси CMS тўғри келишини билмаётган бўлсангиз, сайтингизнинг ҳажми ва у орқали фойдаланувчилар қандай маълумотларни олишини режалаштираётганингизга қараб ўзингизга маъқул бўлган CMS’ни танланг.
CMS танлаш жараёнида фақат Сиз танламоқчи бўлган CMS’нинг шаблонларига, сайтнинг ташқи кўринишини белгилайдиган жиҳатларигагина эмас, балки сайтнинг енгил ишлаши, ҳостингингизда кўп жой олмаслиги (агар бунинг зарурати бўлса), қидирув машиналарида осон рўйхатдан ўта олиши, фойдаланувчилар учун қулайлиги, турли браузерларда бир ҳил кўриниши каби муҳим жиҳатларига ҳам эътибор беринг.
Yangi loyiha ustida ish boshlovchilar, saytlar olamiga endi kirib kelayotgan yangi o’yinchilar, ishlab turgan saytining ba’zi tomonlaridan qoniqmayotgan foydalanuvchilar ba’zan tayyor CMSlar haqida o’ylaganda ulardan qaysi birini tanlashga ikkilanib qolishadi. Ushbu maqolada aynan shunday kishilarga o’z bilgan narsalarimdan ba’zilarini aytib o’tmoqchiman va lozim topsam tavsiyalarimni ham yozmoqchiman.
WordPress CMSini taqqoslovchilar odatda uni Joomla, Drupal kabi CMSlar bilan taqqoslashadi. WordPress CMSi Joomla yoki Drupaldan ustun deya olmayman, sababi Joomladan foydalanib, u uchun ba’zi mod va templatelar yasaganimda uning o’ziga xos strukturasi va developerlarga taklif qiladigan imkoniyatlari menga yoqdi. Drupaldan esa foydalanmaganman shuning uchun ham u haqda biror narsa deya olmayman. Ammo shunday bo’lsa ham quyidagi ba’zi taqqoslashlarni e’tiboringizga havola etmoqchiman:
|
Drupal
|
Joomla
|
WordPress
|
Sahifasi
|
www.drupal.org
|
www.joomla.org
|
www.wordpress.org
|
Ma’lumot
|
Drupal kuchli, dasturchilar uchun qulay har xil darajadagi murakkablikdagi saytlarni tayyorlash imkonini beruvchi platforma. Foydalanuvchilardan ma’lum darajada dasturchilik bilimimini talab qiladi
|
Joomla Drupal va WordPressning o’rtasi, dasturchilik bilimiisiz ham sayt tayyorlab, uni boshqarsa bo’ladi, ammo dasturchilik bilimidan bexabar kishilarga WordPresschalik imkoniyatlar taklif qila olmaydi.
|
Wordpress oddiy, kichik blog platformasi sifatida yaratilgan. Ammo hozirgi kunda boshqa turdagi saytlar uchun ham foydalanilmoqda, uning uchun shablon va plaginlar shuqadar ko’pki o’zingizga kerak bo’ladigan funksiyani bajaruvchi plagin, o’zingizga yoqqan ko’rinishdagi shablonni to’g’ri izlashni bilsangiz bo’ldi, uni topa olishingiz ehtimolligi ancha yuqori
|
Foydalanilayotgan ba’zi saytlar
|
http://fastcompany.com/
http://teamsugar.com/
http://fledu.uz/
|
http://www.quizilla.com/
http://gsas.harvard.edu/
http://www.ihop.com/
http://tas-ix.uz/
|
http://blog.us.playstation.com/
http://business.blogs.cnn.com/
http://center.arc.nasa.gov/
http://observer.com/
http://daryo.uz/
|
O’rnatish
|
Drupal forumi
|
Joomla forumi
|
WordPress forumi
|
Foydalanishdagi qulayliklar
|
Drupal uchchala CMS ichida dasturchilik bilimini eng ko’p talab qiluvchi CMS hisoblanadi. Ammo har yangi versiyasida foydalanish qulaylashib bormoqda. Agar siz dasturchilik bilimini olish imkoniyatingiz yo’q deb hisoblasangiz, yoki birorta dasturchini yollash imkoniga ham ega bo’lmasangiz unda bu CMS siz uchun noqulay bo’lishi mumkin.
|
Druplaga nisbatan qulayroq, WordPressga nisbatan murakkabroq. O’rnatish jarayoni juda oson, deyarli dasturchilik bilimini talab qilamydi. Ammo imkoniyatlarining ko’pligi tufayli boshqaruv paneli yetarlicha murakkab, agar yangi module, plaginlar o’rnatmoqchi bo’lsangiz dasturchilik bilimini ham talab qilishi ehtimoldan holi emas.
|
Dasturchilik bilimi umuman shart emas. Visual tahrirlovchisi ham juda qulay bemalol MS Worddan xohalagan formatdagi matnni kiritishingiz mumkin, bunday imkoniyatni Joomla va Drupallar taklif eta olmaydi.
|
Imkoniyatlari
|
O’zining kuchli taksonimiya tizimi bilan ma’lum. Ma’lumotlarni har qanday murakkablikdagi strukturada joylashtirish imkoniyatini beradi.
|
Kuchli ijtimoiy platforma yasash imkonini beradi. Online savdo platformalari yasash uchun ham juda qulay.
|
Foydalanishdagi soddalik ushbu CMSning asosiy imkoniyati hisoblanadi. Web dasturchi va web dizaynerlarga yaxshigina imkoniyatlar taklif qiladi. Yana bir ajoyib tomoni WordPress saytni tayyorlab mijozga topshirganingizdan keyin saytdan hech ham havotir olmasangiz ham bo’ladi.
|
Keshlovchi plaginlari
|
Pressflow: http://pressflow.org/
Ushbu plagin Drupal bilan birga yuklanadi, o’rnatilgan Drupalda ba’zi bir muhim funksiyalar qatorida bo’ladi.
|
JotCache Joomla 1.5 versiyasi uchun keshlovchi plagin, ushbu plagin qaysi sahfialar keshlanishi kera-gu qaysilar keshlanmasligi kerakligini ham nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Joomlaning o’zi bilan birga keluvchi System Cache Plugin plagini ham mavjud.
|
WP-SuperCache – http://wordpress.org/extend/plugins/wp-super-cache/
ma’lumotlar ba’zasidan olinib generatsiyalanadigan sahifalarning html nusxalarini yaratadi va sahifalarning yuklanish jarayonini optimallashtiradi.
|
Qanday holatda foydalangan ma’qul
|
Murakkab, ko’p funksiyali va ko’p foydalanuvchili saytlar uchun qulay
|
WordPressga nisbatan murakkabroq saytlarni qo’llay oladi.
|
Kichik – yangilik, kunlik blog saytlari, foydalanish oson bo’lishi kerak bo’lgan saytlar uchun ayni muddao.
|
Endi WordPress CMSi taklif qiladigan qulayliklar bilan batafsilroq tanishamiz
Eslatma: Ushbu imkoniyatlar boshqa CMSlarda ham yo’q emas.
Yaqindagi so’rovnoma natijalariga ko’ra WordPress tizimi butun dunyodagi saytlarning 24.1% qismida asosiy tizim sifatida foydalaniladi. Dunyo saytlarining deyarli to’rtdan birini egallay olgan WordPress tizimi Sizning talablaringizni ham qanoatlantirishi tabiiy. O’zining deyarli cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligi, tez va xatosiz ishlashi, ko’p resurs talab qilmasligi, bepulligi, tez-tez yangilanib turilishi, xavfsizligi va juda ko’p shablon/plaginlarga ega ekanligi sababli dunyodagi kontent boshqarish tizimlari ichida birinchi o’ringa chiqa olgan WordPress tizimi hozirgi kunda Time Magazine, Google, Facebook, Sony, Disney, LinkedIn, The New York Times, CNN, eBay va boshqalar kabi mashxur saytlarning asosi sifatida ishlab turibdi. WordPress tizimini yana qanday mashxur saytlar/kompaniyalar/shaxslar ishlatishi haqida wordpress.org/showcase sahifasida bilib olishingiz mumkin.
O’z saytingizni tashkil etish haqida o’ylab turgan va qaysi ma’lumotlarni boshqarish tizimidan foydalanish yuzasidan ikkilanayotgan bo’lsangiz WordPress tanlovida to’xtalishingizni tavsiya etaman. To’g’ri, WordPressdan tashqari saytingizni Joomla, DataLife Engine yoki boshqa biror tizimda tashkil etishingiz ham mumkin, ammo ularning hech biri WordPress tizimiga tenglasha olmaydi. Bu mening fikrim emas, statistik ma’lumotlarga asoslangan fakt hisoblanadi. O’zingiz ham bu borada Google orqali shaxsiy izlanishingizni amalga oshirib ko’rishingiz mumkin.
WordPress tizimining boshqa tizimlarga nisbatan bir necha ustunliklarga ega bo’lishida, uni boshqa tizimlardan alohida ajratib turuvchi bir necha sabablar bor. Siz saytingizning asosi sifatida WordPress tizimini tanlashingiz kerak, chunki:
Do'stlaringiz bilan baham: |