Avesto - O‘rta Osiyo tarixiga oid eng qadimiy manba - Avesto - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir;
- U «qat’iy qonunlar» degan ma’noni anglatadi;
- Bu dinning g‘arbdagi nomi - zaroastrizm, arablar otashparastlar deyishgan;
- Bu dinning payg‘ambari-Zaratushtra, u buyuk munajjim sifatida g‘arbda shuxrat qozongan;
- Zardushtiylikda ezgulik, adolat, tenglik, rahm-shafqat va barcha insoniy fazilatlar targ‘ib etiladi;
- Unda yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi amal, ya’ni kishining o‘ylagan fikri, aytgan so‘zi, qilgan ishi bir-biriga muvofiq bo‘lgandagina u haqiqiy baxt saodatga erishadi – degan g‘oya yotadi;
- Zardushtiylik dinining xudolari: Axuramazda (ezgulik xudosi), Axrimon (yovuzlik xudosi), Xumo – Semurg‘-Farna (baxt va tole’ xudosi), Mitra (yorug‘lik va quyosh xudosi), Anaxita (hosildorlik va farovonlik xudosi);
- Zardushtiylar asosan olov, quyosh, yer va yulduzlarga topinishgan;
- U 17 ming qora mol terisiga zarxal harflar bilan bitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |