Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Xalqaro  atrof-muhit  huquqining  nazariy  muammolari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5 -§ .  Xalqaro  atrof-muhit  huquqining  nazariy  muammolari
S huni  n a z a rd a n   qoch irm aslik   kerakki,  « atro f-m u h it  him oyasi» 
tushunchasi  «tabiat  muhofazasi»  degan  tu sh u n ch a  bilan  ayrim   jih a t- 
lardan  o'xshash  bo'lishiga  qaram ay,  ular  aynan  bir  xil,  o 'z a ro   m uqobil 
tush u n ch alar  em as.  D astaw al  tabiat  va  uning  resurslari  m uhofazasi  si­
fatida  paydo  bo 'lib ,  tabiat  m uhofazasi  bilan  bog'liq  m aqsadlarni  o 'z  
oldiga  q o 'y a r  ekan,  atrof-m uhit  unsurlari  (m asalan,  atm osfera  havosi, 
dengiz  m uhiti,  chuchuk suvzaxirasi,  hayot sifati,  ishlab chiqarish  m uhiti 
kabilar)  ilk  b o r  B M T   ning  A trof-m uhit  m uam m olari  deklaratsiyasida 
(1972-yil)  qayd  etilgan.
X a lq a ro -h u q u q iy   am aliyot  quyidagilardan  fo ydalanish  va  ularni 
m uhofaza etish borasida ijtimoiy m unosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquq tarm og'i, degan tushunchani anglashda qarashlar yakdilligi mavjud 
em asligidan  dalolat  beradi:
1)  tabiiy  (jonli)  m uhit  (flora,  fauna)  obyektlari;
2) jonsiz  m uhit  (dengiz  va  chu ch u k  suv havzalari,  ya’ni gidrosfera), 
havo havzasi (atm osfera),  tuproq (litosfera), yerga yaqin kosm ik b o'shliq  
obyektlari;
3)  insonning tabiat  bilan  o 'z a ro   bog'liq  bo'lgan  faoliyati jaray o n id a 
yaratilgan  «sun’iy»  m uhit  obyektlari.
Ayrim  xalqaro  huquq  b o 'y ic h a   m utaxassislar  «ekologiya»  tu sh u n ­
chasi jonli organizm lar va ular tashkil etadigan ham jam iyatlam ing o 'z aro  
ham da atrof-m uhit  bilan  m unosabatlari to'g'risidagi  fan m a’nosini angla- 
tishdan  kelib  chiqib,  «atrof-m uhit»  atam asini  yuqorida  sanab  o 'tilg an  
obyektlardan  foydalanish  va  ularni  m uhofaza  qilish  borasidagi  ijtimoiy 
m unosabatlarni  tartibga  soluvchi  xalqaro  huquq  tarm o g 'in i  ifodalash 
u ch u n   qo'llaydi.
Xalqaro  am aliyotda  yuzaga  keladigan  huquqiy  m unosabatlarni  ifo­
dalash  uchun  h a r ikki  atam ani  ham   qo 'llash   tajribasi  m avjud.  M asalan,
1992-yilda  R io-de-Janeyroda bo'lib o 'tg an   BM T konferensiyasida xalqaro 
h u q u q   subyektlari  o 'rtasid a  yuzaga  keladigan  m uayyan  bir  m un osab at- 
lam  i  an a  shu  h ar  ikki  ata m a   bilan  ifodalash  tajribasi  q o'llan gan .
X alqaro ekologiya huquqining xalqaro huquq tarm og'i sifatida shakl- 
lanish jarayoni  davom   etm oqda.
X a lq a ro -h u q u q iy   n azariy ad a  a tro f-m u h it  m uhofazasi  sohasidagi 
dolzarb  m asalalarga  quyidagilar  kiradi:
1)  ekologik  xavfsizlikning  yangi,  b u tu n  jah o n   konsepsiyasini  belgi­
lash.  Bu  sayyoram izning  ekologik tartib lari  o'rtasidagi  o 'z a ro   bog'liqlik 
tizim ini,  shuningdek,  ular  o 'rta sid a   mavjud  bo'lib   turgan  jo n li  tabiiy 
m uvozanatni  asrash  va  saqlab  turish  kabilarni  o 'z   ichiga  oladi.  Ushbu 
konsepsiyaga  k o 'ra ,  a tro f-m u h it  m uhofazasi  bilan  xalqaro  xavfsizlik 
o 'rta sid a   bevosita  aloqa  o 'rn a tila d i.  Ekologik  xavfsizlikning  huquqiy 
m azm uni davlatlarning o 'z  faoliyatini shunday bir tartibda am alga oshirish 
m ajburiyatidan  iboratki,  toki  b u n d a  ekologik  inqirozlarning  m ahalliy, 
m illiy,  m intaqaviy  va  global  darajalarda  kuchayib  borayotgan  ta ’siri  is- 
tisno  etilsin;
2)  atro f-m u h itn i  insoniyatning  hozirgi  va  kelajak  avlodlari  farovon- 
ligi  y o 'lid a  him oyalash  va  yaxshilashga  qaratilgan  ch o ra-tad b irla rn i 
tashkillashtirish  va  am alga  oshirish  borasida  xalqaro  ham korlikni  rivoj­
lantirish.  U shbu  m asalani  butun ja h o n  darajasida  hal etish y o 'lid a  1972- 
yil  A tro f-m uhit  bo 'y ich a  B M T  dasturi  (Y U N E P )  t a ’sis  etilgan.
Y U N E P n in g   asosiy  vazifalari  quyidagilar:
— 
atrof-m uhit jabhasida  ham korlikka ko'm aklashish va tegishli tavsi­
yalar  ishlab  chiqarish;
www.ziyouz.com kutubxonasi


—  B M T  tizim i  doirasida  atro f-m u h it  m uhofazasi  jabhasidagi  siyo­
satga  um um iy  rahbarlik  qilish;
—  doim o  m a’ruzalam i  tayyorlash  va  m uhokam a  qilish;
—  a tro f -m u h it  m u h o fa z a s i  x a lq a ro   h u q u q in i  riv o jla n tiris h g a  
ko'm aklashish;
—  urush  davrida  atrof-m u h itn i  m uhofazalashga  qaratigan  norm a- 
lam ing  t a ’sirchanligini  oshirish  (1868-yilgi  S ankt-P eterb u rg   deklaratsi­
yasi,  1907-yilgi  quruqlikdagi  urush  qonunlari  va  odatlari  to'g'risidagi 
G aag a  konvensiyasi  va  uning  nizom i,  1949-yilgi  urush  davrida  fuqaro 
aholisini  him oyalash  to'g'risidagi  Jeneva  konvensiyasi  va  1977-yilgi  1 
q o 'sh im ch a protokol,  1977-yilgi  Tabiiy  m uhitga t a ’sir k o 'rsatish  vosita­
laridan  harbiy  yoki  boshqa  har  qanday  dushm anlik  y o'li  bilan  foydala­
nishni taqiqlash to'g'risidagi konvensiya,  shuningdek,  atrof-m u hit  him o- 
yasi  repressaliy sifatida  tabiiy  m uhitga  keng  ko 'lam li,  uzoq  m uddatli  va 
jiddiy  ziyon  yetkazgan  yoki  yetkazish  ehtim oli  b o 'lg an   harbiy  harak at­
lam i  amalga oshirish  usullari va vositalarini q o 'llash prinsipi  m ustahkam - 
langan  hujjatlar —  1980-yilgi  odatdagi  q u ro l-yarog '  konkret  turlarining 
qo'llanishini  taqiqlash  yoki  cheklash  to'g'risidag i  konvensiyalar n o rm a­
lari  sh u lar jum lasidandir.  S huningdek,  atro f-m u h itn i  qand ayd ir  hujum  
obyektiga  aylantirilishi  m an  etiladi);
—  am aliy o tg a  (« iflo sla n tiru v c h i  to 'la s h g a   m ajbu rlig i»   p rin sip i 
bo'yicha)  joriy  etish.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish