12-§. O'zbekiston Respublikasi va xalqaro huquq
«Mustaqillik va suverenitet jahon hamjamiyatiga kirib borishimizga,
barcha davlatlar bilan teng huquqli va o'zaro manfaatli munosabatlar
o'rnatishim izga imkon yaratdi»1.
Davlat mustaqilligiga qadar sobiq markaz barcha xalqaro aloqalarni
faqat o 'z qo'lida tutar edi, O'zbekistonga esa, «gullab-yashnayotgan
Sovet Sharqi»ni xorijiy mehmonlarga ko'z-ko'z qilish vazifasi topshiri-
lar edi. O'zbekiston nomigagina mustaqil bo'lib, boshqa ittifoqdosh
respublikalar singari xalqaro hamjamiyatda yuz berayotgan jarayonlardan
chetlashtirilgan edi. Bunday uzilish, ayniqsa jahon iqtisodiy tizim idan
chetda qolish, O'zbekistonning milliy manfaatlariga zid edi.
SSSR tarqab ketganidan keyin O'zbekistonning xalqaro hamjami-
yatdan uzilib qolganiga ham chek qo'yildi. Hozirga kelib, O'zbekiston
Respublikasi ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir T em ur va Te-
muriylar, o'zbek xonliklaridek davlatlar singari o'zining tashqi siyosa
tini mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi.
O'zbekiston mustaqil rivojlanish yo'liga ilk qadam qo'ygan davr-
danoq, 1990-yil 20-iyundagi Mustaqillik deklaratsiyasida «xalqaro hu
quqning um um e’tirof etilgan prinsiplariga sodiqligini» e ’lon qilgan edi.
Deklaratsiyada suverenitet va inson huquqlari munosabatlarining qu
yidagi muhim jihati aks ettirilgan: davlat suvereniteti oliy maqsadlar —
inson huquqlari va erkinliklarini ta ’minlash yo'lida xizmat qiladi.
1 Karimov I.A. Hozirgi bosqichda dem okratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim
vazifalari. — Т., 1996. — 3-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuningdek, 1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O'zbekiston xalqi:
«xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan
holda» mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd etilgan. Bu so‘zlaming
zamirida ijtimoiy taraqqiyotga tamomila yangicha yondashuv, insoniyat
hayotini saqlab qolish uchun kurashga bel bog‘lashga mas’ul hamjamiyat
— jahon hamjamiyati bilan uzviy aloqa bog'lash g‘oyasi yotadi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida uning negiziga xalqaro huquq qoi
dalari ko‘rsatgan ijobiy ta ’sir yaqqol aks etib turibdi, ya’ni inson va
fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari xalqaro huquq
ning um um e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq hamda
m azkur Konstitutsiyaga binoan e ’tiro f etiladi va kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning M uqaddimasida xalqaro huquqning um um e’tirof
etilgan qoidalari milliy qonunlardan ustunligining tan olinishi belgilab
qo'yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyada, xalqaro huquq bilan davlatimiz
huquq tizimining o'zaro aloqalari belgilangan. Jum ladan, O'zbekiston
qonun normalari bilan xalqaro shartnoma qoidalari o'rtasida tafovut
mavjud boMgan hollarda xalqaro shartnom a qoidalarining ustuvor
qo'IIanilishi ko‘zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatimiz o'zini
jahon hamjamiyati oldida xalqaro huquqning um um e’tirof etilgan prin
siplari va normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada e ’lon qilgan.
Bu esa O'zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to'laqonli
a ’zo sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo miqyosida um u
miy diplomatik tan olinishiga, ikki tom onlam a va ko'p tom onlam a siyo
siy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy aloqalar o'rnatishiga ham da musta
qil tashqi siyosatini amalga oshirishiga imkon berdi.
O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati jahon hamjamiyati teng
huquqli a’zosining, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda XXI asr huqu
qiy tartibotini yaratayotgan suveren davlatning mustaqil siyosatidir.
O 'zbekiston umumbashariy, Yevropa va Markaziy Osiyo miqyosidagi
yangi xalqaro-huquqiy tartibotni qurishda faol ishtirok etmoqda.
Istiqlol yillari davomida O'zbekiston Respublikasi o'zining siyosiy,
iqtisodiy, boy madaniy va m a’naviy salohiyatiga tayangan holda xalqaro
siyosatning mustaqil va obro'li omiliga aylandi. 2004-yilning boshiga
kelib 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligini 131 davlat tan oldi, ulaming
113 tasi bilan diplomatik munosabatlar o'm atildi. Toshkentda 44 dav
latning elchixonalari hamda 20 ta yirik xalqaro tashkilot vakolatxona-
lari faoliyat ko'rsatmoqda. 0 ‘z navbatida, O'zbekiston xorijiy m am
lakatlarda o'zining 40 ta vakolatxonasini (jumladan 28 tasi elchixona)
ochdi. Bugun O'zbekiston 53 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to'laqonli
a ’zosi bo'lib, ularning faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Shunday qilib,
XXI asrda O'zbekiston xalqaro va mintaqaviy siyosatning peshqadam
markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha zaminga egadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IK K IN C H I MAVZU.
XALQARO H U Q U Q NAZARIYASI,
FANI VA AM ALIYOTI B IR L IG I
Do'stlaringiz bilan baham: |