Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Odat  —  xalqaro  huquq  manbai



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Odat  —  xalqaro  huquq  manbai.
Odat  BMT Xalqaro sudi  statutining  38-moddasida «huquqiy  norma 
sifatida  qabul  qilingan  umumiy  amaliyot»ning  dalili,  deb  belgilangan. 
B unda  ikkita  xususiyatini  —  um um   qabul  qilingan  xulq -atv orni, 
shuningdek,  uning  yuridik  norm a  (opinio  juris)  sifatida  tan  olinganini 
ko'rish  mumkin.
Xalqaro  odat  normasi  —  ko'p  yillar  davomida  hamma  tom onidan 
qo'llanib  kelinayotgan  yurish-turish  qoidalaridir.  Xalqaro odatning  uch 
asosiy  xususiyati  mavjud:
birinchisi,  xalqaro  odat  normalari  uzoq vaqt  davomida qo'llanilgan;
ikkinchisi,  xalqaro  odat  normalari  xalqaro  huquq  subyektlari  to m o ­
nidan  tan  olingan;
uchinchisi,  xalqaro  odat  normalari  huquqiy  majburiyligi  tan  olingan.
Hozirgi  zamon  xalqaro  huquqida  odat  normalarining  ikkita  turi 
mavjud.
Birinchisi,  a n ’anaviy,  am alda  yozma  holda  bo'lmagan,  biroq  yu­
ridik  kuchi  tan  olingan  odatdagi  qoidalardan  iborat.
Ikkinchisi  —  xalqaro  odatning  yangi  turi  bo'lib,  uning  tarkibiga 
uzoq  m uddatli  amaliyot  davomida yaratiladigan  emas,  balki  bir nechta, 
hatto  bitta  hujjatda  mavjud  bo'lgan  va  qoida  sifatida  tan  olingan  nor­
m alar  kiradi.
Ikkinchi  turga  m ansub  n o rm a lar  avval  sh artno m alarda  yoxud 
xalqaro  kengashlar va tashkilotlar qarorlari  kabi  nohuquqiy  hujjatlarda
www.ziyouz.com kutubxonasi


shakllanadi,  keyinchalik  esa  ularning  um um iy  xalqaro  huquq  n o rm a­
lari  degan  m aqom i  e ’tiro f etiladi.  Yuridik jihatdan  bu  norm alar  odat 
sifatida  mavjud  b o ‘lsa-da,  tegishli  hujjatlar  ular  m ohiyatining  dalili 
bo‘lib  xizmat  qiladi.
Xalqaro  tashkilotlar  aktlari  odatlarga  yangi  kuch  bag‘ishladi.  Ana 
shu  aktlar  ko‘magida  odat  normalari  shakllanadi,  qayd  qilinadi,  talqin 
etiladi,  hayotda qo'llaniladi.  Ular tufayli  odatning qator an ’anaviy nuq- 
sonlarini  bartaraf etishga  muvaffaq  bo'lindi.  Endilikda  odat  anchagina 
tez,  puxta  va  pishiq  shakllarda  yaratiladigan  bo'ldi,  uning  m azm uni 
ham  ham m a  uchun  tushunarli  tus  oldi.  Xalqaro  tashkilotlar  rezolyutsi- 
yalari odatning amaldagi tasdig'ini topishida ko'maklashadi, uning m az- 
m un-m ohiyatini  yangi  shart-sharoitga  shunday  moslashtiradiki,  nati- 
jada  odatning  hayot  bilan  bog'liqligi  m ustahkamlanib  boradi.
Odatning shakllanish jarayonini anglash uchun  ikkita asosiy tushun- 
chani  aniqlashtirib  olish  kerak:
birinchidan,  amaliyotni;
ikkinchidan,  yuridik  kuch  (opinio juris)  sifatida  e ’tirof etilishini.
Amaliyot  subyektlar,  ular  organlarining  harakatini  yoxud  harakat- 
dan  tiyilishini anglatadi.  Amaliyot yetarlicha aniq,  bir xil  bo'lishi  kerak­
ki,  toki  undan  umumiy  qoida  chiqarish  mumkin  bo'lsin.  Odatni  belgi- 
lashda subyektlar pozitsiyasi,  nuqtayi nazari yetarlicha aniq-ravshan  ifoda 
etilgan  amaliyot shakllari  (bayonot,  nota,  kommyunike,  xalqaro tashki­
lotlar  rezolyutsiyalari)  tobora  katta  ahamiyat  kasb  etayotir.
Amaliyotning davomiyligi  odatni  tan  olishda hech  qachon  hal  etuv­
chi  ahamiyat  kasb  etmagan.  Ko'p  narsa  aniq  shart-sharoitga  bog'liq 
bo'ladi.  Keskin  o'zgarishlar  yuz  bergan  va  paysalga  solmay  hal  etishni 
taqozo  qiluvchi  yangi  m uammolar  paydo  bo'lgan  paytlarda  odat  nor­
masi  yagona  pretsedent,  hodisa  natijasida  ham  shakllanishi  mumkin.
Ilk  Yer  sun’iy  yo'ldoshining  uchirilishi  va  bunga  nisbatan  davlat- 
larning  sukut  saqlashi  chet  davlatlar  hududlari  ustidan  fazoda  (kosmos- 
da)  bezarar  parvoz  etish  huquqi  to'g'risida  odat  normasining  paydo 
bo'lishiga  olib  keldi.  Natijada  amaliyot  va  opinio juris  munosabatlarida 
o'zgarish  yuz berdi.  Agar  ilgari  ulardan  birinchisi  muhim  mavqe  egallab 
turgan  bo'lsa,  endilikda  bu  mavqega  ikkinchisi  egalik  qila  boshladi. 
Xalqaro  huquqning  umumiy  normalarini  shakllantirishda  protest  (no- 
rozilik)  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Protest  bildirilmadimi,  demak, 
davlat  yangi  odat  normasiga  rozi.
Xalqaro-huquqiy  amaliyotda xalqaro  shartnom alar eng  aniq  va  n u ­
fuzli  dalil  sifatida  xizmat  qiladi.  Kodifikatsiyalash  odat  huquqini  siqib 
chiqarish va shartnom a  huquqi bilan almashtirishga olib kelmaydi.  Odat 
normasi  kodifikatsiya  konvensiyasiga  kiritilganidan  keyin  ham   o'zining 
awalgi  shaklida  mavjud  bo'lib  qolaveradi.  Bunday  hollarda  m azmunan
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir-biriga  muvofiq  ikkita  norma  —  shartnoma  va  odat  normalarining 
yonm a-yon  mavjud  bo'lishi  va  amal  qilishini  kuzatish  mumkin.
Amaliyotni  belgilash,  odat  normalarini  shakllantirish borasida  BMT 
Xalqaro  sudi  alohida  o 'rin   tutadi.  Davlatlar  sudlarining  xalqaro  huquq 
normalarini  qo'llashdagi  mavqei  ham  o'sib  bormoqda.  U lar  faoliyati­
ning  natijasi  o'laroq,  amaliyot  odat  normalarining  dalili  sifatida tobora 
katta  ahamiyatga  ega  bo'lib  bormoqda.
Jami xalqaro-huquqiy tizimlaming o'zagi  hisoblangan va ta ’sir doirasi 
barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni qamrab olgan umumiy xalqaro 
huquq  odat  norm alaridan  iboratdir.
Shuningdek,  partikulyar,  ya’ni  ayricha odat  ham  mavjudki,  u  chek- 
langan  doiradagi  davlatlarning  alohida  m anfaatlarini  ifodalaydi.  Shu 
bois  bunday  xalqaro-huquqiy  odatning  shakllanishi  barcha  m anfaatdor 
davlatlarning  roziligini  taqozo  etadi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida xalqaro-huquqiy odat deganda,  xalqaro 
amaliyotda  shakllanib  ulgurgan  va  xalqaro  huquq  subyektlari  to m o n i­
dan  yuridik  majburiy ekanligi tan olingan yurish-turish  qoidasi tushuni­
ladi.  Xalqaro  odat  aynan  davlatlar  amaliyoti  natijasida  tashkil  topadi, 
bunda  u  huquqiy  norm a  sifatida  tan  olinishi  orqali  xalqaro-huquqiy 
odat  normasi,  degan  mazmun  kasb  etadi.  Bunday  norm a  xalqaro  odat 
shaklida  o'zining  tashqi  ifodasiga ega  bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy normalar yaratishning shartnomaviy shaklidan farqli 
o'laroq,  xalqaro-huquqiy odat tegishli  qoidalar shakliga mos  holda aniq 
ifoda  etilgan  yuridik  hujjat  sifatida  namoyon  bo'lm aydi.  U  xalqaro  hu ­
quqning barcha yoki  ayrim  subyektlari o'rtasida takrorlanadigan xalqaro 
harakatlar  samarasi  o'laroq,  yuzaga  keladi  va  aniq  shaklga  ega  nor- 
m adan  ko'ra  muayyan  xulq  timsolida  ko'proq  namoyon  bo'ladi.  Bu­
ning  natijasida  davlatlarning ziddiyatli  va  m untazam   o'zgarib  turadigan 
amaliyotida  xalqaro  odat  huquqi  normalarini  bo'laklarga  ajratish  aksar 
hollarda  o 'ta  qiyinchilik  bilan  kechadi.
Xalqaro-huquqiy odatga xos jihatlarga uning uzoq muddat qo'llanishi 
va  xalqaro  m unosabatlar  ishtirokchilari  uchun  yuridik  majburiy  kuchga 
egaligiga  nisbatan  ishonch  mavjudligi  kiradi.  Bunda  xalqaro huquq sub­
yektlari  amaliyotining  uzoq  muddatliligi  nisbiy  ahamiyat  kasb  etadi. 
Hozirgi  zam on  xalqaro  munosabatlarida  odat  normalarini  (masalan, 
xalqaro kosmik huquq)  qisqa muddat oralig'ida yaratish tajribasi  mavjud.
Xalqaro-huquqiy  odat  xalqaro  huquq  manbayi  sifatida  tan  olinishi 
nuqtayi nazaridan  universal  (umumiy)  yoki cheklangan doiradagi xalqaro 
m unosabatlarda  tan  olinishi  nuqtayi  nazaridan  partikulyar  (mintaqaviy 
yoxud  mahalliy)  bo'lishi  mumkin.  Oxirgi  holatda xalqaro-huquqiy odat 
xalqaro  huquqning  um um e’tirof  etilgan  prinsiplariga  (jus  cogens)  zid 
kelmasligi  kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi zamon xalqaro huquqida odat  normalarining ikki turi mavjud. 
Birinchisi a n ’anaviy bo'lib,  amaliyotda yozilmagan  qoida sifatida shakl- 
langan  va  yuridik  kuchga  egaligi  tan  olinadi.  Ikkinchisi  —  yangi  tur, 
unga  uzoq  muddatli  amaliyot  chog'ida  yaratiladigan  emas,  balki  bir 
necha  yoki  bitta  hujjatdagi  qoidalarni  xuddi  shu  m azm unda  tan  olish 
orqali  yuzaga  keladigan  normalardir.  Xalqaro  odatlar birinchi  navbatda 
davlatlar amaliyotida yaratiladi.  Odat  normalarining yaratilishida hozirgi 
davrda  xalqaro  tashkilotlar qarorlari  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Xalqaro 
tashkilotlar  o 'z  faoliyati  jarayonida  odat  norm alari  yaratilishi  uchun 
ham   ko'm aklashishi  mumkin.  Bunga  misol  sifatida  BM T  Xavfsizlik 
kengashi  doimiy  a ’zolarining  ovoz  berishdan  tiyilib  turish  amaliyotini 
aytsak  bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy  odatni  xalqaro-huquqiy  odatiylikdan  farqlash  lo­
zim.  Xalqaro  huquq  nazariyasida  odatiylik  deganda,  davlatlarning  yu­
ridik  majburiy  kuchga  ega  bo'lmagan  um umiy  amaliyoti  tushuniladi. 
Odatiylik  asosan  ayni  shu jihati  bilan  xalqaro-huquqiy  odatdan  farqla­
nadi.  Xalqaro takalluf ko'rsatish normalari  ham odatiylikka kiradi.  Elchi- 
lik  va  dengiz  tantanali  marosimlari  (xususan,  davlat  rahbari  yoki  huku- 
mat  boshlig'ini  kutib  olish  tantanali  marosimi;  ochiq  dengizda  kema- 
lam ing  o'zaro  mushakbozligi)  odatiylikka  yana  bir  misoldir.  Odatiylik 
xalqaro  huquq  normasi  sifatida  namoyon  bo'lishi  mumkin  (ya’ni,  bar­
cha  xalqaro  muomala  ishtirokchilari  uchun  yuridik  majburiylik  kuchiga 
ega  xulq  qoidasi  sifatida  namoyon  bo'lishi  m umkin).  Buning  uchun 
odatiylik  xalqaro-huquqiy  odatga  yoki  huquqning  shartnomaviy  nor- 
masiga  aylanishi  kerak  bo'ladi.
T a ’kidlash  joizki,  hozirgi  zamon  xalqaro  huquqi  aslida  ko'p  jihat­
dan shartnoma huquqi hisoblansa-da, xalqaro-huquqiy odat baribir uning 
xalqaro  huquq  manbayi  sifatidagi  ahamiyatini  saqlab  qolmoqda.  Hozir­
gi zam on xalqaro munosabatlarida shartnoma va odat huquqlari o'rtasida 
o'zaro  bog'liqlik  kuzatiladi.
Odat  normalari  o'zlarining  xalqaro  shartnom alarda  mustahkamlab 
qo'yilishi  orqali  shartnoma  huquqi  normalariga  aylanadi.  Bunda  ular 
ko'pincha  shartnomaviy  yo'l  bilan  bekor  qilinadi,  o'zgartiriladi  yoki 
rivojlantiriladi  (masalan, xalqaro huquqni kodifikatsiyalash va ilg'or rivoj- 
lantirishga  doir  xalqaro  shartnomalarda).  Bundan  tashqari,  shartnoma 
normasi,  agar u hamma tomonidan e ’tirof etilib,  odat  huquqining umum 
tan  olingan  normasiga  aylansa,  tegishli  shartnom ada  ishtirok  etmayot- 
gan  davlatlar uchun  ham  odat  sifatida  nam oyon  bo'lishi  mumkin.  Ma­
salan,  1968-yildagi  Yadroviy  qurollarni  tarqatm aslik to'g'risidagi  shart­
nom ada hozircha dunyoning barcha davlatlari  ishtirok etmayapti,  ammo 
uning  aynan  barcha  davlatlar  uchun  majburiy  norm alar  sifatidagi  qoi­
dalarini  tan  olish  tobora  kengroq  tasdig'ini  topm oqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi  zamon  xalqaro  huquqi  va  xalqaro  m unosabatlar  amaliyoti 
tahlilidan  xulosa qilish  mumkinki,  ayni bir masala yuzasidan shartnom a 
normalari  bilan  birga  odat  normalari  ham  amal  qilishi  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish