SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 191
HOZIRGI ZAMON O`ZBEKISTON TASVIRIY SAN`ATI RAVNAQI
K. S. Niyazov
Surayyo Ro’zmetova
UrDU “TSvaMG”kafedrasi katta
o`qituvchisi
UrDU “Dastgohli rangtasvir” yo’nalishi 3-
bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Mustaqillik davrining o’ziga xos jixatlari xaqida umumiy ma’lumot.
Mustakillik
davrida vujudga kelgan O’zbekiston tasviriy va madaniy hayotidagi o’zgarishlar.
O’zbekiston Badiiy Akademiyasining taasis etilishi (1997 yil). Me’morchilik va
haykaltaroshlikda kiritilgan yangiliklar. Shu davrning yirik vakillari, ularning hayoti va
ijodi, O’zbekiston san’atiga qo’shgan hissalarini hozirgi zamon O`zbekiston tasviriy
san`ati ravnaqi haqida ma`lumotlar keltirilgan
Kalit so’zlar
: Zamonaviy rangtasvir, Portret,
Natyurmort, Gul va Rayhon
afsonasi, Nido, Baxt qushi, Abadiy va navqiron Hindiston, XXI asr Madonnasi.
O`zbekiston tasviriy dastgoh san`ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga
erishdi. O`zbekiston san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi.
Respublikamiz rassomlari
ko`pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san`atimiz ta`sirchanligining ortib
borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko`pgina
janrlarda ijod qilib
kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning
to`lib toshgan noz-ne`matlarini,
manzara janrida esa, o`lkamizning go`zalligini va
bepoyonligini, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat
qilmoqdalar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib
me`morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko`rsatdilar.
1
Portret
janrida esa
Vatanimizning ilg`or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni
tasvirladilar.
Bizning
O`zbekiston
Vatanimiz
ajoyib
iste`dodli
rassom
va
haykaltaroshlarni yetkazib berdi.
Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov,
Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro`ziboyev,
Ilhom Jabborov, Javlon
Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne`mat Hakimov,
Osimxon Vosixonov, Temur Sa`dullayev, G`ofur Abdurahmonovlar
alohida mavqega
ega. O`zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangtasvir ustasi xalqimiz an`analariga,
boy va sermazmun o`tmish tasviriy san`at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o`z
xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat
bag`rida o`zbekona an`analarni, to`ylarni, beg`ubor o`zbek bolalarini,
lobar qizlarni,
mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi
2
. Jumladan,
“Toshkent - tinchlik va do`stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila
1
Abdullaev N.U. “San’at tarixi” elektron o’quv qo’llanma 2005.
2
Н.Ойдинов. Аждодларимиз санъати ва эътиқоди. Тошкент.” Ўқитувчи” 1992 й.