Didaktik vositalar va mashq materiallarini tayyorlash.
pog’ona metodi ko’p va katta tayyorgarliklar ko’rishni talab qilmaydi, ya’ni juda oz vositalar bilan ham ishlash mumkin. Didaktik vositalar va mashq materiallari sifatida odatda, asl (original) ish xujjatlari ishlatiladi masalan, texnik chizmalar yoki biror elektr sxema, ish bosqichlari va izohlar ko’rsatilgan jadval shaklidagi ish rejasi hamda nazorat varag’i, unda o’quvchining natijalari yozib boriladi.
Bunda ushbu chizmalar va boshqa xujjatlarni stellofan paket, plyonkaga chiqarilmaydigan qilib solib qo’ygan yaxshi va talabalarga ko’rish uchun berish kerak. Ish rejasini esa shaxsiy mehnat vositasi sifatida har bir o’quvchi o’zi to’ldirishi kerak. Bu maqsadda amaliyot o’qituvchisi tegishli shaklni tayyorlaydi va o’quvchilarga to’ldirish uchun tarqatadi.
Nazorat yoki baholash varag’i ham tegishli shaklda bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi natijalarning isboti sifatida mashqlar tugaganidan keyin o’zida saqlab qoladi. Qo’shimcha ravishda talabalarga tarqatma didaktik materiallar (kartochka-topshiriqlar) berilishi mumkin. Tarqatma materiallar darsliklar, maxsus adabiyotlar yoki ekspluatastiya bo’yicha yo’riqnomalardan olingan qisqa ma’lumotlar (ko’chirmalar) bo’lishi mumkin.
Mashq materiallari deb amaliy mashqlarni bajarish uchun kerak xom ashyolar, sarflanadigan materiallar va yordamchi materiallarni aytiladi. Ular kasb-hunarni o’rgatishga bevosita bog’liq bo’lib, ta’lim beruvchi korxona (firma)ning mahsulotlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kerakli mashq materiallarini amaliyot o’qituvchisi odatda, bir yil oldindan rejalashtiradi. Ularni hisoblashda quyidagi ma’lumotlarga asoslaniladi:
bir yilda ta’lim oladigan talabalar soni, bir yilda o’tkaziladigan mashqlar soni va buning uchun kerakli xom ashyo sarfi va yordamchi materiallar miqdori.
Juda oddiy misol: Egovlash mashqlari uchun 40mm * 40mm * 100mm hajmidagi to’rt qirrali pulat ko’zda tutilgan. Yil davomida taxminan 30 o’quvchi shu mashqni bajaradilar. Demak, bu yil uchun 3 metr pulat kerak bo’ladi (30 kishi x 100 mm). Bunday rejalarni tuzish uchun amaliyot o’qituvchisi shunday xujjatni ishlab chiqishi kerakki, unda quyidagi indikatorlar (ma’lumotlar) bo’lishi kerak:
barcha kurslar davomida o’tkaziladigan mashqlar ro’yxati
(nomi va soni);
biror texnik chizma mavjudligi ;
bu mashqlar bo’yicha xom ashyo hajmlari ko’rsatkichlari (har bir mahsulotning tayyor hajmi hamda tayyorlash jarayonidagi chiqindilar);
zarur bo’ladigan asboblar, tekshirish va o’lchash asboblari, yordamchi vositalar, boshqa kerakli asbob-uskunalar to’g’risida ma’lumotlar;
ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash uchun taxminanqancha vaqt talab qilinishi to’g’risida ma’lumotlar.
Rejalashtirishda e’tibor berish kerak bo’lgan keyingi narsa – bu asboblarning eyilishi. Buni inobatga olish lozim, chunki amaliyot o’qituvchisi qachon va qancha miqdordagi asboblarni almashtirish kerak bo’lishini bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |