Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda


Ushbu yondashuv keyslarni asosiy manbalari bo’yicha tasniflashga asos bo’lishi mumkin



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana25.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#703870
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
Interfaol ta’lim metodlari

Ushbu yondashuv keyslarni asosiy manbalari bo’yicha tasniflashga asos bo’lishi mumkin. 
Bu erda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

hayotiy keyslar 

mutlaqo real hayotiy vaziyatlarni aks ettiradi

kabinetdagi keyslar 

keysolog modellashtirgan amaliy vaziyatni o’z ichiga oladi;

ilmiy-tadqiqotchilik keyslari 

tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishga yo’naltirilgan.
Hayotiy keysning asosiy vazifasi hayotiy vaziyatni batafsil va to’liq aks ettirishdan iborat. O’z 
mohiyatiga ko’ra, bunday keys vaziyatning amaliy, ya’ni «harakatdagi» modelini yaratadi. Bunda 
bunday keysning o’quv maqsadi ta’lim oluvchilar treningi, ushbu vaziyatdagi bilimlar, qobiliyatlar 
va fe’l-atvor (qarorlar qabul qilish) ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Bunday 
keyslar maksimal ko’rgazmali va batafsil bo’lishi kerak. Ularning asosiy mazmuni hayotni bilish 
va optimal faoliyatga doir qobiliyatlarni hosil qilishdir. 
Garchi har bir keys ta’lim beruvchi funkstiyani bajarsa-da, lekin ularning barcha qirralarining turli 
keyslarda aks etishi darajasi turlichadir. Ko’proq ta’lim beruvchi funkstiyani bajaradigan, hayotni 
biroz boshqacharoq aks etgiradigan keys 
kabinetdagi keys
deyiladi. 
Birinchidan, u hayotda ko’proq uchraydigan va mutaxassis o’zining kasbiy faoliyatida duch 
keladigan tipovoy vaziyatlarni aks ettiradi. Ikkinchidan, ta’lim beruvchi keysda o’quv topshiriqlari 
birinchi o’rinda turadiki, bu unda aks etadigan hayotning ancha shartlilik elementiga ega bo’lishini 
oldindan belgilaydi. Bu erdagi vaziyat, muammo va syujet hayotda bo’ladigani kabi tus kasb etadi. 
Ular sun’iyligi bilan tavsiflanadi va eng muhim va haqiqiy hayotiy detallar konglomeratidan iborat 
bo’ladi. Bunday keys vaziyatlardagi tipiklikni ko’rishga imkon beradi va ta’lim oluvchida 
vaziyatni amaliyotdagi shunga o’xshagan variantni qo’llash orqali tahlil qilish qobiliyatini 
shakllantirib boradi. 
Ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun ham shunday xususiyatlar xosdir. Uning asosiy mazmuni 
shundaki, u vaziyat va undagi fe’l- atvor haqidagi yangi bilimni olish uchun model bo’lib xizmat 
qiladi. Uning ta’lim beruvchi funkstiyasi modellashtirish uslubini qo’llash orqali ilmiy 
tadqiqotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu keys tadqiqotchilik modelini yaratish 
tamoyillari bo’yicha quriladi. Shuning uchun uni ko’proq magistraturada, mutaxassislarni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi ta’limda qo’llash ma’kuldir. 
Bunday keysda tadqiqotchilik funkstiyasining ustunlik qilishi uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida 
ancha samarali qo’llashga imkon beradi. 


27 
Keysning yuqorida ajratib ko’rsatilgan manbalarinn asosiy, bazaviy yoki birlamchi manbalar deb 
atash lozim, chunki ular keyslarga ta’sir ko’rsatishning eng mohiyatli omillarini belgilaydi. 
Keyslarni shakllantirishning ikkilamchi manbalarini ham ajratib ko’rsatiladi. Ular bazaviy 
manbalardan hosil bo’ladigan tusga egadir. Quyida ularga to’xtalamiz. 
1.
Xorijiy tajribalardan ko’rinib turganidek, mahsulo
tlari tinglovchilar uchun muayyan shaxsiy 
ahamiyat kasb etadigan korxonalar faoliyati ko’rib chiqilgan ida yoki axborot «mahalliy» 
materialga asoslanganida keyslar muhokamasi ancha mazmunli va qiziqarli kechadi. Lekin bu 
keyslarda faqat mamlakatdagi korxonalar tajribasi yoritilishi kerakligini bildirmaydi. Bunda u yoki 
boshqa sifati bilan milliy bozorda mavjud bo’ladigan korxonalar va tovarlar yoki xizmatlar nazarda 
tutilayapti. 
Agar tinglovchilar keyslarda bayon qilingan hodisalar bilan bog’liq bo’lgan muhit va sohani 
yaxshi bilsalar, ular o’zlarini ancha ishonchliroq his etadilar. Ularning, masalan, amerikalik yoki 
boshqa xorijiy iste’molchilar fe’l-atvori va motivlarini muhokama qilishi ancha qiyin kechadi. 
O’qituvchi ham o’zi sub’ektini yaxshi biladigan keys muhokamasiga mohirona rahbarlik qiladi. 
Har qanday holda ham bunday keyslar muhokamasida korxona — keys ob’ekti vakilini taklif 
qilishdek noyob imkoniyat mavjud bo’ladi. 
2.
Statistik materialpar, bozor ahvoli haqidagi ma’lumotlar, korxonaning
ijtimoiy-iqtisodiy 
tavsifnomalari va shu kabilar keysga ilmiylik va oddiylik baxsh etadi. Bunda mazkur materiallar 
vaziyatni tashxis qilish vositasi rolini bajarishi, vaziyatni tushunish uchun juda muhim bo’lgan 
ko’rsatkichlar hisob
-kitobi uchun axborot vazifa
sini o’tashi mumkin.
Statistik materiallardan foydalanishda tinglovchi bu materiallarni idrok etishi, quyidagi kabi bir 
nechta savollarga javob berishi kerak: «Ushbu materiallar vaziyatni tavsiflashda qanday rol 
o’ynaydi?», «Materiallarning o’zidagi qaysi narsalar vaziyatni bevosita tavsiflaydi?», «Bunday 
tavsifnomalar qanday hisoblab chiqiladi yoki ajratib ko’rsatiladi?» va hokazo. 
Statistik materiallar keys matnida yoki ilovada joylashtiriladi. Ilmiy manbalar, publististika va 
badiiy adabiyot asarlari -bular ham keysni yozish uchun yana bir manbadir. U yoki boshqa 
muammoga bag’ishlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va ilmiy hisobotlarni tahlil etish orqali 
ham keys uchun yaxshi materiallarni olish mumkin. Yaxshi ilmiy maqola odatda, kandaydir 
masalani teran tushuntirishi bilan tavsiflansa, ilmiy monografiya tadqiqot predmetining bir tizimli, 
har yumonlama tavsifnomasini beradi. Ilmiy hisobotning o’ziga xos xususiyati esa, materialning 
dolzarbligi va yangiligidadir. Bunday fan mahsulotlari har doim ham vaziyatni bayon 
qilavermaydi va izohlab bermaydi. Shuning uchun ularni keysolog vaziyat nuqtai nazaridan 
maxsus mushohadadan o’tkazishi kerak bo’ladi. 
Eng qiziqarli ilmiy maqolalar keys-stadi metodida ikkita funkstiyani bajarishi mumkin. Birinchisi 
shundan iboratki, ilmiy maqolalar va ularning qismlari ularni matnga kiritish orqali keyslarning 
tarkibiy qismiga aylanishi mumkin, ikkinchysi shundaki, ular keysni tushunish uchun zarur 
adabiyotlar ruyxatiga kushilishi mumkin. 
Agar ilmiy manbalar keysga kat’iylik va oddiylik bersa, unda publististika va badiiy adabiyot 
asarlari emostional to’liqlik va predmetli izohlilikni yaratadi. 
3.
Internet va uning resurslari 

keyslar uchun tuganmas material manbaidir. Ushbu manba keng 
miqyosliligi, tezkorligi, qulayligi bilan ajralib turadi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish