Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan tuproqning unumdorligini va ekinlarning hosildorligini azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlarsiz oshirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi


Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish xomashyolari



Download 1,15 Mb.
bet4/10
Sana13.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#788638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
normurodova h pechatga

Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish xomashyolari

10:34:0 turidagi suyuq azotli o’g’itlar olish uchun superfosfat kislota, ammiak va suv asosiy boshlang‘ich komponentlar hisoblanadi.


Superfosfat kislota alohida individual kimyoviy birikma hisoblanmaydi. Fosfat kislotalar aralashmasi shunday mahsulot nomi bilan yuritilishi mumkin. Uning tarkibiga ortofosfat kislota H3PO4 hamda tarkibida ikki va undan ortiq fosfor atomlari tutgan bir qator polifosfat kislotalar kiradi. Polifosfat kislotalari pirofosfat kislota H4P2O7, shuningdek oz miqdordagi tripolifosfat kislotasi H5P3O10 dan iborat bo‘ladi. Suyuq azotli o’g’itlardagi kabi SFKda ham polifosfatlar ulushi konversiya darajasi kattaligi bilan aniqlanadi.
Asosiy komponentlardan tashqari SFK tarkibida uni olish jarayonida fosfatli xomashyodan kislotaga o‘tadigan temir, aluminiy, magniy, ftor, kalsiy kabilar bo‘ladi. Apatit konsentratidan olingan SFK tarkibida Florida fosforitlaridan olingan SFKga nisbatan qo‘shimchalar kam bo‘ladi.
Superfosfat kislota qiyom ko‘rinishidagi qovushqoq suyuqlikdir. SFKning ayrim fizik xossalari 5.2-jadvalda keltirilgan.
Fosforitlardan olingan SFKda ko‘p miqdordagi qo‘shimchalar bo‘lishi uning qovushqoqligini oshiradi, organik qo‘shimchalar esa elementar uglerod (qurum) hisobiga kislotaning qora rangda bo‘lishiga olib keladi
Yuqori darajada qovushqoqligi sababli SFKni saqlash va tashish 50-60OC haroratda amalga oshiriladi.
Kislotani tashish uchun maxsus sakkiz asosli 120 t sig‘imli temiryo‘l sisternalari ishlatiladi. Sisternalar ichki qismi butilkauchuk bilan himoyalangan uglerodli po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. SFK cho‘kishi oldini olish uchun sisternalar penopoliuretandan iborat issiqlik himoyasi bilan muhofazalanadi. Har bir sisterna ichki qismida bug‘ o‘tkazish aylanma quvurlari (zmevik) joylashtiriladi, ular kerak bo‘lganda kislotani qizdirish uchun xizmat qiladi.
Superfosfat kislota ishlab chiqarish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
− tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali qayta ishlash yo‘li bilan P2O5 massa ulushi 28-40% bo‘lgan ekstraksion fosfat kislota (EFK) olish;
− vakuum-bug‘latgich jihozlarida EFKdagi P2O5 massa ulushi 52-54% gacha bug‘latish, agar lozim bo‘lsa, kislotadan magniy birikmalari, shuningdek erimaydigan qo‘shimchalarni ajratish;
− P2O5 massa ulushi 68-72% gacha EFKni keyingi konsentrlash.
Konsentrlash 240-260OC haroratda vakuum-bug‘latgich jihozida ham, 300-350OC haroratda kislotadan yoqilg‘i gazlarini o‘tkazish orqali barbotaj turidagi jihozda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda fosfat kislotadan faqatgina erkin suvgina (erituvchigina) bug‘lanib qolmasdan, kimyoviy bog‘langan suv yo‘qotiladi. Konsentrlash jarayoni bilan bir vaqtda ortofosfat kislotadan bitta yoki bir necha molekula suvning ajralish kimyoviy reaksiyasi – degidratatsiya sodir bo‘ladi va polifosfat kislota hosil qiladi:
2H3PO4 → H4P2O7 + H2O
3H3PO4 → H5P3O10 + 2H2O
Bu jarayonni sxema tarzida quyidagicha ifodalanishi mumkin:
SFK olish jarayoni yetarli darajada murakkab va ko‘p energiya talab etadi. Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 85% gacha ulushi SFK xarajatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammiak. Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda suyuq ammiak ishlatiladi. Ishlatiladigan ammiak sifati quyidagi talablarga javob berishi kerak (B markali):
Massa ulushi, % hisobida:
ammiak ............................................................................... ≥ 99,6
namlik ................................................................................ ≤ 0,4
Miqdori, mg/l hisobida:
moy .................................................................................... ≤ 8
temir ................................................................................... ≤ 2
suyuq azotli o’g’itlarolish jarayoni davomida suyuq ammiak bug‘lanadi va SFK bilan ta’sirlashishga gaz holatdagi ammiak yuboriladi. 1 kg suyuq ammiak bug‘langanda 1300 l gaz holatidagi ammiak NH3 hosil bo‘ladi.
Suyuq ammiakning bug‘lanish issiqligi 1200 kj/kg (15OC haroratda). Ammiakning bu xossasidan suyuq ammiakni bug‘latish uchun olinadigan suyuq azotli o’g’itlarni qisman sovutishni amalga oshirishdagi texnologik jarayonlarda foydalaniladi.
Bugungi kunda deyarli barcha suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarida texnik suv ishlatilmoqda.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish