“Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy
ravishda jalb etish.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish,
ro‘yxatga olish va ularning vaqtinchalik joylashtirilishida ishtirok etish.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Respublika aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar
sharoitlarida yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan tadbirlarini tashkil
etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek,
ko‘mirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, kayta ishlash, tashish, saklash obyektlari
(qurilmalari)ni montaj kilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat
qilish.
Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tegishli bo‘lgan
atom energetik reaktorlar, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni
hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash,
ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuch-vositalarining harakat qilishga
shayligini ta’minlash, shuningdek, ta’sir ko‘rsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf
etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish,
tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini
oshirish.
Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlari hamda mutasaddi
xizmatlarga taqdim etib borish.
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yirik
gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarida hamda ularga
yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish.
Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda tarmoq
obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdi ishtirok etishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga
kelishi xavfi yoki sodir bo‘lganligi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar
chog‘ida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan
ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va
respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil
etish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Energetika xizmati;
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash xizmati;
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat
qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: