Nazorat savollari
1. Opеratsion tizim haqida ma'lumot bеring.
2. MS DOS opеratsion tizimining tarkibiy qismlarini ayting.
3. MS DOS opеratsion tizimining asosiy buyruqlari va ularning vazifalarini sharhlang.
4. BIOS dеganda nimani tushunasiz?
5. MS DOS opеratsion tizimining boshlang’ich yuklanishini tushuntiring.
7-BOB. WINDOWS XP OPERATSION TIZIMI
Hozirgi vaqtda Windowsning turli versiyalari mavjud va olimlar uning yangi tobora mukammal versiyalari ustida ish olib bormoqdalar. Windows operatsion tizimi foydalanuvchiga kompyuterni ishga sozlash imkonini yaratadi, internetga ulanish, disklar bilan ishlashni amalga oshiradi.
Windowsning XP versiyasi joriy etilishi bilan Windowsda ishlash yanada osonlashdi. Bu versiya kompyuter qurilamalarini o’zi axtarib topib kerakli drayverni o’rnatadi. Kinofilmlar ko’rish uchun qulay muhitni yaratdi. Shuningdek, haqiqiy ko’rinishga ega bo’lgan manzarali o’yinlar, ya’ni haqiqatga yaqinlashtirilgan o’yinlar o’ynash imkonini yaratdi. Shu bilan birga, komyuterning texnik ta’minotiga, jumladan hajm jihatdan kattaroq bo’lgan vinchester, operativ va video-hotira, tez ishlovchi protsessorlarga talablar ham oshdi. Bitta kompyuterga bir nechta monitorlar ulab ishlash va USB portlari yani uskuna o’rnatishni osonlashtirdi. Windows XP dasturi raqamli fotoapparat, skaner, telefon apparatlariga ma’lumot yozish imkoniyatlarini yengillashtirdi.
Windows XP o’zining kontrol nuqtasiga qayta olish hususiyati bilan ayrim kamchiliklarni bartaraf eta oladi. Hizmatchi ustasi kompyuter tezligini oshirish bilan samarali ishlash uchun zamin yaratadi. Elektrni boshqarish vositalari esa kompyuterning “uyqu holati” da ushlashiga imkon berish bilan komyuterni o’chirmasdan qoldirish imkonini beradi, nu esa kerak bo’lganda kompyuterni tezda ishga tushirishni ta’minlaydi. FAT 32 fayllar sistemasini ishlatish bilan doimiy diskni samarali ishlatib, joyni tejash imkonini vujudga keltirdi.
Veb sahifasiga ulanish ham osonlashdi va unda ishlash tezlashdi. Veb sahifasidan ko’rish, ko’chirish va foydalanuvchiga yoqqan veb sahifasini ish stolida rasm sifatida foydalanish mumkin.
Windowsning yordamchisidan esa biz turli savollarimizga javob olishimiz yoki Windows bajarishi mumkin bo’lgan ishlar bilan tanishishimiz mumkin.
Zamonaviy kompyuterlarda Windowsning yuqorida zikr etilgan oxirgi versiyalari ishlatilayotganligi sababli, ular asosiy operatsion tizimga aylangan. MS DOS operatsion tizimi va NC qobiq dasturlari hamda ular asosida yaratilgan dasturlarga extiyoj bir oz susaydi. Shu bois ko'pchilik kompyuterlar yuklanishi bilan Windows ХР grafik muhiti (qobiq dasturi) bevosita ishga tushadi. Uning tarkibidagi boshqa dasturlarga murojat etish ПУСК tugmasining «Программы» bandi yordamida amalga oshiriladi.
Windowsdan chiqish y’ani kompyuter ishini yakunlash uchun avval barcha ishga tushgan dasturlar yopiladi so’ngra ПУСК tugmasining Завершение работы bandiga kirib u yerda kompyuterni o’chirish, qaytadan ishga tushirish, MS DOS rejimida ishga tushirish yoki kompyuterning ishlashini vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. “Alt- F4” klavishlarni birgalikda bosib Windowsdan chiqish xam mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan“OK”(HA) tugmasini tanlab javob berish zarur.
Eslatma. Ayrim kompyuterlarda yuklash jarayoni foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilgan bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |