Hozirgi o’zbek adabiy tilida lision,nutq,me’yor munosabati.
Reja:
Kirish
Lison tushunchasi haqida
Nutq tushunchasi
Me'yor tushunchasi
Xulosa
Kirish
Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi. Ushbu o‘quv predmetida o‘zbek tili bus-butun holda emas, balki uning hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ataladigan holati bayon qilinadi. "Hozirgi adabiy o‘zbek tili" predmetining asosiy vazifasi – talabalarni shu tilning qurilishiga mansub hodisalar bilan ilmiy asosda tanishtirish, yuqori malakali filolog bo‘lishi uchun poydevo r hosil qilish.
O‘zbek tili taraqqiyotining ma'lum bir davri ruscha yozilgan asarlarda starouzbekskiy yazık deb nomlanib, bu nom eski o‘zbek tili deb kalka qilingan. Starouzbekskiy yazık atamasi asli rus tilshunosligidagi staroslavyanskiy yazık atamasiga noo‘rin taqlid natijasida yuzaga kelgan: staroslavyanskiy yazık – alohida tilning nomi, starouzbekskiy yazık deb esa o‘zbek tilining oldingi taraqqiyot bosqichi nomlanadi. Umuman, bu atama tarkibidagi eski sifatlovchisi noto‘g‘ri tushunchani ("eskirgan" tushunchasini) uyg‘atadi. Asli o‘zbek tilining bu taraqqiyot bosqichini vaqt o‘lchovini asosga olib "XIII – XIX asrlar adabiy o‘zbek tili" deb atash to‘g‘ri. Hozirgi adabiy o‘zbek tili ham davr o‘tishi bilan kechagi, "eski" til bo‘lib qoladi, lekin uni "eski adabiy o‘zbek tili"ga qo‘shib yuborish mumkin emas. Davr o‘tishi bilan "hozirgi adabiy o‘zbek tili"ni "XX (va undan keyingi) asr adabiy o‘zbek tili" deb nomlash lozim bo‘lib qoladi. XX asrning I choragi asli oldingi adabiy o‘zbek tilidan hozirgi adabiy o‘zbek tiliga o‘tish davri bo‘lgan. Shunga ko‘ra hozirgi adabiy o‘zbek tilining 4 boshlanishini 1929- yildan – yozma adabiy til me'yorlari – imlo qoidalari qabul qilingan vaqtdan boshlab belgilash to‘g‘ri bo‘ladi.
Tilga zo‘rovonlik yoki mashhur lingvistik jinoyatlar: Zo‘rovon siyosat tilda ham o‘zining mash’um izlarini qoldirgan holatlar tarixda ko"p. Ulardan eng mashhuri Buyuk Fransuz inqilobi davriga tegishli. Bu inqilobning muhim merosi, bir tomondan, erkin qomusiy fikrlashga keng yo‘l ochganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tilni zo‘rlik bilan sindirishga ilk urinishlarni amalga oshirganligi. Inqilob hukumati atranaviy oy nomlari, murojaat ifodalaridan voz kechish siyosatini qoilagan. Masalan, rasmiy murojaat uchun sitoyen (“shaharlik”) ifodasini qo‘llash majburiyligi belgilab qo‘yilgan. Rossiya inqilobchilari ham faranglardan qolishmadi. Ularga taqlidan Rossiyada 1917-yilgi Fevral inqilobidan keyin grajdanin so‘zi rasmiy murojaat tusini oldi. So‘ngra tovarish so‘zi ham ommalashtirildi. Eronda Islom inqilobidan keyin birodar so‘zi shunday taqdirga ega bo‘lgan. Bu so‘zlaming barchasi rasmiy bo‘yoqdor bo‘ldi, lekin jonli til xazinasidan joy olrnadi. 0 ‘tgan asrning 60-70 yillarida grajdanin, ortoq so‘zlari o‘z yo'nalishini o'zgartirdi - sobiq sovet rejimi davrida mahbuslar, mahkumlar huquq-tartibot xodimlarini o'rtoq emas, balki grajdanin so‘zi bilan atash shart qiiib qo‘yi!di. Buyuk Fransuz inqilobi davriga kelib, fransuz tiiidagi ozodlik, shuhrat, vatan sckzlari har doim qurbonlik talab qiladigan, qonga tashnalik mohiyati bilan yo‘g‘rildi. Xalq dushmani atamasi Fransiyadan keyin sobiq SSSRda xalqni, millatni mustaqil, ozod ko'rishga mtilganlar uchun tavqi la’nat mazmunini kasb etdi. Bunday holatni German iyada reyx dushmani, Eronda isiom dushmani birikmalari misolida ham ko'rish mumkin. Germaniyadagi natsistlar hakurnati 1936-yil 22-avgustda barcha rasmiy hujjatlarda o'lgan nemis askarlarini “halok bo‘lgan” (gefallenen) deb emas, balki “o‘!dirilgan” (ermordeten) deb rasmiylashtirish haqida qaror qabal qildi. Bu “nemis askari vijdonli dushman bilan bodgan urushda halok bodmadi, balki vijdonsizlar tomonidan vahshiylarcha oddirildi” degan g’oyani ifodalash uchun xizmat qilishi modjallandi. Fashistik rejimda volk (“xalq”), deutsch (“nemis”), hint (“qon”), boden ("tuproq”) so‘zlari vermaxt natsional-sotsializmining asosiy tushunchalari sifatida rasmiylashtirildi. SSSR tarixi darsliklari Rossiya imperiyasi egallagan hududlarga nisbatan tarixiy haqiqatga zid ravishda “bosib olish” so‘zi o^rniga “qo‘shib olish” ifodasini rasmiylashtirdi. SSSR qo‘shinlari Afg‘onistonga bostirib kirgach, sovet mafkurasi afg'on qarshilik harakati a’zolariga nisbatan dushman so‘zini rasmiylashtirdi. Flolbuki, mantiqan, bu so"zning bostirib kirgan tomonga nisbatan istifoda qilinishi to'g‘riroq bodar edi. Amerika Qo'shma Shtatlari Vyetnam urushi davrida tilni suiiste’mol qilishning o‘ziga xos namunalarini ko‘rsatdi. Urush AQSFi hududidan ancha yiroqda bodganligi uchun mamlakat jamoatchiligini tinchlantirish maqsadida harbiy ma’muriyat qator evfemistik vositalarning OAVda qodlanishini rasmiylashtirgan. Masalan, appeasement (“tinchlantirish”) so‘zi “butunlay tor-mor qilish”, se lf protektion (“o‘zini himoya qilish”) birikmasi “bombardimon qilish”, friyendli fire (“do'stona olov”) qurilmasi 23 “bilmasdan o‘z tomonidagiiarni otib qo‘yish” ma’nosida evfemistik qoilanib, manipulyativ maqsadlarga bo‘ysundiriigan.
“Lison ” tushunchasi haqida ma’lumot. Lisbri - ma’lurn bir til jamiyatning barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor holga keltirib qo'yilgan, umumiy va majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash, uzatish va boshqa maqsadlar uchun xizmai qiladigan vosita (birlik)lar hamda ulaming obzaro birikish qonuniyatlarining o n g d a g i sistemasi. Ajdodlar tomonidan bizga tegishli fonemalar. leksemalar, iboralar, morfemalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari qoldirilgan. Ular bizning ongimizda nutqda qo‘llanish uchun shay holatda turadi. Lisonga xos birliklar lisoniy birlik deyiladi. Lison va nutq tilshunoslikda sath atamasi bilan yuritiladi. Demak, til lisoniy va nutqiy sathlardan iborat. Har qanday lisoniy birlik virtual xususiyatga, ya’ni ongda mavjudlik ta'biatiga ega. Shu bilan birga, ular quyidagi ikki tomonning bir butunligidan iborat: a) shakliy jihat; b) mazmuniy jihat. Lisoniy birlik mazmunan UMIS sifatida inavjud ekan, u inoddiylikdan xoli bo‘!mog‘i lozim. Bunda “lisoniy birlikning shakliy jihati” moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik inoddiylikdan xoli. Biroq ular ongda qandaydir ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyati haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jam i у at a'zolari ongida inavjud. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi toinoni hisoblanadi, uning ma’no farqlash tomoni ichki, mazmuniy jihati sanaladi. [a] 24 fonemasi ana shu nisbiy shakl hamda mazmunning yaxlitligi sifatida ongda mavjud. Har qanday lisoniy birlik (UMIS) ongda ma’lum bir mavjudlik sifatida yashaydi. Mavjudlik shaklsiz bo'lmaydi. Har bir fonemaning ma’no farqlash (mazmuniy) va talaffuz (shakliy) xususiyatlarining ongdagi umumlashmasi o‘ziga xos, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi. Lisoniy birliklarning tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish rnumkin emas. Ular et bilan timoq kabi yaxlit bo‘lganligi sababli “dialektik birlikda” deyiladi. Boshqacha aytganda, lisoniy birlikdagi ichki va tashqi jihatlar bir varaqning ikki tomoniga o'xshaydi, ularni ajratish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |