3- bosqich
Yakuniy qism
(10 daqiqa)
|
3.1 Mavzu bo`yicha umumiy xulosa qilinadi.
|
Tinglaydilar
|
3.2. Talabalarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi
|
Yozib oladi
|
3.3. Navbatdagi mashg`ulotda ko`riladigan mavzuni e’lon qiladi va “insert” usulida jadvalga mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko`rishlarini so`raydi (11- ilova).
|
”Insert” usulida jadvalni to`ldiradi.
|
ilova.
Baholash mezoni va ko`rsatkichlari
Guruhlar
|
Savolning to`liq va aniq yoritilishi
0-5 ball
|
Misollar bilan muammoga echim topishi
0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligi
0-5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15 – 13 ball – “a’lo”
12 – 10 ball – “yaхshi”
9 – 6 ball – “qoniqarli”
Nutqiy jarayonda so’zlovchi ma’lum axborotni yoki istak-xohishini tinglovchiga bayon qilishni, ma’lum voqea-hodisa haqida tinglovchidan so’rashni, suhbatdoshini ma’lum axborotni bayon qilishga yoki ma’lum harakatni yuzaga chiqarishga da’vat qilishni maqsad qiladi. So’zlovchi o’zining maqsadiga muvofiq keladigan shakllarni tanlaydi. Shunga muvofiq, gaplar ifoda maqsadiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1) darak gap; 2) so’roq gap; 3) buyruq gap ; 4) istak gap.
Darak gap
Ma’lum voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida tasdiq yoki inkor yo’li bilan xabar beruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplarning kesimi ijro maylidagi fe’llardan va fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Darak mazmuni quyidagi semik variantlar orqali namoyon bo’ladi:
1) xabar semasi: Uzoqdan bo’yi baland yigit ko’rindi.
2) orzu - umid semasi: Bu yil safarga chiqmoqchi edim.
3) ishonch semasi: Haqiqat hech qachon egilmaydi.
4) maslahat semasi: Filolog bo’lishingizni maslahat beraman.
5) istak semasi: Sizning odam bo’lishingizni xohlayman.
6) tashviq semasi: Maydonga ro’yi rost chiqib, haqimizni da’vo qilamiz ( O.).
7) mavjudlik semasi: Uylar to’la non. Devor orqasida bog’ bor. Osmonda charaqlagan yulduz.
8) atash semasi: Topganim – senga.
9) ko’rsatish, ishora semasi: Maktab - shu va boshqalar.
Bu semalarning hammasi bir invariant sema - darak arxisemasi ostida birlashadi.
Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma’nosi o’rtasida mutanosiblik mavjud. Darak gaplar doimo yo tasdiq, yo inkor shaklda bo’ladi. Ular tinch ohangga ega bo’ladi.
So’roq gap
So’zlovchiga noma’lum bo’lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa, holat, belgi haqidagi so’roqni ifoda qiluvchi gaplar so’roq gap deyiladi: Sen bahorni sog’inmadingmi? (A.O.) So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari, so’roq ohangi yordamida hosil bo’ladi. So’roq gaplar ma’nosiga ko’ra ikki turga guruhlanadi: sof so’roq gaplar va ritorik so’roq gaplar. Sof so’roq gaplar tinglovchidan javob talab qiladigan so’roqni ifodalaydi. Ritorik so’roq gaplar esa javob talab qilmaydi. Bunda so’roq yo’li bilan yashirin tasdiq yoki inkor mazmuni anglashiladi. So’roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi: Bolani sevmaydigan odam bormi?
Ritorik so’roq gaplar mazmuniy tuzilishi murakkab bo’lib, presuppozitsiya hisobiga darak yoki buyruq propozitsiya (axborot)si anglashilishi mumkin.
So’roq gaplar sof so’roq semasini ifodalaganda uning shakli va mazmuni o’rtasida mutanosiblik bo’ladi. Boshqa holatlarda nomutanosiblik kuzatiladi.( Haynazarova M. So`roq gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi: Filol. fan . nom . diss . avtoref, -Тoshkent, 1999.-26 b.)
So’roq gaplar shakli va mazmuni o’rtasidagi munosabatga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
1) shakl va mazmuni mutanosib bo’lgan so’roq gaplar (sof so’roq gaplar);
2) shakl va mazmuni nomutanosib bo’lgan so’roq gaplar.
Shakl va mazmuni nomutanosib bo’lgan so’roq gaplarning tarkibida so’roq vositalari ishtirok etib, faqat shakl tomondangina so’roq gap sanaladi. Lekin so’zlovchining niyati o’ziga noma’lum bo’lgan voqea - hodisa haqida so’rash emas, balki o’ziga ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish.
Shunga muvofiq, shakl va mazmuni nomutanosib bo’lgan so’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi:
1) so’roq-darak gaplar; 2) so’roq - buyruq gaplar.
So’roq-darak gaplar hamda so’roq-buyruq gaplar shakli va mazmuni o’rtasida ko’pincha ikki belgi asosida, ya’ni ifoda maqsadiga ko’ra va tasdiq-inkor belgisiga ko’ra ziddiyat mavjud bo’ladi.
So’roq gap qoliplari: Pmi?; So’roq olmoshi+P? P?1
Buyruq gap
Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gaplar deyiladi: Yetti o’lchab bir kes. (Maqol). Sanamay sakkiz dema. (Maqol). kabi.
Buyruq gaplarning kesimi, odatda, buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko’proq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi.
Ba’zan buyruq gap kesimi buyruq maylining birinchi va uchinchi shaxs shakllari bilan ham ifodalanadi: Bolalarni tezda bog’chadan oling.
Buyruq gap kesimi harakat nomi (kerak, lozim, darkor) konstruksiyalari bilan ham ifodalanadi: Va’daga vafo qilmoq lozim (Maqol).
Buyruq gap buyruq ohangi bilan aytiladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga qarab, ohang o’zgarib turadi: buyruq, do’q, g’azab ifodalanganda, ohang kuchli, maslahat, iltimos ifodalanganda, ohang kuchsiz, xabar ohangiga yaqin bo’ladi. Birinchi holatda yozuvda gap oxiriga undov belgisi, ikkinchi holatda nuqta qo’yiladi.
Buyruq gaplarda shakily-mazmuniy muvofiqlik bilan birga nomuvofiqlik ham kuzatiladi.2
Buyruq gap qolipi K (b.m.f.)dir.
Istak gap
Kesimi shart-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gaplar istak gaplar deyiladi: Bir go’shai bog’ bo’lsa-yu, sen bo’lsangu men (B.).
Istak gaplar so’zlovchining istak-xohishini ifodalash uchun xizmat qiladi. Istak gaplar so’zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u kelgusida bo’lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi- xususiyat haqida axborot beradi. Bunday gaplar so’zlovchining axborot berishi belgisiga ko’ra darak gaplar bilan umumiylikni hosil qiladi. Lekin til sathida o’zining alohida modeli mavjudligi va nutqda konnotativ ma’no, ma’lum axborot berish bilan birga, so’zlovchining istagi, xohishining ifodalanishiga ega bo’ladi.
Istak gaplar so’zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u kelgusida bo’lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida axborot beradi. Masalan: Oliy o’quv yurtini bitirsam, ajoyib muhandis bo’lsam.
Do'stlaringiz bilan baham: |