2-topshiriq. So’z birikmalarining tarkibiy qismlari va bog’lovchi vositasini aniqlang.
NAMUNA. O’zicha kulmoq: o’zicha – tobe so’z, ravish bilan ifodalangan; kulmoq – hokim so’z, fe'l bilan ifodalangan. Tobe so’z hokim so’zga tobelik ohangi yordamida bog’langan.
O’zicha kulmoq, tog’ora-tog’ora somsa, ura sadolari, dildan quvnamoq, mish-mish gaplar, o’nning yarmi, juda haybatli, osmono’par bino, olis yo’l, Marg’ilon atlasi.
3-topshiriq. Berilgan so’z birikmalari qismlarining bog’lanish usullarini aniqlang.
NAMUNA. G’irt yolg’on: g’irt – tobe so’z, yolg’on – hokim so’z; tobe so’z hokim so’zga bitishuv usulida bog’langan.
G’irt yolg’on, mehnatiga yarasha haq, o’zicha gapirmoq, ura sadolari, sevinchdan yig’lamoq, bizning bog’, katta qora echki, haybatli samolyot, kengga keng dunyo, haqiqat uchun kurashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |