Sintaktik aloqa vositalari
|
|
|
|
|
|
|
|
4-TOPSHIRIQ. "O’zbek tili – Davlat tili" mavzuida kichik ma'rifiy matn tuzing. Matnda qo’llangan sintaktik aloqa vositalarini aniqlang.
5-TOPSHIRIQ. Quyidagi sintaktik aloqa vositalarini morfologik jihatdan tasniflang: - dan, ko’ra, - i, bilan, - ga, va, uchun, - im, - ni, - man, -u(-yu), - ing.
Mavzu: So`zlar orasidagi atributiv, relyativ, obyektli munosabatlar.
Moslashuv, bitishuv, boshqaruv aloqalari.
1-topshiriq. Berilgan matn tarkibidagi gaplardan so`z birikmalarini ajrating va so`z birikmalari a`zolari orasidagi bog`lanishni aniqlab, quyidagi jadvalni to`ldiring.
Tobelanish turi
|
Misol
|
Boshqaruv
|
|
Moslashuv
|
|
Bitishuv
|
|
2-topshiriq. So`z birikmalarida tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog`lovchi vositalarni aniqlang.
1-variant
1. Hayriyatki, mendan hayotga berilish paytlari juda kam bo’lardi. (R.Guntekin) 2. Sal o’tmay bog’ tomonidan it vovillagani, bo’g’boning so’kingani eshitildi. (S.Ahmad) 3. – Ha, pochchamni hafa qilganimiz sizga yoqmadimi? (S.Ahmad) 4. Xullas o’sha kecha qorong’u tushguncha daraxt shohida qushday o’tirdim. (R.Guntekin) 5. Dunyoning bu qadar shovbqinli ekanini yigitcha ilgari hech qachon sezmagan edi. (G.Markes) 6. Chaqoloqning chillasi chiqar chiqmas yana o’sha muz parchasini olib kelishgan nayrangbozu masxaraboz lo’lilar paydo bo’lishdi. (G.Markes) 7. Shu payt eshik shahar dorug’asi Uzun Hasan ta’zim qilib kirib keldi. (P.Qodirov) 8. Yoqubbek sarosima ko’zlar bilan darchani qidirib topdi. (P.Qodirov)
2-variant
1. Maxdum bo’ychan, ola go’sht, siyrak mo’y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. (A.Qodiriy) 2. Shunga o’xshash tikanlik yog’ochdan xush isli, latif ko’rinishi Ra’no yaratilgan edi. (A.Qodiriy) 3. Ba’zan maktabimizga echkinikiga o’xshagan pop kelib – ketib yurardi. (R.Guntekin) 4. Tovonlarimni zina taxtalariga urib eshiklarni lang ochib xonamga kirib keldim. (R.Guntekin) 5. Dildor majnuntol novdasini sindirib bir siqim bargni uning boshidan sochib yubordi – da, qiqirlab kulib qochdi. (S.Ahmad) 6. Qizil barkashdek oy shoshilmay osmonlay boshladi. (S.Ahmad) 7. – E, bu – Darvesh gov – ku! – dedi Yoqubbek birdan yengil tortib. (P.Qodirov) 8. Bo’htonligini men kecha bildim, amirzodam, meni avf qiling! (P.Qodirov)
3-variant
1. Mehmon ham kakalluflanmay domlaning orqasidan mehmonhonaga kirdi. (A.Qodiriy) 2. Mening mirzo Anvarni bu o’ringa sai qilishim bo’lsa, bir g’araz yuzasidan emas, xolisonadir. (A.Qodiriy) 3. Men esam nihoyatda qo’rqanimga uyalganimga qaramay o’zimni tutaolmasdan kulib yubordim. (R.Guntekin) 4. Men bir necha kundan so’ng yotoqxonaga qaytib ketaman. (R.Guntekin) 5. Choyxo’rlar yo’qligidan choyxona barvaqt yotgan, ichkarida samovarchi tog’araga qaynoq suv quyib jo’mragiga jez qoplangan choynaklarni chegalana berib olapes bo’lib ketgan piyolalarni yuvayotgan edi. (S.Ahmad) 6. – Kampir, achchiqqina xo’rda qilib ber, mehmon bolani ushlab qolibdi. (S.Ahmad) 7. Tuxmatligiga bu yerda muborak yuzingizni ko’rib amin bo’ldim. (P.Qodirov) 8. Bir odamni to’xtatib, “Shundoq gaplarni eshitdim, nahotki rost bo’lsa?” (P.Qodirov)
4-variant
1. Tun yarmidan oshganda Tohirning o’kirib yig’lagani qorong’u bog’ni zir titratdi... (P.Qodirov) 2. Istiqibolining shirin xayollariga ko’milgan holda maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. (A.Qodiriy) 3. Nigor oyim oshxonada mantilarni qosqonga terib, qozonga uyar. (A.Qodiriy) 4. – Kampir, achchiqqina xo’rda qilib ber, mehmon bolani ushlab qolibdi. (S.Ahmad) 5. Peshonadagi bitta –yu bitta bolani yer –xotin ona shunday tashvish, ona shunday mehribonchilik bilan katta qilishdi. (S.Ahmad) 6. Hukumat ham cho’chiydigan bu odam o’zining fotosuratini hech ruxsat bermasdi. (G.Markes) 7. – Qo’lingni cho’zsang bas, kabutarlar kaftinga qo’nib, non ushoqlarni yeya boshlashadi. (G.Markes) 8. Yoqubbek Boburga boyagidek muloyim ko’z tashlab, kemshik og’zini sodiq bir tabassum bilan ochdi. (P.Qodirov)
5-variant
1. Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho’rolar tuzumi davrida deyarli unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo’yishdi. (“Sanam” dan) 2. Otasi chiqib, ketgach, Ra’no qo’lida ukasi bilan tashqariga yo’l oldi. (A.Qodiriy) 3. – Bir oz yanglishasiz, Ra’nobonu – dedi Anvar, - chunki qo’ldan qo’lni juda katta farqi bor. (A.Qodiriy) 4. Peshonadagi bitta –yu bitta bolani yer –xotin ona shunday tashvish, ona shunday mehribonchilik bilan katta qilishdi. (S.Ahmad) 5. Onalar bolasini chertgan kishini, “qo’ling singur”, deb qarg’aydi. (S.Ahmad) 6. Boburning yosh qalbi bu mashum ig’voga qarshi g’azab tuygu’siga to’lib bormoqda edi. (P.Qodirov) 7. – Balki yana taftish o’tkazish lozimdir? – dedi. (P.Qodirov) 8. – Bir oz yanglishasiz, Ra’nobonu – dedi Anvar, - chunki qo’ldan qo’lni juda katta farqi bor. (A.Qodiriy)
Do'stlaringiz bilan baham: |