Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar va uning turlari: sabab ergash gapli qo‘shma gap, maqsad ergash gapli qo‘shma gap, shart ergash gapli qo‘shma gap qo‘shma gap, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap, natija ergash gapli qo‘shma gap.
Yordamchi vositalarsiz birikadigan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi asosiy vosita intonatsiya yekanligi.Tarkibidagi qismlarning munosabatiga ko‘ra bunday qo‘shma gapning turlari: bog‘langan qo‘shma gapga sinonim tur, ergashgan qo‘shma gapga sinonim tur. Birinchi turda tenglanish intonatsiyasidan tashqari umumbo‘laklar (payt hollari, aniqlovchilar)ning komponentlarini biriktirishdagi roli. Ergashgan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz qo‘llanish holatlari. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar punktuatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |