Hozirgi davrda tadqiqot uchun qiziqarli mavzulardan biri bo‘lib Internet hisoblanadi, va bunda yordam beradigan texnologiyalardan biri dpi deep Packet Inspection hisoblanadi



Download 1,5 Mb.
bet9/16
Sana21.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#834675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Asomov R 210-14

Tayyorlik koeffitsienti

Bekor turish vaqti

0,99

Yiliga 3,7 kun

0,999

Yiliga 9 soat

0,9999

Yiliga 53 daqiqa

0,99999

Yiliga 5 daqiqa

0,99999999

Yiliga 30 soniya

An’anaviy ma’lumot uskunalariga (serverlar, marshrutizatorlar) qurilgan IP tarmoqlarida “beshta to‘qqizlik” tayyorlik koeffitsientini ta’minlash etarli darajadagi muammo. Buning sababi shundaki, IP tarmoqlarida axborot oqimlariga ishlov berish (TfOP dagi kabi apparat ta’minotida emas) dasturiy ta’minot asosida amalga oshiriladi. Tarmoq uskunalarining inkor etish statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, dasturiy ta’minot ishonchliligi apparat ta’minoti ishonchliligidan deyarli ikki baravar past.


IP paketlarini etkazib berish parametrlari. Umumiy xollarda seans uchta fazadan iborat – ma’lumotni yuborish, ulanishni o‘rnatish va ulanishni uzish. Y.1540 Tavsifnomasida uch fazali aloqa seansining faqat ikkinchi – IP paketlarini etkazib berish fazasi ko‘rib chiqiladi. Bunday yondashish ulanishlarni o‘rnatishga yo‘naltirilmagan IP tarmoqlari tabiatini aks ettiradi. Kelgusida qolgan ikki faza (ulanishni o‘rnatish va uzish) uchun QoS parametrlari va ishchi xarakteristikalar spesifikasiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
HEI-T Y.1540 Tavsifnomasi IP-paketlar etkazib berishni xarakterlovchi quyidagi parametrlarni belgilab beradi.
Paket etkazishni ushlab qolinishi IPTD (IP packet transfer delay) ikki xodisa - t1 vaqtida tarmoq kirish nuqtasiga paketni kiritish va t2 vaqtida tarmoq chiqish nuqtasidan paketni chiqarish – oralig‘idagi vaqt t2 - t1 bilan o‘lchanadi, bu erda t2 > t1 va t2 - t1 ≤ Tmax.
Umuman olganda IPTD parametri xamma paketlar uchun – xam muvaffaqiyatli etkazilgan, xam xatolar bilan shikastlangan paketlarni manbadan qabul qiluvchiga etkazish vaqti sifatida belgilanadi. Y.1540 Tavsifnomasida spesifikasiya qilingan, IP paketni etkazib berishning o‘rtacha ushlanib qolishi jo‘natilgan va qabul qilingan paketlarning tanlangan yig‘imining o‘rtacha arifmetigi sifatida ta’riflanadi. O‘rtacha ushlanib qolish miqdori tarmoq orqali uzatilayotgan trafik va kirish mumkin bo‘lgan tarmoq resurslariga, xamda, o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq. Og‘irlikning o‘sishi va kirish mumkin bo‘lgan tarmoq resurslarining kamayishi tarmoq tugunlarida navbatning o‘sishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida etkazib berishning o‘rtacha ushlanib qolishi o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Nutq axboroti va video axborotlar ushlanib qolishga moyil trafik namunasidir, ma’lumotlar ilovalari ushlanib qolishlarga kamroq moyil. Paket etkazib berish ushlanib qolishi ma’lum bir Tmax qiymatini oshirib yuborgan taqdirda paket tushirilib qoldiriladi. Real vaqtli ilovalarda (masalan, IP-telefoniya, videokonferesiya tizimlarida) bu nutq sifatining yomonlashuviga olib keladi. IP paketlarining o‘rtacha ushlanib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar Voice over IP (VoIP) texnologiyalari, videokonferesiyalar va boshqa real vaqt ilovalarining joriy etilishida muxim rol o‘ynaydi. Bu parametr foydalanuvchilar shunga o‘xshash ilovalarni qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlab beradi.
IP paketlarining ushlanib qolish variasiyasi (IP packet delay variation) IPDV. Vk parametri IPDV ushlanib qolish variasiyasini tasniflab beradi. K indeksli IP-paket uchun bu parametr tarmoqning kirish va chiqish nuqtalaridagi k indeksli paketni etkazib berishdagi Xk ushlanib qolish absolyut o‘lchami va IP paketini etkazib berishni ushlanib qolishining ma’lum etalon o‘lchami d1,2 orasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi:
Vk = Xk - d1,2
Manba va qabul qiluvchi orasidagi etkazib berishning etalon ushlanib qolishi, d1,2, ushbu tarmoq nuqtalari orasidagi birinchi IP paket etkazib berish ushlanib qolishining absolyut miqdori sifatida aniqlanadi. IP paketlarni ushlanib qolishi variasiyasi, yoki djitter, ketma-ket jo‘natilgan paketlarning qabul qiluvchiga nomuntazam ravishda kelib tushishida namoyon bo‘ladi. IP-telefoniya tizimlarida bu tovushlarning buzilishiga, va buning natijasi o‘laroq nutq noaniqligiga olib keladi.
IP-paketlarni yo‘qotish miqdori (IP packet loss ratio IPLR) yo‘qotilgan paketlar summar miqdorining jo‘natilgan va qabul qilingan paketlarning tanlangan yig‘imidagi jo‘natilgan paketlarning umumiy miqdoriga nisbatan aniqlanadi. IP tarmoqlarda paketlarning yo‘qotilishi ularni jo‘natish jarayonidagi ushlanib qolishlar qiymati, yuqorida Tmax sifatida belgilangan normadagi qiymatdan yuqori bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. Paketlar yo‘qolgan taqdirda, ma’lumotlarni jo‘natish jarayonida qabul qiluvchi so‘roviga binoan qayta jo‘natish mumkin. VoIP tizimlarida qabul qiluvchiga Tmax qiymatini oshirib yuborgan xolda ushlanib qolish bilan etib kelgan paketlar tushirilib qoldiriladi, bu qabul qilinayotgan nutqda bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Paketlar yo‘qolishi sabablari orasida tarmoq tugunlarida ishning ko‘pligi tufayli yuzaga keladigan navbatning ortishini aytib o‘tish lozim.
IP paketlari xatolari koeffitsienti (IP packet error ratio, IPER) koeffitsienti xatolar bilan qabul qilingan paketlar umumlashtirilgan miqdorining muvaffaqqiyatli qabul qilingan paketlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
HEI Y.1541 Tavsifnomasi , unda tasnifi berilgan foydalanuvchilar terminallarini bog‘lovchi xalqaro yo‘nalish bo‘yicha IP tarmoqlarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan parametrlarning raqamli qiymatini belgilab beradi. Parametr normalari, xizmat ko‘rsatishning kafolatlangan sifatini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan ilova va tarmoq mexanizmlariga qarab belgilangan QoSning turli toifalariga ajratilgan. 3-jadvalda yuqorida belgilangan tarmoq xarakteristikalri normalari keltirilgan .
Jadvalda keltirilgan parametr qiymatlari o‘rtacha ushlanib qolishlar, djitterlar, paket xatoliklari va ularni yo‘qotilishi uchun yuqori chegaralarni ifodalaydi. HEI Y.1541 Tavsifnomasida tarmoq xarakteristikalarining real qiymatlari – nazorat vaqti, test paketlarining uzunligi, paketlar miqdori va x.k.larni o‘lchash bilan bog‘liq parametrlar yig‘indisi spesifikasiyasi keltirilgan. IP-telefoniyada nutq paketlarini uzatish sifatini baxolashda minimal nazorat orlig‘i odatdagi 50paket/s uzatish tezligida 1-20s bo‘lishi kerak. Ushlanib qolish, djitter va yo‘qotishlar uchun tafsiya etilgan o‘lchash orlig‘i 60s dank am bo‘lmasligi kerak.
3- jadval. Xizmat ko‘rsatish sifati toifalari bo‘yicha taqsimlangan IP tarmoq xarakteristikalari normalari


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish