Hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni Reja



Download 31,78 Kb.
Sana05.11.2019
Hajmi31,78 Kb.
#25099
Bog'liq
hozirgi davrda oqituvchilik kasbi va


Aim.Uz

Hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni
Reja:

  • O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov o’qituvchining ijtimoiy jamiyatdagi o’rni haqida.

  • Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyalanishi.

  • O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni.

  • O’qituvchi shaxsining insonparvarligi.

Inson sha’ni, avvalo, o’zini himoya qilish, o’z qadrini bilishdan boshlanadi. SHu ma’noda, xalqning o’zini qadrlay bilishi g’oyat muhimdir. CHunki “ o’zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog’lab qo’ymaydi “. O’zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el – yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. “ Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g’oyasi ustuvor bo’lmog’i kerak, - deb yozadi Islom Karimov, - Milliy g’urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo’lmog’i kerak. Bu muqaddas g’oyalar, millati va e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog’i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”.

O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla – kuyning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu – umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt – saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyillikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”.

Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.

Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.

Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.

Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini «didaskal» («o’qitaman», «o’rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi «pedagog» («payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so’zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.



Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat-e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o’rinda Respublikamizda 1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o’tish joiz.

Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo’lishi mumkin:

Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o’zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi.

Ikkinchi toifa shaxslar o’z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.

Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o’zib ketadi, ayni paytda o’z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g’oyasi va faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi.

O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi.

Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.

Ikkinchidan yurtboshimiz so’zi bilan aytganda: «ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi»

Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlis XII sessiyasida aytgan quyidagi fikrini keltirishimiz o’rinlidir: «Eng avvalo bizning ta’lim tizimiga bo’lgan munosabatimizni ham tubdan o’zgartirish kerak. Ta’lim islohati bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’i zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda to’qqiz pulday ayon bo’lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o’zgartirish mumkin emas».

Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohatining zarurligi va muhimligi haqida o’zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o’zgarishlar yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohatni zarurligini ko’rsatdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da "Ta’lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan respublikamizda ta’lim - tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Ana shu sessiyada Prezident I.A.Karimov "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so’zlab quyidagi g’oyalarni ilgari surgan edilar:


  1. Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash;

  2. Bilimli, mahoratli tarbiyachi o’qituvchilarni tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish;

  3. O’quv jarayoniga tegishli bo’lib boshlang’ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda o’qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o’qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash;

  4. Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o’zgardi. Ijtimoiy tuzumning o’zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar tayyorlash vazifasini qo’ydi. Demak, ta’lim - tarbiyaning tashkiliy - uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo’lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga yetkazishning qonuniy asosi bo’lmish "Ta’lim to’g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi.

Pedagoglik kasbi, uning paydo bo’lishi va ravnaq topishi.

Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog’liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o’zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o’simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug’)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o’zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo’lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo’lishi, shuningdek, urug’ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg’or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.

Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo’lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo’nalishida yetarlicha bilimga ega bo’lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o’rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo’nalishlar bo’yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.

Dastlabki maktablar qadimgi SHarqda (Vavilon, Misr, Hindistonda paydo bo’lib, ularda bolalarga ma’muriy-xo’jalik boshqaruvi asoslari o’rgatilgan.

Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.

Qadimgi YUnonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so’zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o’z shogirdlariga ma’ruzalar o’qigan bo’lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va YUnonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.

Jamiyatning tabaqalanishi natijasida qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi» demakdir.

Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug’ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.

Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o’rgatilgan.

O’rta asrlar davrida SHarqda akademiya ko’rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo’lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag’dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI ar boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo’nalishlari bo’yicha kuchli bilimga ega bo’lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo’lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo’nalishlarda keng ko’lamli tadqiqotlar olib borilgan.

O’rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (SHarqda madrasa)lar ko’rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo’yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. CHunonchi, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o’z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, /iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar.

XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma’rifatparvarlar – Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir SHakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar.

O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.

SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.

O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. CHunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak»1.

YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur?



O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.

Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):


  1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

  2. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.

  3. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

  4. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

  5. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.

  6. O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.

  7. O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.

  8. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi kerak:

a) nutqning to’g’riligi;

b) nutqning aniqligi;

v) nutqning ifodaviyligi;

g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;

d) nutqning ravonligi;

j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali foydalana olish).



  1. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.

  2. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.

O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishi zarur.

O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.



11 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг щу=у=уий кафолати. – Тошкент, Шар= нашриёт-матбаа концерни Бош тащририяти, 1993, 27-28-бет.

Download 31,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish