Nutq namunalari: Bahorda kunlar isiydi. Boychechak ochiladi. Bolalar varrak uchiradi. Tabiat uyg‘onadi. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘ladi. Lolalar qip-qizil bo‘lib ochiladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarni, suhbat mazmunini tushunish, tasdiq yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga oid dialogik suhbatlarda qatnasha olish va savollarga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilish, kichik matnlarni to‘g‘ri o‘qib, mazmunini tushunish, 16-24 ta so‘zli matndan iborat diktant yoza olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |