Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-Mavzu Binolar va inshootlarga bodgan xuquqlarni davlat róyxatidan utkazish tartibi



Download 354,09 Kb.
bet7/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

6-Mavzu Binolar va inshootlarga bodgan xuquqlarni davlat róyxatidan utkazish tartibi.
Er uchastkalari, binolar va inshootlarni Ózbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip bóyicha yaratiladi, unga er uchastkasining kadastr raqami asos qilib olinadi. Kadastr raqami - bu er uchastkasi, bino va inshootga tegishli Ózbekiston Respublikasi hududida takrorlanmydigan raqamdir. U er uchastkasi, bino va inshoot yagona ob`ekt sifatida mavjud bulguniga qadar saqlanib qoladi. Kadastr bóyicha raqamlash tizimi er uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olishning yagona tizimiga birlashtiriladi va yaxlit kórinishda yoziladi. Quyidagilar er uchastkalari, binolar va inshootlar kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi: hududlar kod raqami;

hududlar tarkibidagi ma`muriy tumanlarning (shaharlarning) kod raqami;

kadastr zonasi kod raqami;

kadastr massivi kod raqami;

kadastr mavzesi kod raqami;

er uchastkasining kod raqami;

bino, inshootning kod raqami;

bino, inshoot bir qismining kod raqami.

bunda:

AA - hududlarning kod raqamini bildiruvchi ikki razryadli ónli son;



VV - hududlar tarkibidagi ma`muriy tumanlarning (shaharlarning) kod raqamini bildiruvchi ikki razryadli onli son;

SS - kadastr zonalari kod raqamini bildiruvchi ikki razryadli onli son;

DD- kadastr massivlari kod raqamini bildiruvchi ikki razryadli onli son;

EE - kadastr mavzelari kod raqamini bildiruvchi ikki razryadli onli son;

FFFF- er uchastkalari kod raqamini bildiruvchi turt razryadli onli son;

GGGG- er uchastkasidagi binolar va inshootlar kod raqamiini bildiruvchi turt razryadli onli son;

NNN - bino va inshootlarning bir qismi kod raqamini bildiruvchi uch

razryadli onli son.

Ushbu tartibdan kelib chiqib, er uchastkalarining kadastr raqami

razryadli onli sondan iborat bólishi shart.

Bino va inshootlarning kadastr kod raqami, ushbu binolar va inshootlar joylashgan er uchastkasining kadastr kod raqamidan keyin bino va inshshotga berilgan turt razryadli onli sondan iborat kod qóshilib, razryadli onli sondan, binolar va inshootlarning bir qismi uch razryadli onli son qóshilib 21 razryadli onli sondan iborat bóladi. Tumanlar (shaharlar) doirasida kadastr zonalarini, kadastr zonalari doirasidagi massivlarni hamda massivlar doirasidagi mavzelarni raqamlash (kodlash), tumanlar (shaharlar) hududini zonalarga, massivlarga va mavzelarga bólish jarayonida amalga oshiriladi. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelari barcha hujjatlarda ularning kod raqami bilan belgilanadi, ularga, odatda, nom berilmaydi.

Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarining chegaralari, odatda, shaharlarnig, shahar tumanlarining, qishloqlarning (ovullarning) ma`muriy chegaralari bóyicha qabul qilinadi. Keyinchalik, ma`muriy chegaralar ózgarganda, kadastr bóyicha bólinish tizimiga tegishli ózgartirishlar kiritiladi. Er uchastkasiga kadastr raqamini berish, er uchastkasi kóchmas mulk ob`ekti sifatida shakllantirilgandan keyin tuman (shahar) er kadastri daftarini tóldirish jarayonida amalga oshiriladi.

Er uchastkalariga berilgan kadastr kod raqami ularni hisobga olish reestrida aks ettiriladi. Tuman (shahar) hududida joylashgan tegishli soha ob`ektlari

shaharsozlik kadastrida aynan nom yoki raqam bilan aloxida hisobga olinadigan chiziqli ob`ektlar (kanallar, kollektorlar, avtomobil va temir yullari, elektr va aloqa liniyalari) joylashgan erlar mustaqil er uchastkalari hisoblanadi va ularga tuman (shahar) doirasida, ular qanday zonalar, massivlar va mavzelarda joylashishidan qatiy nazar, 14 razryadli onli sondan iborat yagona kadastr kod raqami beriladi. Chiziqli er uchastkalarining kadastr raqamini shakllantirishda, ular qaysi zonada kóproq joylashgan bolsa, usha zona kodi, shu zonadagi qaysi massivda koproq joylashgan bolsa, usha massiv kodi, ushbu massivda qaysi mavzeda koproq joylashgan bolsa, usha mavze kodi va ushbu mavzedagi navbatdagi er uchastkasi kod raqami beriladi. Hududlar kadastr boyicha bolingandan keyin yangi er uchastkasi bir nechta mavzelar hududidan berilgan bolsa, shu er uchastkasi qaysi mavzeda koproq joylashgan bólsa, usha mavzening kod raqami beriladi va hududlarni kadastr bóyicha bólish kartografik materiallariga tegishli ózgartirishlar kiritiladi. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), royxatga olish, yangi kadastr xaritalarini (planlarini) tayyorlash jarayonida er uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari (kodlar) ózgartirilmaydi. Binolar va inshootlarning kadastr raqami ma`lum er uchastkasidagi bino va inshootlarning har biriga birinchisidan boshlab, qolganlariga navbatdagi tartib raqami berish yóli bilan shakllantiriladi. Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy binoning bir qismi sifatida navbatdagi uch razryadli onli son raqami berish yóli bilan shakllantiriladi. Bino va inshootlarning bir qismi bolib, u asosiy binodan boshqacha huquqiy maqomga ega


( huquq egasi boshqa shaxs) bólgan uning ayrim xonalari (kvartiralar, aloxida xonalar va ulardan ajralib turgan boshqa qismlari) hisoblanadi. Kóp qavatli uylardagi kvartiralarga kadastr raqamini shakllantirish jarayonida uyjoy mulkdorlari shirkatlari yoki shu uydan foydalanib turadigan boshqa tashkilotlarning er uchastkasi va aynan uyning kadastr raqami asos qilib olinadi. Er uchastkasidagi kóp qavatli uy-joyning bir qismi kodi sifatida kvartira tartib raqami qabul qilinadi. Binolar va inshootlarga kadastr raqami ushbu binolarga va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash jarayonida er uchastkasining bino va inshootlar aks ettirilgan plani tayyorlangandan keyin beriladi. Butun er uchastkasiga, binolar va inshootlarga bólgan huquq boshqa shaxsga ótganda va (yoki) ularga bólgan huquq turi ózgarganda, ushbu kuchmas mulk ob`ektlarining kadastr raqami ózgarmaydi.

Er uchastkalarining chegaralari va maydoni, ularni bólish yoki qoshish yoxud bir qismini olib kuyish natijasida ózgarganda hamda yangi er uchastkasi tashkil etilganda, ularga mazkur belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi. Bunda oldin berilgan kadastr raqamlari bekor qilinadi va ular keyinchalik qollanilmaydi.

Er uchastkalari, binolar va inshootlarga berilgan kadastr raqamlari er kadastri daftarida, erga bólgan huquq davlat reestrida, binolar va inshootlarning kadastr daftarida, bino va inshootlarni I - hisobga olish reestrida va boshqa kadastr hujjatlarida aks ettiriladi.


Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish