4-ilova
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. Fuqarolik jamiyati fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. «Fuqaro – jamiyat-davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni bayon eting?
3. Fuqarolik jamiyati qurishning asosiy tushunchalari, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang?
4. O‘zbekistonda fuqarolik jamniyati qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li mavjudmi?
5. Fuqarolik jamniyatini barpo etishda siyosiy institutlarning qanday roli mavjud?
Qisqa xulosalar
Mustaqilligimizning dastlabki o‘n to‘qqizi yilligini o‘z ichiga olgan tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida odamlar turmushida keskin burilish yasaldi. Turmush tarzimiz o‘zgardi, tafakkurimiz kengaydi.
Mustaqillik yillari ijtimoiy siyosiy - jarayonlarni tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, inson taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |