‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta'lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazl m u h a r r a m s a t t o r o V a



Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana14.04.2022
Hajmi3,31 Mb.
#549644
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Sudda ish yuritish (M.Sattorova, M.Alamberdiyeva)

Nazorat savollari:
1. Birinchi instansiya sudining qarorlari ustidan shikoyat berish va 
protest bildirish qanday amalga oshiriladi?
2. Berilgan shikoyat va protestlami qayd etish va hisobga olish tartibi 
qanday?
3. Apellatsiya, kassatsiya tartibidagi shikoyat va protestlami yuqori 
sudga yuborish tartibini aytib bering.
4. Yuqori instansiyada shikoyat va protestlar qanday tartibda qayd etiladi?
5. Shikoyat va protestlami ko‘rib chiqish natijalarini qayd etish tartibi 
qanday amalga oshiriladi? ,
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


III. 3. HUKM, HAL QILUV QARORIVA AJRIMLARNI
IJROGA TOPSHIRISH
III. 3 .1 . Sudning hukmi, ajrimi va qarorlarini qonuniy
kuchga kirganidan keyin ijroga berish
Odil sudlovni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilot- 
laming huquqlarini qo‘riqlash uchun chiqarilgan qarorlaming ijrosi 
protsessning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, ulami ijro ettirish sud zim- 
masiga yuklatiladi.
Sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish sudya yoki sud 
raisi tomonidan ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hujjatlam- 
ing nuxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellatsiya, kassatsiyayoki 
nazorat tartibida ko‘rilganida sud hujjatlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, 
ulaming nusxasiga apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi 
sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi.
Sudning hukmi, ajrim va qarorlari qonuniy kuchga kirganidan ke- 
yin ijroga beriladi (14-15- ilovalar). Hukm, ajrim va sud qarorlari 
ijrosi bilan bog‘liq barcha yozishmalar sud devonxonasiga yuklatila- 
di. Ushbu hujjatlaming ijrosiga oid sud harakatlari sudda yuritiladi- 
gan ma’lumotlar varaqasiga qayd etiladi.
Hukm va sud qarorlarining ijroga yuborilishi ustidan nazorat sud 
raisi yoki shu ishlami ko'rishda raislik qilgan sudya tomonidan amal- 
ga oshiriladi. Mazkur hujjatlaming nusxalari ulami ijroga yuborish 
vaqtida sud raisi yoki shu ishni ko‘rishda raislik qilgan sudyalar to- 
monidan imzolanadi va sud muhri bosiladi.
Sud majlisi kotibi hukmning yetkazilgan zarami qoplash (undirish) 
bilan bog‘liq qismi bo‘yicha ijro varaqasi yozib, hukmdan ko‘chirma, 
mol-mulkning xatlanganligi haqidagi hujjatlardan ko‘chirma olib, 
ijroga yuborishi lozim.
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- ishning tartib raqami;
- ishni ko‘rgan sudning nomi;
- taraflaming familiyasi, ismi va sharifi;
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


- ijro harakatining mazmuni;
- ijro harakati yuzasidan sud qarorining qisqacha mazmuni;
- sud qarorining qonuniy kuchga kirgan sanasi;
- qarzdor va undiruvchining tug‘ilgan yili, manzili;
- ijro varaqasi berilgan sana;
- sudyaning va sud kotibining imzosi, sud nuihri;
Xususiy (alohida) ajrimlar nusxasi tegishli tashkilotlar, mehnat 
jamoalari va mansabdor shaxslarga yuboriladi. B u xat nusxalari va 
kelganjavoblar yig‘majildga tikiladi.
Ish yurituvi tamom bo‘lgan jinoyat va ma’mui;iy huquqbuzarlik- 
ka oid ishlar sud raisining imzosi bilan arxiv mudiriga topshirilishi 
lozim.
Sudhukmi, ajrimi va qarorlarini ijroga berish hukm, ajrim va qaror 
chiqargan sudga yuklatiladi.
Hukm, ajrim va qaror chiqargan, shuningdek, amnistiya aktini 
qoUlagan sud ish hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga majbur 
bo‘ladi.
Ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan shaxsga nisbatan 
chiqarilgan hukm ustidan shikoyat va protest keltirilmasa hamda u 
qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, shikoyat yoki protest muddati o ‘tishi 
bilan hukm kuchga kirganligi haqida qamoq joyi boshlig‘iga sudya 
tomonidan maUumotnoma yuboriladi.
Hukmning sudlanganlaming ayrimlariga tegishli qismiga shikoyat 
yoki protest keltirilgan hollarda (guruhli ishlar bo‘yicha yuqori sud 
tomonidan ular haqidagi hukm bekor qilinmasa) apellatsiya tartibida 
ko‘rilishi bilan hukm barcha sudlanganlarga nisbatan qonuniy kuchga 
kiradi va ijroga beriladi. Qamoq joylarida hukm, ajrim va qarorlar 
ijrosi bo‘yicha kelgan ma'lumotlar haqida devonxona mudiri ishlami 
hisobga olish varaqasiga tegishli belgi qo‘yadi,
Devonxona mudiri ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan 
ammo hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar munosib xulq-atvorda 
b o iish to‘g ‘risida tilxat, shaxsiy, kafillik, jamoat birlashmasi yoki ja- 
moaning kafilligi, garov, voyaga yetmaganlami kuzatib turish uchun 
berish kabi ehtiyot choralari qoilanilgan shaxsga nisbatan hukm 
yuqori sud tomonidan o ‘zgarishsiz qoldirilganligi haqidagi ajrimni
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


olgach yoki hukm ustidan shikoyat berilmagan va protest bildirilma- 
gan boMsa, uning shikoyat yoki protest bildirish muddati o ‘tgach, 2 
ta hukm nusxasini 3 kundan kechiktirmasdan mahkumning yashash 
joyidagi ichki ishlar organlariga ijro uchun yuboradi. Hukmni ijro- 
ga yuborish haqidagi xatda iming qachon qonuniy kuchga kirganligi 
ko‘rsatiladi va bu xat sudya tomonidan imzolanadi.
Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayin- 
langan voyaga yetmaganlarga nisbatan sud hukmi yoki ularga nis- 
batan majburlov choralari qo‘llash haqidagi ajrimning nusxalari ular 
yashaydigan joydagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullnuvchi 
komissiyalarga yuborilishi kerak. Hukmning tarbiyaviy ta’sirini 
oshirish maqsadida uning nusxasi sudlanganning o ‘qish, yashash 
joylariga ham muhokama qilish uchun yuborilishi mumkin.

Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish