Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aliev A. Ta`lim tayanchi. Xalq ta`limi 1992 yil. № 8-9.
2. Nasriddinov B. Pedagogik mahoratga yangicha munosabat. Xalq ta`limi
№ 8-9. 1992 yil.
3. Xasanov T. Ko`p qirrali pedagogik mahorat. Xalq ta`limi. 1992 y.№4-
4. Zyaz’yun I.A. Pedagogik mahorat asoslari M.1989 y.
5. Yunusov. O`qituvchining faoliyatini oshirish. Xalq ta`limi. 1992 y.№4
Milliy istiqlol, fan-texnika taraqqiyoti ishlab-chiqarishning barcha jabhalarida mehnat qilayotgan kishilardan, shu jumladan, yoshlar ta`lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan kasb egalaridan yuksak professional tayyorgarlikka g’oyaviy siyosiyiy barkamollikka, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo`lgan kasb egasi bo`lishni taqozo qilmoqda.
Maktablarning milliylashuvi jarayonida ta`lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakli, usullari keskin o`zgarmoqda. Yangi o`zbekona maktab, yangi fanlar, yangi dastur, yangi mazmunga ega bo`lgan darsliklar yaratilmoqda. Bu yangiliklarni amalga oshirishda yangicha fikrlovchi o`qituvchilar kerakligi zarurati tug’ilmoqda. Bu esa pedagogika fani oldida o`qituvchi kasbi mahorat takomillashtirish malakasini oshirishning yangi yo`l-yo’riqlarini tamoyillarini ishlab chiqish lozimligini ko`rsatmoqda.
Darhaqiqat, barcha kasbkorlar tizimida o`qituvchilik kasbi muhim ahamiyat kashf etadi. Chunki o`qituvchi pedagog yoshlarning g’oyaviy-siyosiyiy tayyorgarligida dastlabki, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g’risidagi bilimlarni egallashlarida, kasbkor malakalari bilan qurollanishlarida asosiy bo`g’in hisoblanib muhim ijtimoiy mafkurani vazifasini bajaradi. O`z kasbining bilimdoni bo`lgan mohir pedagog shaxsning ma`naviy tafakkurini davr talablari asosida rivojlantira oladi.
O`qituvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib ulardagi qobiliyat, iste`dod, qiziqish, e`tiqod va amaliy ko`nikmalarni shakllantiradi hamda rivojlantiradi.
Qayd etilgan vazifalarni o`z qalbining mohir egasi bo`lgan, ya`ni mabodo gap o`qituvchilik qalbi to`g’risida biror jonli narsaning, pedagogik mahorat egasi bo`lgan kishigina ochiq tushunadi va bajara oladi. Buning uchun o`qituvchi - tarbiyachi o`zi o`qitadigan fanni chuqur va mukammal bilishi, ilmiy - nazariy bilimlar bilan qurollangan bo`lishi, jamiyat taraqqiyoti tamoyillarini egalagan bo`lishi darkor. Bu majburiyat o`z navbatida o`qituvchidan o`z kasbiy malakasi ustida tinmay ishlashni, yuksak pedagogik mahoratni egallash uchun izlanishi lozimligini talab etadi.
Xo`sh, pedagogik mahorat nima? U qanday qilib qo`lga kiritiladi? Kasbiy mahoratni oshirishda kollej rahbarlari qanday ishlarni amalga oshirishlari kerak. o`qituvchilarning pedagogik mahorat deganda, biz o`qituvchi- tarbiyachining shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi , hayrixohligi va h.k.) va kasbiy ( bilimdonligi ; eridutsiyasi , ijodkorligi , yangilikka intilishi va h.k.) xususiyatlarini ifodalovchi fazilat hisoblanib, u o`z fanini mukammal va chuqur bilishida, «psixologik- pedagogik tayyorgarligida , o`quvchi -yoshlarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo`llarini izlab topishda»! namoyon bo`ladigan holatni tushunamiz. O`qituvchining ushbu xususiyatlari quyidagi masalalarni hal etish orqali amalga oshadi:
a) yuksak pedagogik mahorat har bir o`qituvchining shaxsiy e`tiqodi va ehtiyojiga aylansa;
b) o`qituvchiga pedagogik mahorat egallash uchun bilim, ko`nikma, malakalar shakllangan bo`lsa;
v) o`qituvchi pedagogik mahorat egasi bo`lishi uchun tinmay izlasa, pedagogik-psixologik, usuliy ma`lumotlarni faoliyatning bosh mezoni deb bilsa;
g) muntazam ravishda o`z faoliyati oldida turgan vazifalarni yangicha yo`l bilan hal etishga intilsa ;
d) pedagogik mahoratni bosqichma-bosqich qo`lga kiritish uchun tizimli mustaqil ish olib borsa;
j) muntazam o`z faoliyati natijalarini tahlil qilish malakalari shakllangan bo`lsa;
z) ilg’or, ijodkor pedagoglar faoliyatini o`rganib shaxsiy faoliyatga imkoniyati chegarasida qo`llash malakasi hosil bo`lgan bo`lsa;
i) kollej rahbarlari tomonidan o`qituvchining mustaqil bilim olishi, ilg’or pedagogik tajribalarni o`rganib, faoliyatga qo`llashi uchun shart-sharoitlar yaratilsa;
k) o`qituvchi shaxsiy pedagogik tajribaga ega bo`lsa va h.k. Viloyat kollejlari pedagogik xodimlarining faoliyatini o`rganish, pedagogik -psixologik adabiyotlar bilan tanishishi quyidagi yo’nalishlardagi ma`lumotlar bilan qurollanmagan o`qituvchilikka pedagogik mahoratni egalashi mumkinligidan dalolat bermoqda:
1. O’quv kursining metodologik va ilmiy -nazariy egasi bilan qurollanishi;
2. Ta`lim-tarbiyaning davr talablari asosida maqsad va vazifalarni anglash va amalga oshirish yo`llarini bilish;
3. Shaxsiy pedagogik faoliyani mustaqil tashkil etish va mustaqil bilim olishni aniq rejalashtirish;
4. Shaxsiy pedagogik faoliyani mustaqil tashkil etish va mustaqil bilim olishni aniq rejalashtirish;
5. Ta`limning tarbiyaviy imkoniyatlariga foydalana bilish;
6. O`qituvchining komp’yuter bilimdonlika ega bo`lishi;
7. Ta`lim-tarbiya jarayoniga izlanuvchanlik, ijodkorlik nuqtai- nazardan yondashish;
8. Pedagogik muammolarning ma`lum vositalarni faollikga ijodiy qo`llay olish malakalari bilan qurollanishi.
Ushbu yo’nalishlarga doir ma`lumotlar har bir o`qituvchining shaxsiy ehtiyojga aylanishi va o`qituvchi qayd etilgan yo`nalishlardagi ma`lumotlarni muntazam egallashga harakat qilishi kerak. Bu o`z navbatida o`qituvchini kasbiy mahorat pillapoyalari sari odimlashga undaydi.
Qayd qilingan yo’nalishlardagi bilim va ma`lumotlarning mazmuni nimadan iborat va ular o`qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga qanday ta`sir qiladi. Endi ana shu masalalarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
1. O`quv predmetining metodologik ilmiy-nazariy asosi bilan qurollanish. Har bir fan o`qitadigan mavzusi, muammosiga qarab metodologik va ilmiy-nazariy asosga ega. Fanning metodologik va ilmiy-nazariy asosi bilan qurollanishi taraqqiyoti qonunlarini aniq anglash va to`g’ri talqin etish imkoniyatini beradi. Ta`lim-tarbiya jarayoni ana shu taraqqiyot qonuniyatlarini anglashga qaratilgan, maqsadga yo’naltirilgan o`qituvchi va o`quvchining o`zaro hamkorligidan iborat. Mana shu hamkorlik natijasida o`qituvchi rahbarligida o`quvchi bilmaslikdan-bilishgacha, oddiy narsa va hodisalarning mohiyati, mazmunini bilishdan, murakkab narsa va hodisalarning mohiyati mazmunini bilishgacha yo`lni bosib o`tadi. Bilish jarayonida o`qituvchilar kollej, jamiyat, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini bilib oladilar. Chunonchi ta`lim jarayonining metodologik asosi ham bilish jarayonidan iboratdir. Bilish jarayoni ya`ni haqiqatni, real borliq qonuniyatlarini anglash «jonli mushohadadan mavhum tafakkurga, undan amaliyotga o`tish» (V.I.Lenin) orqali amalga oshadi. Jonli mushohada jarayonida, ya`ni sezgi, quloq vositasidir real borliqda narsa va hodisalar predmetlar to`g’ri sida o`qituvchilarda tasavvurlar paydo bo`lib, mavhum tafakkurni hosil qiladi, natijada borliqdagi narsa va hodisalar haqida, ularning tuzilishi, bir-biriga bog’liqligi, farqi, belgisi bordan yo`q, yo`qdan bor bo`lmasligi, narsa-hodisalarning shakli o`zgarishi to`g’risida ma`lumotlar egallanadi va o`qituvchilar amaliyot orqali, narsa-hodisalarning tom ma`nosini anglab oladilar. Shuning uchun asosiy ilmiy g’oyalar, davr qonuniyat, qonuniyatlarini to`g’ri anglash, birisi oqibatida kursning bosh yo’nalishi, metodologiyasi tushuniladi va amaliyotga qo`llaniladi. Bu o`qituvchi uchun nihoyatda muhimdir.
2. Ta`lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini har bir davr, jamiyat talab-ehtiyojlari asosida anglash hamda shaxsiy faoliyatda amalga oshirish. Mustaqillikka erishgan jumhuriyatimiz Oliy Kengashida 2 iyul 1992 yil «Ta`lim to`g’risida» qonun qabul qilib hamda hozirgi davr maktabining maqsad va vazifalariga quyidagicha belgiladi:
Bu maqsad va vazifa maktab o`qituvchisidan ta`lim-tarbiyaning qonuniyatlari, mohiyati, mazmuni, shakli, usul va vositalarini hozirgi kun talablari darajasida anglashni. Pedagogika, psixologiya, o`qitish usuliyoti yutuqlari, yangiliklarini har doim bilib borishni va ularni muntazam ravishda faoliyati, umumiy ta`lim uzluksiz davlat ta`limi tizimida asosiy bo`g’in bo`lib ta`lim oluvchilar ilmiy bilim, mehnat va boshlang’ich kasbkor ko`nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o`z ijodiy qobiliyatlari va ma`naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta`minlaydi». Shuning uchun har pedagog-tarbiyachi shaxsiy o`qitish yo`llarini pedagogika-psixologiya fanlari yutuqlari, ilg’or pedagogik tajriba, ishlab chiqarish bilan bog’lab borsagina oldiga qo`yilgan maqsadiga erishadi. Chunonchi har qanday pedagog tadbir vaziyat bilan bog’liq. «Mutlaqo to`g’ri bo`lgan har qanday pedagogik tadbir yoki tizimni o`rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa, hozirgi bosqich sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qoida qotib qolgan qoida bo`ladi» deb yozgan edi bir adib. Darhaqiqat, har qanday pedagogik tadbir vazifaga, davr talablariga asoslanib o`zgarib turishi, buning uchun o`qituvchi-tarbiyachi vaziyatga qarab ish tutishi, o`z hissiyoti, tasavvuri, qobiliyati, holatini idora qilish malakasiga ega bo`lishi tinmay izlanishi, o`qishi fahm-farosatga ega bo`lishi lozim. O`qituvchi ba`zan kundalik ishlarining natijasizligiga duch kelishi mumkin. Bundan uning umidsizlanmasligi xafsalasi pir bo`lmasligi kerak, chunki harqanday muvoffakiyatsizlikdan so`ng, muvaffaqiyat hafalikdan so`ng quvonchlikning kelishi tabiiydir.
Bu faqat betakror izlanishlar o`z pedagogik mehnatini tahlil qilish, faoliyat natijalikda to`g’ri baho berish asosida amalga oshishi mumkinligini his qila bilish orqali qo`lga kiritiladi.
3.Shaxsiy pedagogik faoliyatni mustaqil tashkil qila olishi va mustaqil bilim olishni aniq rejalashtirish. O`qituvchi bu yo’nalishda bilimlarni mustaqil qo`lga kiritish malakalariga ega bo`lishi, ilmiy-usuliy faoliyat maqsadini, yo`llarini aniq rejalashtirib olishi talab etiladi. Bundan o`qituvchi mustaqil o`z ustida ishlashining kompleks malakalariga ega bo`lishi, o`z-o`zini, ish faoliyati natijalarini tahlil qila olishi nazorat va baholashi ko`nikmalarga ega bo`lmog’i darkor.
Mustaqil bilim olish, nazariy, usuliy, amaliy tayyorgarlikni takomillashtirish quyidagicha amalga oshirilsa talabga muvofiq bo`ladi:
A) ma`naviy-siyosiy tayyorgarlik;
B) ilmiy -nazariy, pedagogik-psixologik va usuliy tayyorgarlik;
V) ilg’or pedagogik tajriba, ijodkor o`qituvchilar faoliyatini o`rganish;
G) madaniy tayyorgarlik va matbuot materiallari bilan muntazam tanishib borish.
4. Ta`limning tarbiyaviy imkoniyatlarini amalga qo`llab olish. Har bir o`qituvchi ishlarni o`qitar ekan, ularni ma`lumotli qilar ekan shu bilan birga ularga ilmiy dunyoqarash, ahloqiy - estetik fazilatlarni, diniy dunyoviy tarbiyani, mehnat qilish kasbkor tanlash malakalarini shakllantiriladi. Chunonchi ta`limning o`zi tarbiyalovchi xarakterga ega.
O`qitishning mana shu imkoniyatini har tomonlama va chuqur bilgan o`qituvchilikka ta`limning bu funktsiyasini to`la amalga oshira olishni to`la bajaradi. Akademik B.T.Lixachev o`z risolasida ta`limning tarbiyalovchi imkoniyatlarini chuqur va atroflicha tahlil qilib bergan. Albatta har bir zamonaviy o`qituvchi bu qo`llanmani bilishi va undan o`z amaliy faoliyatiga foydalanishi lozim.
5. O`qituvchining komp’yuter savodxonligi. Hozirgi davr fan-texnika inqilobi, progressiv taraqqiyoti davri. Fan mazmuniga ishlab chiqarishga elektr hisoblash mashinalari, komp’yuter jadal sur`atlar bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun bugungi kun o`qituvchisidan o`quv jarayoniga EHM ni qo`llab olish malakalariga ega bo`lib, texnika vositalarini, komp’yuterni qo`llab olishi talab etilmoqda. O`z fanini EHM fani bilan bog’lab olish imkoniyatida to`la foydalanilmog’i darkor. Topshiriqlarni yechishda, amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish jarayonida mikrokolkulyatorlarni qo`lllash imkoniyatini egallagan bo`lsagina fan asoslarini tez va soz o`qituvchilarga o`tkaza oladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi va uning ishlash texnologiyasi hamda yoshlarga dastlabki elementar ma`lumotlarni bera oladi. Shuning uchun o`qituvchiga komp’yuter bilimdonligi nihoyatda zarur.
6. Ta`lim-tarbiya jarayoniga tadqiqotchilik nuqtai nazaridan yondashish. Yangi pedagogika psixologiya fanlar o`qituvchidan o`z faoliyatini tadqiqotchilik asosida tashkil qilish lozimligini ko`rsatmoqda. Bu deganimiz har bir zamonaviy pedagog fan bilan shug’ullana olish pedagogik muammolarini aniq vositalarini ijodiy amalga oshirish malakalari bilan qo`llanishning lozim deganimizdir. Darhaqiqat, buyuk nemis pedagogi, nemis o`qituvchilarining o`qituvchisi Adol’f Disterverg «o`qituvchi fan bilan shug’ullanmogi lozim. Aks holda u quruq daraxt yoki toshga o`xshab qoladi. Quruq daraxt va tosh hech qanday meva bermaganligi, fan bilan shug’ullanmaydigan o`qituvchi ham meva berish layoqatini yo’qotib qo`yadi»,- deb aytganida ming karra haq edi. Shuning uchun kasbiy mahorat egasi bilishni ahd qilgan o`qituvchi, fan bilan shug’ullana olishi, tadqiqot olib borish malakalariga, ya`ni eksperiment o`tkaza olish, uni rejalashtirish amalga oshirish bilimlari bilan qurollangan bo`lishi lozim. Shunda u o`quv tarbiya ishlari tizimiga ta`lim-tarbiyaning yangi usullarini, vositalarining tadbiq eta olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
7.Pedagogik muammolarning ma`lum vositalarini faoliyatga ijodiy qo`llay olish. Bizga ma`lumki, keyingi shartlarda pedagogik matbuot sahifalarida, o`qituvchilarning mashg’ulotlarida, umumiy kengash yig’ilishlarida «Ilg’or pedagog», «Novator pedagog» degan tushunchalar tez-tez tilga olinadigan bo`ldi. Nisbatan o`z ishiga mas`uliyat hissi bilan yondashib, o`quvchi yoshlarni o`qitish va tarbiyalash usullaridan o`rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.
«Novator pedagog» esa ta`limot-tarbiyaning eng ilg’or usul va vositalari bilan kifoyalanib qolmay balki ularning yangilarini, eng optimalini ixtiro qilib o`z faoliyatiga tadbiq etadi. Asosan bunday o`qituvchilarda ilmiy tahlil, o`z-o`zidan nazorat, faoliyat jarayoniga tanqidiy qarash xususiyatlari rivojlangan bo`ladi.
Bugungi kunda pedagogik muammolarning ma`lum vositalarini faoliyatga ijodiy qo`llay olish mezoni, kasbiy mahoratni qo`lga kiritishning muhim mezonlaridan hisoblanib, u o`qituvchi faoliyatida ta`lim-tarbiyaning usul, vositalarini yangi vaziyatda, shaxsiy pedagogik yutuqlari pedagogika-psixologiya, metodika fanlarining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribalari bilan taqqoslay olishida namoyon bo`ladi.
Qayd qilib o`tilgan yo’nalishlardagi ma`lumotlardan tashqari pedagogik mahoratni qo`lga kiritish uchun o`qituvchidan pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika, pedagogik muomala, pedagog takt to`g’risida ma`lum bilimlarga ega bo`lish talab etiladi. O`qituvchining ta`kidlab o`tilgan sifatlari uzviy bog’liqlikda bir-birini to`ldiradi, bir-biriga ta`sir ko`rsatadi va bir butunlikni tashkil etadi. Xususan, o`qituvchining pedagogik qobilyati, uning ham aqliy, ham hissiy-irodaviy tomonlarini xarakterlab beradi. Chunonchi, pedagogik qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchiga akademik, didaktik, pertsiptiv ekspressiv tashkilotchilik, avtoritar qobiliyatlar, pedagogik xayol aniq shakllangan bo`ladi. Akademik qobiliyatli o`qituvchida doim bilimga ehtiyoj sezilib turadi, natijada u fundamental fanlarni qiziqib o`qiydi, o`zlashtiradi, o`z fanini o`qitish jarayoniga egallagan bilimlarini to`liq qo`llashga harakat qiladi va tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi.
O`qituvchida didaktik qobiliyat shakllanmagan bo`lsa, undosh o`qituvchi ta`limni tashkil etish, amalga oshirish malakasidan mahrumdir. Didaktik qobiliyatli o`qituvchi ta`lim tamoyillarini, usullarini, o`qish ishlarini tashkil qilishning shakllarini, vositalarini, o`qituvchilar bilim, ko`nikma, malakalarini nazorat qilish va baholash yo`llarini har tomonlama egallagan o`qituvchidir. Bunday o`qituvchilar taqqoslash, ko`rsatish analiz sintez qilish, namuna keltirish orqali o`qituvchilarga bilimga chanqoqlikni tarbiyalaydi, ularning tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, individual psixologik xususiyatlarini rivojlantiradi. Natijada, o`quvchilar mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tashabbuskor bo`lib tarbiyalanadilar. Pertsiptiv qobiliyati shakllangan o`qituvchida o`quvchilar bilan muomala-muloqotga kirisha olish, munosabat o`rnatish oson kechadi. Ma`lum vaziyatlarda o`quvchilarga iliqlik, muloyimlik, mehribonlik, hayrixohlik bilan muomalada bo`ladi. 3 fani mazmuni, olib boradigan mashg’ulotlari orqali, o`quvchilarda mehr-shafqatli, mehribon, rahmdil, o`zgaga izzat-hurmatda bo`la olish hissiyotlarini uyg’ota oladi. Ba`zan o`qituvchilardan o`z fikrini, tasavvurlarini, hissiyotini nutqda obrazli qilib bayon etish malakasi kerak bo`ladi. Fanda bunday qobiliyat ekspressiv qobiliyat deb nomlanadi. Bunday qobiliyatli o`qituvchi nutq diktsiyasi, tilni tembrini egallagan, uning nutqi aniq ifodali, ravshan tushunarli, mimik ifodalarga boy bo`lib, o`z muloyimligi, yoqimliligi, ta`sirchanligi bilan farqlanib turadi. O`quvchilarni boshqarish, ularga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish, shu asosda bolalar jamoasida, obro`-e`tibor qozonish o`qituvchi uchun muhimdir. Bu faqatgina avtoritar qobiliyat orqali qo`lga kiritiladi. Avtoritar qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi o`z fanini sevadi, uning mazmunini o`quvchilarga maroqli, ta`sirchan qilib tushuntira oladi va shu orqali o`quvchilarning hurmat-e`tiboriga sazovor bo`ladi. Tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lgan o`qituvchi o`ziga birkitilgan sinf o`quvchilarining ximoyasini shakllantirish imkoniyatiga egadir. U o`quvchilarning dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarini to`g’ri faol tashkil qiladi. Turli xil o`quvchilarni tadbirlarni uyushtirib, ularga o`quvchilarni jalb qiladi.
Pedagogik xayol o`qituvchiga o`z faoliyat natijalarini oldindan ko`ra bilish qobiliyatidir. Bu o`qituvchi uchun zarur hisoblanib, o`qilayotgan dars jarayonida o`quvchilarning ahloqiy sifatlarini, irodaviy xususiyatlarini tarbiyalash imkonini beradi.
Pedagogik xayol o`qituvchining o`z mahoratini takomillashtirish da`vat etib, mashg’ulotlar jarayonida o`quvchi shaxsini kamol toptirish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik mahorat mazmunida pedagogik texnika yotadi. Pedagogik texnika ta`lim-tarbiya uchun zarur bo`lgan umumpedagogik malakalar yig’indisidan iborat. Uning tarkibida o`qituvchining nutq malakalari, o`z fikri, his-tuyg’ularini so`zda aniq ifodalash malakalari kiradi. Pedagogik texnikani egallagan, o`z hissiyotini boshqara oladigan, aktyorlik, rejissyorlik malakalarini to`g’ri bilgan bo`ladi. Bu esa o`z navbatida o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish, o`z kuchini, vaqtini tejab, ijodiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Pedagogik muloqot-o`qituvchi kasbiy faoliyatning bir ko`rinishi hisoblanib, ta`lim-tarbiya jarayonining barcha ishtirokilari orqali o`rtasidagi o`zaro ta`sir vositasi orqali amalga oshiriladi.
Pedagogik mahorat pillapoyalari sari intilayotgan o`qituvchi, professor A.K.Markova ta`kidlaganidek, pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari bo`lishi, o`quvchiga yangi ma`lumot berish yoki fikr almashish, o`qituvchi bilan o`quvchilarning bir-birlarini o`zaro bilishlari, bir-birlarining hulqlarini tuzatish va boshqarish, o`qituvchi shaxsiy fikrining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi, muloqot ishtirokchilarining bir-birlaridan qanday hosil qilishlari va hokazo vazifalarini; tashkil etuvchi baho beruvchi, intizomga undovchi kabi vositalarini, demokratik, avtoritar liberal kabi usullarini har tomonlama egallagan.
Pedagogik mahoratning yana bir muhim tarkibiy qismi-pedagogik taktdir.
Takt- tegishish, yondashish degan ma`noni anglatadi. Bu ahloqiy kategoriya hisoblanib insonlar, umuman, o`qituvchi va o`quvchilar qisman munosabatini tartibga solib turish uchun xizmat qiladi. Insonparvarlik, printsipiallik, hayrixohlikka asoslangan takt tartib-intizomni saqlab turib, murakkab vaziyatlarda ham kishilar o`rtasidagi hurmatni saqlab tura oladi. Pedagogik takt o`qituviga bolalar qalbiga yo`l topish uchun katta ahamiyat kashf etadi. Chunonchi, u o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishning o`lchovchi, omili rolini bajaradi.
Shunday qilib aytib o`tganimizdek, pedagogik mahoratni egallash uchun o`qituvchi ma`lum yo’nalishlar bo`yicha muomala va pedagogik qobiliyat, texnika, aniq bilimlarga ega bo`lishi zarur. Bu malakalar o`qituvchida bevosita mehnat jarayonida, o`quv-tarbiya muassasalarida boradi. Bu malakalarni egallashi va rahbarlari katta rol’ o`ynamoqlari lozim. Xo`sh, ular qanday ishlarni yo`lga qo`yishlari va amalga oshirishlari talab etiladi. endigi fikrimiz analiz to`g’risida boradi.
Bu ishlar o`qituvchi uzluksiz malaka oshirishining kursgacha, kurs jarayonida va kursdan keyingi tayyorgarlik bosqichlarida amalga oshiriladi.
Kursgacha tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifasi o`qituvchining nazariy, usuliy va amaliy tayyorgarligi hamda ehtiyoji va tayyorgarligini diagnostika asosida tashkil etish mazmunida, pedagogik mehnat natijalarini chuqur tahlil qilish yotadi. Maktab rahbarlari o`qituvchi qiynaladigan, ehtiyoj seziladigan tomonlarini o`rganib kursgacha bo`lgan davrda unga amaliy yordam ko`rsatish masalasini hal etishi lozim. Masalan, o`qituvchi o`quv predmetining metodologik, ilmiy-nazariy asoslarini, ta`lim-tarbiyaning zamonaviy maqsad va vazifalarini anglash va amalga oshirishga ehtiyoj bo`ladigan bo`lsa, umumiy kengash, metodbirlashma, maxsus seminarlarda «Ilmiy bilimlarning tuzilishi», «Ta`lim-tarbiyaning muammolari», »Ta`limda modellashtirish», «Hozirgi zamon darsi», «Darsning uch didaktik maqsadini amalga oshirish yo`llari» va hokazo mavzularda ma`ruzalar tashkil qilish lozim.
Agar o`qituvchi pedagogik muammolarning ma`lum vositalarini amalda qo`llashga tashkil qilishi, mustaqil bilim olishni yo`lga qo`yishda ehtiyoj sezsa, unda maktablarda ta`lim to`g’risidagi qonun va ta`lim sifatini oshirish yo`llari, «o`qituvchining faol shakllari», «o`quv jarayonini optimallashtirish» mavzusida seminarlar, «Ilg’or pedagogik tajribani o`rganish va shaxsiy faoliyatda qo`llash», «o`qituvchi ishini, rejalashtirish va tahlil qilish», «Darslarda o`tmish avlodlar merosini o`rganish» kabi maxsus pedagogik diagnostika natijalari asosida amalga oshirilishi lozim. Chunonchi, pedagogik diagnostika o`qituvchi faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlarini yuzaga chiqarish, uni tuzatishning usul va vositalarina aniqlash yo`lidir.
O`qituvchi qiyinchiligi, ehtiyojini, nazariy, usuliy, amaliy tayyorgarligini aniqlash uchun maktab rahbarlari o`z maktablarida quyidagi ko`rinishda diagnostik xarita tuzib kasbiy mahoratni o`rganishlari mumkin.
Bundan tashqari kursgacha bo`lgan davrlarda, o`qituvchining malakasini takomillashtirish uchun quyidagi masalalarni amalga oshirish mumkin:
a) ilg’or pedagogik tajriba bilan tanilish;
b) o`z faoliyatini tahlil qilishni yo`lga qo`yish;
v) tadqiqotchilik topshiriqlarini bajarish;
g) asosiy pedagogik g’oyalarni belgilash va o`z shaxsiy faoliyati natijalari bilan taqqoslash;
d) qo`lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish, aprobatsiyadan o`ktazish) maxsus kurslar, seminarlar, anjumanlar, ko`rik-tanlovlar tashkil qilish;
z) «yil o`qituvchisi», «yil tarbiyachisi» tanlovlarini tashkil qilish;
i) mustaqil bilim olishni yo`lga qo`yish;
Malaka oshirish kurslarida o`qish jarayonida, o`qituvchining mustaqil bilim olishga tayyorgarlik darajasi, ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyati aniqlanadi. Shu asosda ma`ruzalar, seminarlar, amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari, ilg’or pedagoglar darslarini kuzatish ishlari tashkil etiladi. Bu jarayonda har bir o`qituvchi o`zining nazariy, usuliy tayyorgarligi darajasini, ilg’or tajribalarini bosh g’oyalarini, uning rivojlanishi dinamikasini bilib oladi va shaxsiy tajribasi, tayyorgarli doirasida bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Shuningdek, malakani oshirish kurslarida o`qish bosqichida o`qituvchi kursdan keyingi faoliyatini tashkil etishni rejalashtirish; mustaqil bilim olishning ko`nikma, malakalarini shakllantirish: o`z faoliyatini baholash, nazorat qilishning ko`nikma va malakalariga ega bo`lish; ma`lum usuliy mavzular ustida ishlash; ilg’or imkoniyatlarini yo`lga kritadi.
Kurslarda tashkil etiladigan ijodiy guruhlar faoliyati bilan tanishish, o`qituvchining o`quv predmeti bo’yicha nazariy, usuliy, amaliy tayyorgarlik-psixologik bilimlarini chuqurlashtirish, g’oyaviy siyosiy savodxonligini oshirish imkoni beradi. Bu o`z navbatida shaxsiy kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.
Kursdan keyingi malaka oshirish bosqichida o`qituvchi o`z pedagogik -psixologik tayyorgarligini takomillashtirish ustida ishlamog’i darkor. Xususan kursdan so`ng quyidagi yo’nalishdagi ishlarni maktab rahbarlari tashkil etsa, o`qituvchining pedagogik mahoratin takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratgan bo`ladi.
-ma`lum pedagogik muammolar bo`yicha ijodiy guruhlarni tashkil etish;
-metodik kengash, metod birlashmalar faoliyatini yangi pedagogik texnologiya asosida ko`rish;
-pedagogik faoliyatning ma`lum yo’nalishlari bo`yicha seminarlar, usuliy-amaliy anjumanlar (konferentsiyalar), pedagogik o`qishlar tashkil etib, ularga o`qituvchini jalb qilish.
-pedagogik oliygohlar bilan hamkorlik ishlarini uyushtirib o`qituvchini ilmiy-tadqiqot ishlariga tortish;
-ilg’or tajriba maktablari, yosh o`qituvchilar maktabi faolityani yo`lga qo`yish;
-maktab muammosidan kelib chiqib «davra stollarini» uyushtirish. Shuniningdek maktablarda rahbarlar o`qituvchining dars jarayonidagi, sinfdan va maktabdan tashqari, sinf rahbarligi faoliyatini o`rganib, uni o`qituvchi bilan yaxshi tartibdagi suhbat orqali hal etsa bu ham kasbiy mahoratni takomillashtirish imkonini yaratadi. Buning uchun maktab raxbari o`qituvchining darsdagi, sinfdagi va maktabdan tashqari, sinf rahbarligi faoliyatini aniqlovchi mezonlarni o`z maktabida ishlab chiqmogi darkor. Bu taxminan quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Ko`rsatilgan faoliyat yo’nalishlari bo`yicha o`qituvchining o`quv-tarbiya sohasidagi yutuqlari, yo`l qo`ygan kamchiliklari aniqlanadi va o`qituvchiga kerakli maslahatlar beriladi. Buning oqibatida o`qituvchining nazariy, usuliy, amaliy tayyorgarligini yaxshilash, kasbiy mahoratini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi.
Shunday qilib, biz o`qituvchining kasbiy mahorat takomillashtirish va uni amalga oshirishda makatb rahbarlarining olib borgan ishlarining ayrim bug’inlarini yoritib o`tdik. Albatta kasbiy mahoratni takomillashtirish, o`qituvchini o`z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash uchun yana ko`p masalalarni hal etishga to`g’ri keladi. Biz ushbu ma`ruzada imkoniyatimiz chegarasida kasbiy mahoratni oshirish xususida tasavvurlarini bayon etdik, bu juda katta, ilmiy-amaliy muammolardir. Kelajak tadqiqot ishlarimizda kasbiy mahoratni takomillashtirishning boshqa qirralarini o`rganish va pedagogik mabuotda yoritish niyatlarimiz bor.
Takrorlash uchun savollar:
Umumlashgan texnologiya deganda nimani tushunasiz?
O`quv jarayonini aktivlashtiruvchi shartlariga nimalar kiradi?
Muammoli ta`limni tashkil qilishda pedagogning o`rni haqida gapirib bering?
Modulli ta`lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Rivojlantiruvchi moddiy ta`limni amalga oshirishda o`qituvchi o`rni haqida gapirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |