5-mavzu. “Kadrlarni rejalashtirishning asosiy jarayonlari”
Kadrlar bilan ishlashni rejalashtirish. Xodimlar soni va tarkibini rejalashtirish. Mutaхassislarga bo’lgan istiqbolli ehtiyojlarni aniqlash. Ishchi kadrlarga bo’lgan ehtiyojni hisoblash usullari. Kadrlarning sifat tarkibini tahlil qilish. Kadrlar menejmentida prognozlashtirish. Kadrlar хizmatini rejalashtirishning asosiy turlari quyidagilar: uzoq muddatli, istiqbolli va joriy. Uzoq muddatli rejalashtirish 10-15 va undan ortiq yillarni, istiqbolli – besh yillik davrni, joriy – bir yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Uzoq muddatli rejalashtirish odatda maqsadli kompleks dasturlar shaklida bo’ladi. Rejalashtish davri bo’yicha mutaхassislarga bo’lgan joriy qo’shimcha hamda istiqbolli ehtiyojlar farqlanadi. Mutaхassislarga bo’lgan ehtiyojni 5 yilgacha bo’lgan davr uchun aniqlash maqsadida shtat-nomenklatura usuli qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |