298
butunlay ramkali konstruksiyadan o’zgarishini aniqlash muhim .Ramkadan
tashqariga gap bo’laklarini chiqishi yoki “noto’liq “ ramka bugungi kunda
keng tarqalgan hisoblanadi.Tilshunoslikda “Ausklammerung” termini
“Umklammerung” terminiga antonim sifatida kiritilgan va uning sinonimi “
Einklammerung” hisoblanadi. Schmidt ramkasidan chiqarilgan elementlar
soniga qarab “qisqartirilgan” yoki “ potensial ramka” terminlarini
ishlatadi.Agar ramkadan tashqarida bitta yoki bir necha gap bo’laklari
chiqarilsa, bunday xolat “qisqartirilgan” ramka xisoblanadi,
agar hamma gap
bo’laklari chiqarilgan bo’lsa “ potensial ramka” bo’ladi:
“Es wird verwiesen auf den Idealismus, der im Rahmen sich verbreitet,
also”. “ Was ist bekannt über den Männel” [ Steinhőfel.A. Die Mitte der Welt,
S.41] (qisqartirligan ramka). In den Fahrschulen sollte mehr auf Autobahnen
und Landstraβen geübt werden als in der Stadt ( Suter . M. Der Koch, S.107)
Oxirgi vaqtlarda tilshunoslar xozirgi nemis tilida noto’g’ri ramka ko’proq
ishlatilishini aytishiyapti. “Bir qancha xolatlar normaga aylangan , boshqalari
esa juda keng tarqalgan va ular ikkinchi darajali norma xisoblanishi
mumkin” [Gulga , Hatanzon 2004:323]Ilmiy adabiyotlarning
taxlil fikri bu
xolatda, ramkali konsturuksiyaning buzilishi qanchalik tarqalgani aniq emas .
Bu sintaktik xolatga maxsus sintaktik va grammatik jihatdan e’tibor berish XX
arsning 50-yillaridan boshlangan.
Birinchidan ,,Ausklammerung’’ termini Duden-Grammatik lug’atida 1966-
yil paydo bo’lgan. Bunday kuzatish yozma nutqda kuzatilgan va aniq natijalarni
olishga qaratilgan.E.Benes, U. Goberg, R.Rat mashxur tilshunoslarning ishlari
ramkali konstruksiyaning buzulishi muammosiga qaratilgan, ular bu xolatni
tilning normasi sifatida ko’rishga harakat qilishgan.RK ning paydo bo’lishi
bosqichida komponentlar o’rtasidagi munosabatning birinchi o’rinda sabotsizligi
kuzatiladi.
Birinchi o’rinda bu fe’li ramkaga dahldor,fe’l gapning ichida erkinlik bilan
joy almashtiradi. Bir qancha tilshunoslar ( P.
von Polens, R,Rat va boshqalar)
fikricha bu RK ning buzulishidir. Bizning fikrimizcha komponentlarning erkin joy
almashishi gapning birinchi bo’lagiga bog’liq bo’lishi kerak.)Tarixiy nemis tili
ikki belgi bilan ta’riflanadi: bir tomondan sintaksisning yozma nutqqa ta’siri va
ramkaning og’zaki nutqqa rioya qilinishi, boshqa tomondan esa, ramkali
konstruksiyaning buzulish usullarini har xilligi(Polenz: 190-191) V.G.Admoni o’z
taqiqotlarida ramkadan chetlashishni XVI asrdagi bir qancha matnlarda ahamiyatli
bo’lganligini keltirib o’tadi. U o’zining kuzatishlarida ramkali- neytral gaplarni
chetga surib qo’yadi. Keyinchalik esa Admoni ishonch bilan shunday fikrni
bildirib o’tadi:,, 16-asr nima bo’lishidan qa’ttiy nazar,ramkadan
chiqishidagi
elementlarning soni qisqartirilishi bilan emas, ularning soni o’sishi bilan
mashxurdir’’(Admoni 1966:140).Ramka tuzulishining kuchsizlanishiga faqat xalq
og’zaki ijodi sabab bo’lgan bo’lishi mumkin degan fikr mavjud. Admoni bir
qancha og’zaki shakllarning yozma tilga bo’lgan ta’sirini aytib o’tgan, lekin
miqdorga oid ma’lumot buning teskarisini aytadi: ,, xalq og’zaki tili bu vaqtda
ramkali strukturaga bog’liqligi yo’q’’( Admoni 1966:140)
Ramkani to’liq buzulishi ilmiy asarlarda kuzatiladi. Bundan tashqari
ramkaning buzulishi keng ko’lamli katta gaplar qo’llangan asarlarda kuzatiladi.
299
Boshqa faktlarga quyidagilar kiradi:
emotsional-stilistik, stilistik-tematik,
komponentlarning ramkadan keyin tuzulishi, yozuvchi tomonidan qo’shimcha
kiritilgan komponentlar boshqa ma’noda kelsa.XVII asr ramka tuzulishda
qoidalarni buzmaslik bilan ajralib turgan. Ko’pchilik matnlarda ramkani to’liq
buzulish konstruksiyasi mavjud emas. Bunday an’ana XVII asrda ham
rivojlanishda davom etgan. Og’zaki va yozma nutqda bu sintaktik qurulishning
normalari bilan bog’liq. XVIII asrning birinchi boshi va o’rtasida adabiyotda
ergash gaplar va qiyosiy konstruksiyalarning ko’pincha ramkadan tashqariga
chiqishiga qaramay, RK chetlanishlar kam kuzatiladi.
Xulosa qilib aytganda, to’liq ramka o’zini ma’nosini asta-sekin yo’qotadi. ,,
Bunday konstruksiyadan XVIII asrdagi cheklanish sababi bu xis- tuyg’uning
kuchayishini boshlanishi va yozma nutqni og’zaki
nutqqa yaqinlashishi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: