Adabiyotlar
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 99-108 bet
2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
16-Мaruza.
Dielekrtik materiallar.
Reja:
Suyuq holatdagi dielektriklar.
Suyuq sintetik dielektriklar.
1. Suyuq holatdagi dielektriklar.
Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi.
Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi.
Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorod va azot kabi qo’shimchalar ham bo’ladi. Moydagi zararli qo’shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi.
Transformatorning moyini tozalash kislota yordamida, selektiv yoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo’lib, zichligi 861-895 kg/m3, qotish harorati -450C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-1400C , nur sindirish koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,626,6) 10-6m2/s va sirt taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo’lgani sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining tangensi 0,001-0,02 ga teng.
Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi. Bu asosan, suvning dielektrik
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
singdiruvchanligi katta (er≈81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈103104 Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo’shimchalardan tozalanib, so’ngra quritilsa, u o’zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi.
6-jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta’sir etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi.
6- jadval
Transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi.
Apparatdagi kuchlanish, kV
|
Moyning elektr mustahkamligi, kV/mm (h = 2,5 mm )
|
Quruq holatda
|
Ekspluatatsiya sharoitida
|
≤.6
35
110,220
≥ 330
|
25
30
40
50
|
20
25
35
45
|
Bu jarayon yorug’lik, quvvatli nur va aktiv katalizatorlar ta’sirida tezlashadi. Eskirish jarayonida transfarmator moyining rangi to’qarib, quyuqlashadi, tgδ qiymati kattalashadi. Filtrlash, regeneratsiya qilish va boshqa usullar orqali transformator moyi eskirishining oldi olinadi.
Neftdan tayyorlanadigan kondensator moyining tozalanish sifati transformator moyiga nisbatan birmuncha yuqori bo’ladi. Kondensator moyining zichligi 866-901 kg/m3, qotish harorati -450C, dielektrik xossalari: er =2,12,3; tgδ =0,002; Et = 20 MV/m. Qattiq dielektrik hisoblangan qog’ozga kondensator moyi shimdirilsa, u holda mazkur qog’ozning dielektrik xossalari yaxshilanadi. Natijada, uning asosida ishlab chiqarilgan kondensatorning hajmi va massasi, shuningdek narxi ham kamayadi. Kondensator moyi elektr texnikada kondensator ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kabel moyi bir necha navda ishlab chiqarilib, uning asosini neft mahsuloti tashkil etadi. Bunday moy shimdirilgan qog’oz o’zidan issiqlikni yaxshi tarqatadi va izolyatsiyaning elektr mustahkamligi ancha ko’tariladi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
Kabel moyining ana shu xossalari undan katta quvvatga ega, yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Kabel moylarining chaqnash harorati va qovushqoqligining nisbatan yuqoriligi uni boshqa moylardan ajratib turadi. 7-jadvalda ba’zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari keltirilgan.
7-jadval
Neft asosidagi ba’zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari
Ko’rsatkichlar
|
Moyning navlari
|
S-220
|
MN-4
|
KM-25
|
MB
|
Zichligi, kg/m3
|
840
|
<900
|
>900
|
860
|
Kinematik qovushqoqligi,10-6m2/s
|
800
|
40
|
-
|
150
|
Alangalanish harorati,0C
|
180
|
135
|
225
|
96
|
Qotish harorati, 0C
|
-30
|
-45
|
-10
|
-70
|
Tgδ(50Gs,t =100 0C)
|
0,002
|
0,008
|
0,005
|
0,005
|
Er
|
2,25
|
2,2
|
2,15
|
-
|
P, Om∙m
|
1012
|
1911
|
2∙1010
|
-
|
Et, MV/m
|
21
|
18
|
15
|
-
|
KM-25 navli kabel moyi shu kuchlanishi 135 kV bolgan kabelning qog’oz izolyatsiyasini shimdirishda ishlatiladi. MN-4 navli kabel moyi esa yuqori bosimli, katta kuchlanish (110-500 kV) kabellarning maxsus kanallarini to’latishda qo’llaniladi. Quvur ichidan o’tkaziladigan, 110-500 kV kuchlanish yuqori bosimda ishlaydigan kabellarning quvuri yaxshilab tozalangan S-220 navli kabel moyi bilan to’ldiriladi.
900>
Do'stlaringiz bilan baham: |