Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini maqbul va yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan kattaliklari
Yopiq ishlab chiqarish xonalaridagi meteorologik sharoitlarini (mikroiqlim) tavsiflovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
- havoning harorati;
- havoning nisbiy namligi;
- havoning harakat tezligi;
- issiqlik nurlanishi jadalligi.
Mikroiqlimning maqbul ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish bino-larini ishchi hududlarini doimiy va doimiy bo‘lmagan chegaralanmagan ish joylariga joriy qilinadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar esa ishchi hududning doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylari uchun o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligining maqbul va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘satilgan kattaliklarga mos bo‘lishi kerak.
Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari, qachonki ishlab chiqarishning texnologik talablari bo‘yicha, texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra maqbul me’yorlar bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlarda o‘rnatiladi.
Yilning iliq davrida harakatning katta tezligi havoning maksimal haroratiga, kichigi esa– havoning minimil haroratiga mos keladi. Oraliq kattaliklar uchun havoning haroratlari, uning harakatlanish tezligi interpolyasiya usulida aniqlanishi mumkin; havoning harorati minimal bo‘lganda uning harakatlanish tezligi 0,1 m/sek. dan pastroq qilib - engilroq ishda bo‘lsa hamda 0,2 m/sek pastroq bo‘lganda- o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir ishda qabul qilinishi mumkin.
Mikroiqlimning maqbul ko‘satkichlarini ta’minlab berishda hududni konstruksiya (devor, shift, pol) lar yoki qurilma (ekran va sh.k.) lar ishchi hududini o‘rab turgan ichki yuza sirtlarining harorati, shuningdek, texnologik uskunalar yoki uni to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuza-larining harorati alohida ish toifalari uchun havo haroratining 1-jadvalda o‘rnatilgan maqbul miqdorlaridan ortib ketishi 2ºS dan ortiq chiqi-shi mumkin emas, to‘sib turuvchi konstruksiyalarning ichki yuzalari harorati havo haroratining maqbul miqdorlaridan past yoki yuqori bo‘lsa, ish joy-lari ulardan kamida 1 m uzoq masofada joylashtirilishi lozim. Ishchi hududning balandligi va gorizontal o‘lchami bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi yoki pasayishi, uning smena davomidagi o‘zgarishlari ayrim ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda ko‘rsatilgan havo haroratining maqbul chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak.
Yilning sovuq davrida ish joylarini deraza oynalari orqali radiatsion sovub ketishidan, iliq davrida esa-quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushi-shidan himoya qilish chora-tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutish kerak.
Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar miqdorini ta’minlab berishda konstruksiyalar (devor, pol, shift) lar yoki qurilma (ekranlar va sh.k) larning ishchi hududlarini to‘sib turuvchi ichki yuzalarning harorati alohida ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda belgilangan havo haroratining, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari chegarasidan chetga chiqmaslik lozim. Barcha ish toifalarida ishchi hududning balandligi bo‘yicha havo haroratining o‘zgarishlari 3ºS gacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |