119
foydalanishda bo‗lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va
saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani
olganligi to‗g‗risidagi imzosi bo‗lishi zarur.
1.2.15. Himoya vositalari tayyorlangandan sung
har bir himoya vositasi
namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy
sinovlardan o‗tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya
vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta‘mirlashdan keyin o‗tkaziladigan)
sinovlardan o‗tkazilishi lozim.
1.2.16.
Izolyatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‗chma yerga
ulagichlar, to‗siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan
ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me‘yorlari
bo‗yicha sinovdan tekshirilishi shart.
1.2.17. Izolyatsiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‗lgan
kuchlanish ko‗rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh
byergan barcha himoya
vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‗yilishi zarur.
Elektr himoya vositalari uchun shtamp namunasi:
№ ______________________________________
_______________________ kV kuchlanishgacha yaroqli.
Keyingi sinov muddati 200_____y «______»___________________
______________________________________________________________
(laboratoriya nomi)
Elektr uskunalari kuchlanishidan qat‘iy nazar ishlatiladigan himoya
vositalari va saqlagich moslamalari (dielektrik qo‗lqoplar, protivogazlar,
montyorning himoya belbog‗lari, xavfsizlikni ta‘minlovchi xavfsizlik arqonlari va
h.k.lar) uchun shtamp namunasi:
№ _____________________________________
Keyingi sinov muddati 200_____y «______»_____________________
__________________________________________________________________
(laboratoriya nomi)
SHtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich
moslamalari va elektr
himoya vositalarining izolyatsiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli
hamda yuvilib ketmaydigan bo‗yoq bilan bosilgan bo‗lishi yoki elimda
yopishtirilishi kerak. Bir necha bo‗lakdan iborat bo‗lgan himoya vositasiga shtamp
himoya vositasining faqat bir bo‗lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan
himoya vositasining eski shtampi qizil bo‗yoq bilan o‗chirib tashlanishi zarur.
1.2.18. Himoya vositalarini sinovdan o‗tkazuvchi
laboratoriya elektr va
mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik
rezinadan qilingan ko‗p miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini
120
alohida jurnalda qayd qilish mumkin (
2-ilova
). Begona tashkilotlarga tegishli
himoya vositalariga ham shtamp bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov
bayonnomasi beriladi (
3-ilova
).
Do'stlaringiz bilan baham: