Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агертлиги


Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan  serverli operatsion tizim



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/95
Sana29.12.2021
Hajmi1,13 Mb.
#75773
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Bog'liq
operaratsion tizimlar va laboratoriya

Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan  serverli operatsion tizim 

Tarmoq  kompyuterlari  o`rtasida  funktsiyalarni  qanday  bo`linganligiga  qarab, 

tarmoq OT va shu bilan tarmoqlarning o`zi ham ikkita sinfga bo`linadi: bir rangli 

va  ikki  rangli(10.4  –  rasm).  Oxirgisini  Ko`proq  ajratilgan  serverli  tarmoqlar  deb 

atashadi.   

 

a)   

 

 

 

 

 

 

(b)  

10.4 – rasm. (a) – Bir rangli tarmoq , (b) – Ikki rangli tarmoq.  

 



 

73 


Agar  kompyuter  o`zining  resurslarini  tarmoqdagi  boshqa  foydalanuvchilarga 

taqdim  qilsa,  unda  u  server  rolini  o`ynaydi.  Bunda    boshqa  mashina  resurslariga 

murojaat  qiluvchi  kompyuter  klient  hisoblanadi.  Yuqorida  aytilganidek  tarmoqda 

ishlaydigan  kompyuter  yo  klient  funktsiyasini,  yo  server  funktsiyasini,  yoki  

ikkalasining ham funktsiyasini bajarishi mumkin. 

Agar  biror  bir  server  funktsiyalarining  bajarilishi  kompyuterning  asosiy  vazifasi 

bo`lsa(masalan,  fayllarni  tarmoqdagi  foydalanuvchilarga  umumiy  foydalanishga 

taqdim  etish,  faksdan  umumiy  foydalanshni  tashkil  qilish  yoki  tarmoqdagi 

foydalanuvchilarni  o`zining  dasturlaridan  foydalanishga  ruxsat  berish),  unda  bu 

kompyuter  ajratilgan  server  deb  ataladi.  Serverning  qaysi  resursi  ajratuvchi 

ekanligiga qarab, u fayl – server, faks – server, print – server, ilova server va h.k 

deb ataladi.   

Shubxasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa OT ni o`rnatish maqsadga mufoqki, ular 

u  yoki  bu  server  funktsiyalarini  o`timal  bajarishga  yo`naltirilgan  bo`lishi  kerak. 

Shuning  uchun  ajratilgan  serverli  tarmoqlarda  tarkibiga  server  qismlari 

imkoniyatlari  bilan  farq  qiluvchi  bir  nechta  variantli  OTlari  kiruvchi  tarmoq 

operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell NetWare tarmoq OT i fayl – server 

sifatida  ishlaydigan  serverli  variantiga  ega,  yana  har  xil  lokal  OT  lar  bilan 

ishlaydigan  ishchi  stantsiyalar  uchun  qobig`inga  ega.OT  larning  boshqa  misoli 

sifatida,  tarmoqni  ajtatilgan  serverli  qurishga  mo`ljallangan    OT  Windows  NT 

hisoblanadi.  NetWare  dan  farqli  o`laroq  Windows  NT  ning  ikkala  varianti  , 

Windows NT Server (ajratilgan server uchun) va WindowsNT Workstation(ishchi 

stantsiyalar uchun) ham kliet ham server funktsiyalarini qo`llab quvvatlaydi. Lekin   

Windows  NT  ning  serverli  varianti  tarmoqdagi  boshqa  foydalanuvchilarga 

kompyuteridagi resurslarini  ko`rsatish  uchun  Ko`proq imkoniyatlarga  ega,  chunki 

u  ancha  keng  funktsiyalarni  bajarishi  mumkin,  katta  miqdordagi  klientlarning  bir 

vaqtda ulanishini qo`llaydi, ancha keng himoya vositalariga ham egadir.   

Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog`liq bo`lmagan oddiy masalarni 

yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin emas, bu uning 

server  sifatida  ishlash  unumdorligini  kamaytiradi.  SHularni  hisobga  olgan  holda 

Novell NetWare OT ining server qismida oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari 

umuman  ko`zda  tutilmagan,  ya’ni  klient  qismi  yo`q,  ishchi  stantsiyalarda  esa 

server komponentlari mavjud emas. Biroq boshqa tarmoq OTlarda ajratilgan server 

klient  qismining  ishlashi  bemalol  mumkin.  Masalan,  Windows  NT  Server 

boshqaruvi  ostida  lokal  foydalanuvchining  tarmoqdagi  boshqa  kompyuterning 

resurslariga  so`rov  tushishi  bilan  OT  klient  qismining  funktsiyalarini  bajaradigan 

oddiy  dasturlari  yuklanishi  mumkin.  Bunda  Windows  NT  Workstation  OTi 

o`rnatilgan ishchi stantsiyalar ajratilmagan server funktsiyalarini bajarishi mumkin.  

Eng  muhimi  shuni  tushunish  kerakki,  ajratilgan  serverli  tarmoqlarda  hamma 

kompyuterlar  umumiy  holda  ham  server  ham  klient  rolini  bajara  olsa  ham,  bu 

tarmoq  funktsional  simmetrik  emas,  apparat  va  dasturiy  jihatdan  unda  ikki  turli 

kompyuterlardir – biri, yuqori darajada server funktsiyalarini bajarishga qaratilgan 

va  server  OTlari  ostida  ishlaydigan,  ikkinchisi  esa  asosan  klient  funktsiyalarini 

bajarishga  qaratilgan  va  shunga  mos  OTlar  ostida  ishlaydiganlar.  Funktsional 

simmetrik emaslik, qoida bo`yicha, apparat simmetrik emaslikni keltirib chiqaradi, 



 

74 


bunda  ajratilgan  serverlar  uchun  katta  operativ  va  tashqi  xotirali  ancha  kuchli 

kompyuterlar ishlatiladi.  

Bir  rangli  tarmoqlarda  hamma  kompyuterlar  bir  –  birlarining  resurlariga  bo`lgan 

ruxsat  huquqlari  tengdir.  Har  bir  foydalanuvchi  o`z  hoxishiga  ko`ra 

kompyuteridagi biron bir resursni umumiy foydalanishga qo`yishi mumkin, keyin 

boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hamma 

kompyuterlarda teng potentsialli imkonyatlar yaratadigan bir xil OTlar  o`rnatiladi. 

Bir rangli tarmoqlar LANtastic, `ersonal Ware, Windows for Workgrou`, Windows 

NT Workstation kabi OTlar bazasida qurilgan bo`lishi mumkin. 

Bir  rangli  tarmoqlarda  shuningdek  funktsional  simmetrik  emaslik  kelib  chiqishi 

mumkin:  birinchi  holda  bir  foydalanuvchilar  boshqalar  bilan  o`z  resurslarini 

bo`lishishni  hoxlamaydi,  bunda  u  klient  rolinni  bajaradi,  ikkinchi  holda 

administrator  faqatgina  umumiy  foydalanishda  bo`lgan  resurslarni  tashkil 

qiladigan  funktsiyalarni  bog`lab  qo`yadi  va  bu  bilan  serverlik  vazifasini  bajaradi, 

uchinchi holda lokal foydalanuvchi o`zining resurslaridan boshqalar foydalanishiga 

qarshi  bo`lmasa  va  o`zi  boshqa  kompyuterga  murojaatini  istisno  qilmasa,  unda 

bunga  o`rnatiladigan  OT  ham  server  ham  klient  qismiga  ega  bo`lishi  kerak. 

Ajratilgan  serverli  tarmoqlarga  qaraganda,  bir  rangli  tarmoqlarda  funktsional 

yo`naltirishga  (klientga  yoki  serverga)  bog`liq  holdagi    OT  lar  yo`q.  Hamma 

variatsiyalar  bir  xil  variantli    OTlar  konfiguratsiyasi  vositalari  bilan  amalga 

oshiriladi. 

Bir  rangli  tarmoqlarni  tashkil  qilish  va  ishlatish  qulay,  biroq  ular  asosan  uncha 

katta  bo`lmagan  foydalanuvchilar  guruhlarini  birlashtirishda  qo`llaniladi,  bu 

foydalanuvchilar  saqlanadigan  ma’lumotlar  hajmiga,  uning  ruxsat  etilmagan 

kirishdan  va  tezligiga  kirishdan  saqlashga  katta  shartlar  qo`ymaydi.  Bu 

xarakteristikalarga  oshirilgan  shartlar  qo`yilganda  eng  mosi  ikki  rangli  tarmoqlar 

hisoblanadi,  bunda  server  o`zining  resurslari  bilan    foydalanuvchilarga  hizmat 

ko`rsatish  masalasini  yaxshiroq  xal  qiladi,  chunki  uning  a``araturasi  va  tarmoq 

operatsion tizimi shu maqsad uchun maxsus ishlangan.     


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish