O'quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar so-ladigan bo'lsak, bu
jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab obyektiv voqelikka aylandi.
Axborotlashtirish esa bu jarayondagi in-qilobiy «burilish»dir, ya'ni, ta'lim axborot
texnologiyasi — bu «o'quvchi-talaba-kompyuter» o'rtasidagi rnuloqotdir.
Oliy o'quv yurtlarida talabalarning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini
o'stirish — har qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta'limning asosiy vazifalaridan
biridir. Zotan. bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari
borasidagi bilimlardan xabardor bo'lsa-yu, ulardan foydalanish ko'nikmalariga ega
bo'lmasa. u ko'zlangan maqsadga erisha olmaydi. O'zlashtirilgan bilimlarni
amaliyotda qo'llash yo'llari va vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini
takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish
imkonini beradi.
Keng ko'lamli va mustahkam bilim, ko'nikma, malaka, qiziquv-chanlik,
tashabbuskorlik, muammolarni mustaqil hal etishda aniq maqsadga intilish va
shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba yoshlar ijodkorlik qobiliyatlarini
shakllanishining zaminidir.
Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu — faoliyatdir.
Demak. pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil etish shakl, metod,
usul. vosita va yo'nalishlarini belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta'minlash
hisoblanadi. Axborot ta'minotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal
etmaydi. Shu sababli axborot ta'minotini pedagogik jihatdan boshqarish, ularning
ilg'or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitil-ganhgini hisobga olish
maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pe-dagogik jihatdan
boshqarishning predmeti inson omili bo'lib u o^ziga xos ta'lim-tarbiya ishlari va
uni boshqarish, ijodiy masalal'ar-ni yechish metodikasi va algoritmini o'rganishni
ko'zda tutadi Tala-balar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish, tayyorlash
jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va
yaratuvchanligini boshqarishning bosh masalalaridan biri hisobla-nadi va u o'z
ichiga zaruriy axborotlarni yig'ish, tahlil qilish uni qayta ishlash, maqsadni
aniqlash, maqsadga erishish rejasini ishlab chiqish, reja bo'yicha ijodkorlik
ishiarini tashkil qilish, uning amaba
oshishini nazorat qilish, ushbu tizim
faoliyatini
tartibli olib borish va maxsus yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.
Har qanday boshqarish jarayoni, awalo, maqsadni belgilash ya'm maqsadni to'g'ri
qo'ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish obyektining ayni paytdagi holatini
tahlil qilish va uning rivojlanishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarini o'rganishdan
boshlanadi Ilmiy-texnik ijodkorlikni maqsadli pedagogik boshqarish mohiyatiga
ko'ra obyektiv tavsrfga ega, unda inson shaxsini kamol toptirishning obyek-tiv
qonunlari o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari maqsadli boshqarish tafakkur
mahsuli va ular shaxslarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida shakllanadi.
Maqsad, o'z navbatida, pedagogik obyekt-dagi o'zganshlarning yo'nalishlari,
boshqarish faoliyatini uning asosiy turlan va ularning mazmunini belgilab beradi.
Maqsadli pedagogik boshqarish o'z mazmuniga ko'ra vaqt omili va
sharoitiga qarab
bir necha guruhlarga bo'linadi. Yo'nalish mazmuni esa, sharth ravishda iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy va ilmiy-texnikaviy maqsadlar sifatida guruhlanadi.