Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILAR MA’NAVIYATIGA DOSTONLARNING IJOBIY TA’SIRLARI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

 
O‘QUVCHILAR MA’NAVIYATIGA DOSTONLARNING IJOBIY TA’SIRLARI 
Umid Jumanazarov 
DJPI 
 
Bu yorug‘ olamda har bir narsa ikkinchisi bilan qiyos qilinayotganda, boshqa qarama-qarshi voqea-
hodisa, holat, narsa, xarakter bilan taqqoslanganda ongimizga mustahkam o‘rnashadi. Masalan, ezgulikni  
yovuzliksiz, diyonatni xiyonatsiz, adolatni  zulmsiz, yog‘duni zulmatsiz tasavvur qilish qiyin. Shu ma’noda, 
“Zaydinoy”  dostonida  yaxshilik  ham  yomonlik  bilan  ziddiyatda  to‘la  namoyon  bo‘ladi,  o‘quvchilarga 
ma’naviy-ma’rifiy ozuq beradigan xalqona o‘git-nasihat mavjud:  
  Yomonning kasodi tegar har joyda, 
  Yaxshining yordami tegar tang joyda, 
  Yomonning makoni doim tor bo‘lar, 
  Yaxshining makoni bordir har joyda. 
Ko‘ramizki,  ushbu  misralar  bilan  tanishgan  har  bir  o‘quvchi  homiylar-chiltonlarning  epik 
qahramonga, murg‘akkina yosh go‘dak - Go‘ro‘g‘libekka dastlab umumiy tarzda yomon va yaxshi odam 
haqida soddagina ma’lumot berilganligiga guvoh bo‘ladi, o‘zi tegishli xulosa chiqaradi. Xalqning nazarida, 
yomon odam hamma  joyda yon-atrofdagilarga ziyon yetkazadi, zarar keltiradi. Yaxshi odam esa o‘zining 
ahvoli  og‘ir  bo‘lsa  ham,  qiynalgan,  tang  ahvolga  tushib  qolgan  kishiga  doimo  ko‘maklashadi,  uni  qiyin 
vaziyatdan  qutqazadi.  Shu  sababdan  yomonlik  qilib  nafratga  yo‘liqqanning  makoni  tor.  Chunki  uning 
qilmishlaridan  xabardor  kishilar  hamma  vaqt  xursandchilik  bilan  qarshilamaydi:  undan  yanada 
uzoqlashishga, hatto o‘z xonadoniga yaqinlashtirmaslikka intiladi, lekin yaxshilar hamisha izzat-hurmatga 
sazovor, yorug‘ yuz bilan kutib olinadi. Odamning fe’li-atvoridagi qaysi xususiyatlar va harakatlar yaxshi-
yu, qay birlari  yomon? Inson nima qilsa hayotda obro‘-e’tibor topib  yashaydi-yu, qachon yomon degan 
isnodga qoladi yoki xalq nafratiga duchor bo‘ladi? «Zaydinoy» dostoni sahifalarida bunday savollarga har 
bir  o‘quvchi  odilona  javob  topadi:  xalqona  xulosalar  sermazmun  bandlarda  izchil  bayon  etilganligini 
ko‘radi, ularning mag‘zini chaqishga harakat qiladi: 
Yaxshidan, yomondan birday nom qolar. 
Har kim qilganiga haqini olar.  
Yomonga la’natdir, yaxshiga rahmat. 
Yaxshini bu olam ardoqlab kelar. 
Hayotda ezgu amallar juda  ko‘p va xilma-xil: ularning ichida eng asosiysi insonni qadrlash, beva-
bechora, yetim-esir, qashshoqlarga yaxshilik  qilish, muhtojga  yordam berish, katta-kichikning  ko‘nglini 
qoldirmaslikdan  iborat.  Ajdodlarimizning  farzandlarga  qilgan  vasiyatida,  o‘git-nasihatlarida  muqaddas 
dinimiz ta’limotida ham, hadislardagi muborak o‘gitlarda ham  eng avvalo dilga yaxshilikni jo qilib, odatga 
aylantirib  olgan  holda  musulmonchilik  farzlarini  bajarish  uqtiriladi.  Bular  tag  zamini  bilan  milliy 
pedagogikamizda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlarning eng sarasi hisoblanadi. Buni 
har bir zamondosh, har bir farzand bilishi shart va amalda rioya qilmog‘i farz va burch deb hisoblamog‘i 
zarur.  “Zaydinoy”da  ham  ana  shu  ma’naviy  fazilatlar  alohida  qayd  etilganki,  ular  o‘quvchilarni  yuksak 
ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni rivojlantirishga bevosita xizmat qila oladi: 
  Bir yetim boshini silasa ummat, 
  Tul ayolga qilsa beminnat xizmat. 
  Miskinning holidan ololsa xabar. 
  Ro‘za ibodatdan har biri qimmat. 
Baxshi-pedagog o‘rinli ta’kidlaganidek, odam bir insonga yaxshilik qilmay, ibodatga o‘tirsa, uning 
bu  ishi  piliksiz  chiroqdek  foydasiz.  Chunki  unga  elning  duo  olqishi  ham,  yaratganning    shafqati  ham, 
Rasulning karami ham bo‘lmaydi.  
«Zaydinoy» dostonidagi sermazmun didaktik nasihatlarning har biri garchi umumbashariy bo‘lsa-
da,  ijodkor  xalqning  milliy  qadriyatlari,  e’tiqodi,  qarashlaridan  kelib  chiqib  aytilgan.  Ularning  ba’zilari 
xalqona xulosalarga to‘la mos keladi.  Masalan,  “yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan 


 
164 
 
pichoq qinidan chiqar”, degan maqol bejiz to‘qilmagan va xalq orasida aytilmagan. Insonga til berilgan,  
qudratli so‘z berilgan ekan, u so‘zning kuchini,  dillarga  ochqich bo‘lgan salomning  qimmatini anglamog‘i 
shart.  Yaxshi    va  yomon  tushunchasi  avvalo  shu  so‘zni  insonning  bilishidan  ko‘zga  tashlanadi. 
“Zaydinoy”da  bu  haqda  shunday  ibratli  va  xalqona  xulosa  mavjudki,  bu  chilton-homiylarning  yosh 
Go‘ro‘g‘liga aytgan navbatida o‘giti sanaladi: 
Xudoyim beribdi insonga kalom,  
Bemavrid ish qilib tortmagin alam. 
Yaxshi ham, yomon ham shundan bilinar, 
Kim bo‘lsa oldidan o‘tma besalom. 
 Xalq  orasida  va  kundalik  turmushda  muqaddas  tushunchaga  aylangan,  o‘zaro  insoniy 
munosabatlarning,  muomilaning,  tanishishning  asosi  bo‘lgan  salomlashish  qoidalari  yaratilgan. 
“Zaydinoy”  dostonidagi  bir  o‘rinda  odamning  kimligi,  aql-idroki,  fikr  tushunchasi,  xarakter  xususiyati 
salomda ayon bo‘lishi alohida ta’kidlangan: 
  Salomning ham salmoqlisi bo‘ladi, 
  Kinoyali, ilmoqlisi bo‘ladi. 
  Salomni bilganga kelmaydi ofat, 
  U Allohning bir belgisi bo‘ladi. 
Har bir inson bu yorug‘ dunyoda imkoniyati darajasiga ko‘ra yashar ekan, ko‘rgan bilganlarini, dardu 
quvonchlarini, bu  cheksiz-chegarasiz olamdan olgan taassurotlarini   kimgadir aytishni, dilidagini  to‘kib 
sochishni, sirlashishni istaydi. Bu dunyodagi siru sinoatlarni, ajoyib g‘aroyibatlarni, ulardan tug‘ilgan o‘y-
fikrlarni o‘zga bilan baham ko‘rish, mushkul ishlarni  uddalash uchun yordamga ehtiyoj sezish hissi unga 
do‘st, yelkadosh o‘rtoq topishni taqozo qiladi. Ko‘ngil-ko‘ngilga mos keladigan sirdosh topish esa g‘oyat 
mushkul. Do‘stingman deyish, do‘stlik haqida baland parvoz gaplarni istagancha aytish mumkin. Ammo 
do‘stga sodiqlik, do‘stlik udumlariga rioya qilish undan-da og‘ir, har bir insondan katta ma’suliyatni talab 
qiladi.  Xalqimiz do‘stlikni shuning uchun ham  e’zozlaydiki, u Allohning sifatlaridan biri ham. Demak, 
do‘stni aldash, yaratgan egamni aldash, do‘stga xiyonat qilish Ollohga xiyonat qilish bilan bab-barovor. 
Yigitning  mardligi,  mard  yigitning  kuch-qudrati  do‘stlarining  ko‘pligida,  sirdosh  va  yelkadosh  shu 
do‘stlarga sidqidildan xizmat qilishida, ulardan bor narsani ayamaslikda, deb biladi ijodkor xalq. Shuning 
uchun ham “Zaydinoy”da yosh go‘dak Go‘ro‘g‘liga shunday nasihat-o‘git berilgan: 
 Nor tuyalar nori bo‘lsa toyama, 
 Oq narsani  qora qilib bo‘yama, 
 Mard yigitga mingta do‘st ham kam bo‘lar, 
 Do‘stdan aslo bor narsangni ayama. 
Bilamizki,  nor  tuya  haqiqatdan  kuchga  to‘lgan,  chinakam  nor  bo‘lsa,  qanchalik  ustiga  og‘ir  yuk 
ortilgan bilan yo‘lda toymaydi, egasini og‘ir ahvolda qoldirmaydi. Safar chog‘ida, nor tuyalar toymagani 
kabi haqiqiy va  chinakam iymoni butun inson hech qachon va qanday vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar 
ezgulikni  qabohat,  sadoqatni  xiyonat  tarzida  baholamaydi,  ularni  bir-biri  hech  qachon  tenglashtirmaydi. 
Sobit turgan mard yigitning hayotdagi do‘stlari ko‘p bo‘lgani holda, shu yelkadosh va sirdosh do‘stlardan 
bor  narsasini  hech  bir  ayamasligi,  o‘rtalikda  birgalikda  baham  ko‘rishi,  o‘z  saxovatidan  chekinmasligi 
zarur. Nor tuya yukni ko‘tarib, toymay, munkimay, qoqilmay yo‘l tortgani, o‘z egasiga sidqidildan xizmat 
qilgani  kabi  do‘stining  yaxshi-yomon  fazilatlarini  bilgan  haqiqiy  mard  yigit  do‘stning  boridan  quvonib, 
yo‘g‘ida ko‘maklashib yashasa iqboli baland bo‘ladi, el orasida obro‘si yanada kuchayadi: natijada hamma 
unga havas qiladi, elu xalq olqishini oladi, ayni paytda, bularni o‘z farzandlar 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish